O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi va uning organlari

O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi va uning organlari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi va uning organlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi va uning organlari Prokuratura organlarining tizimi va faoliyati to'g'risida umumiy tushunchalari. Prokuror nazorati va nazorat hujjatlari. Prokuratura organlari xodimlarining faoliyati. 1.Prokuratura organlarining tizimi va faoliyati to'g'risida tushunchalari Talabalarning mazkur tushunchalarni yaxshi o'zlashtirib olishlari juda ham muhimdir, zero, ularsiz o'rganayotgan mavzuni to'la va aniq tasavvur qilish qiyin. Prokuror O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bergan vakolatlarga muvofiq Vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishini nazorat qiluvchi prokuraturaning mansabdor xodimi. Prokurorning vakolatlari O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, Prokuratura to'g'risidagi qonuni bilan aniqlanadi.Konstitusiyaga muvofiq O'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va uning o'rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimdan ozod etish to'g'risidagi farmonlarni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutloq vakolati hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida prokurorlar besh yil muddatga sayinlanadilar. Qoraqalpog'iston Respublikasining Prokurori O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy vakillik organi - Juqorg'i Kengesi tomonidan tayinlanadi. Toshkent shahri va viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi. Prokurorlar o'z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko'zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a'zolikni to'xtatib turadilar. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisob beradi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to'g'risida muntazam ravishda, o'ta og'ir jinoyatlar va favqulodda hodisalar bo'yicha esa zudlik bilan, shuningdek, prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar to'g'risida har olti oyda axborot taqdim etadi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Senatiga har besh yilda kamida bir marta o'z faoliyati haqida hisob beradi. Prokuratura tushunchasi O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi (2001 y.) Prokuratura to'g'risidagi qonunida berilgan, unga muvofiq prokuratura yagona markazlashtirilgan tizimga ega bo'lgan hamda O'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan organ hisoblanadi. Prokuratura so'zi lotincha procuro so'zidan kelib chiqqan bo'lib, u g'amxo'rlik qilaman, boshqaraman degan lug'aviy ma'noni anglatadi. O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlariga Respublika prokuraturasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturasi, tumanlar, tumanlararo va shahar prokuraturalari, viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan (O'zbekiston Harbiy prokuraturasi, O'zbekiston transport prokuraturasi), shuningdek, tuman prokuraturasiga tenglashtirilgan (Harbiy okruglar, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan) prokuraturalar kiradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining XXIV bobining 118-121 moddalariga ko'ra, prokuratura organlarini tashkil qilish, ularning vakolatlari va faoliyatlarini ko'rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimi yangi tahrirdagi Prokuratura to'g'risidagi qonunning Prokuratura organlari tizimi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.11 KB
Ko'rishlar soni 251 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.11 KB
Ko'rishlar soni 251 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga