O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Muqaddima, 6 bo'lim, 26 bob va 128 moddadan iborat. Konstitutsiyaning mazmuni quyidagi izchillikda rivojlantirilgan: shaxs -jamiyat-davlat. Birinchi bo'limda mustaqil O'zbekiston davlatining asosiy konstitutsiyaviy prinsiplari ko'rsatilgan. Bunday prinsiplar qatoriga davlat suvereniteti, xalq hokmiyatchiligi, Konstitutsiya va qonuning ustunligi hamda tashqi siyosatimiz tamoyillari kiradi. Ikkinchi bo'limda O'zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklari tizimi mustahkamlangan. Uchinchi bo'limda fuqarolik jamiyatining an'analarini tiklashga qaratilgan, ijtimoiy uyushmalar va munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solib, ularning rivojlanishini ta'minlaydi. To'rtinchi bo'lim ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishiga bag'ishlangan bo'lib, O'zbekiston viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalardan hamda Qoraqalpog'iston Respublikasidan iborat ekanligi ko'rsatib o'tilgan. Beshinchi bo'lim davlat hokimiyati organlarini tashkil etish, ya'ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari konstitutsiyaviy maqomi muayyan tartibda mustahkamlangan. Davlatimizning markaziy organlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy Sudi, Oliy hamda Xo'jalik Sudlari, Prokuratura, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyat tartibi belgilab berilgan. Saylov tizimining prinsiplari, moliya va kredit, xavfsizlik va mudofaa masalalari ham ushbu bo'limda tartibga solingan. Oltinchi bo'lim Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishga bag'ishlangan. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi VI-bo'lim, 127-128-moddalarida mustahkamlab qo'yilgan Oliy Majlis tomonidan Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish instituti bilan bir qatorda, umumxalq ovozi - referendum o'tkazish protsedurasiga ham murojaat qilindi va bu juda katta konstitutsiyaviy-huquqiy o'zgarishlarga olib kelibgina qolmay, xalqimizning fuqaroviy jamiyat, huquqiy davlat qurish bunga qaratilgan islohotlarga bo'lgan umid, ishonchini mustahkamladi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.24 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.24 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga