O'zbekiston Respublikasi sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari

O'zbekiston Respublikasi sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari. Reja: O'zbekiston Respublikasi sud hokimiyati va uning tizimi. O'zbekiston Respublikasida odil sudlovning Konstitutsiyaviy prinsiplari. Sudlarning konstitutsiyaviy -huquqiy maqomi. Sud - huquqiy islohoti. Adabiyotlar: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O'zbekiston , 2003. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharxlar. T.: O'zbekiston , 1996 . Karimov I.A. Bunyodkorlik yo'lidan. T. .: O'zbekiston ,1996. Karimov I.A. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.: O'zbekiston , 1996 . U. Tadjixanov, X. Odilqoriyev, A. Saidov. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi. T.: Sharq ,2001. Mualliflar jamoasi .O'zbekiston sud hokimiyati: islohotlar davri.T.2002. O'zbekiston Respublikasining «Sudlar to'g'risida»gi qonuni. 2002 yil 14 dekabr. O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to'g'risida»gi qonuni. 1995 y 30 avgust. Sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida mustaqil shoxobchalaridan biri bo'lib, jamiyat hayotida odil sudlovni amalga oshirishga safarlar etilgan. Odil sudlov o'z mohiyatiga ko'ra, davlat faoliyati hisoblanadi, bunda vakolatli sud muassasasi huquq normalari talablarini buzish oqibatida kelib chiquvchi nizoli holatlarni muhokama etib, hal qiladi. Sud hokimiyati - bu sudlarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi prinsipiga so'zsiz rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, xo'jalik ishlarini va ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rish bo'yicha vakolatidir. O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati davlat hokimiyatining bir tarmog'i sifatida inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga doir davlat funksiyasini bajaradi. O'zbekiston Respublikasi sud tizimi oldida g'oyat katta ahamiyatga ega vazifa-davlat organlarini inson huquqlarini hurmat qilishga majbur etish, mavhum huquqiy me'yorlarni real huquq va majburiyatlarga aylantirish, davlatning inson oldidagi o'z vazifalarini bajarishini ta'minlash vazifasi turadi. Sud hokimiyatini amalga oshirish tartib-qoidalarining bir necha ko'rinishlari qaror topganki, ularga sud ishlarini yuritishning Konstitutsiyaviy, fuqarolik, xo'jalik, jinoiy va ma'muriy turlari kiradi. Sud tizimining huquqiy negizi Konstitutsiyaning 107-moddasida berilgan. Unga muvofiq Respublikada Konstitutsiyaviy sud, xo'jalik sudlari va umumiy yurisdiksiya sudlari amal qiladi. Mamlakatda qandaydir favqulodda sudlar tuzilishiga yo'l qo'yilmaydi. Konstitutsiyaviy me'yorlar sudlar tizimini umuman belgilaydi. Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko'rsatish tartibi alohida qonun bilan belgilanadi. Mamlakatimizda sud hokimiyatining Konstitutsiyaviy huquqiy maqomi, tuzilishi va faoliyat yuritishining qonuniy asosi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasining «Sudlar to'g'risida»gi (yangi tahrirdagi 200 yil 14 dekabr') qonuni bilan belgilanadi. Konstitutsiyaning 106-moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. Konstitutsiyaning 107-moddasi «Sudlar to'g'risida»gi qonunning 1-moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi sud muassasalari besh yil muddatga saylanadi. O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati tizimi quyidagi sudlardan tashkil topgan: O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi; O'zbekiston Respublikasining Oliy sudi; O'zbekiston Respublikasining Oliy xo'jalik sudi; Qoraqalpog'iston Republikasining fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.31 KB
Ko'rishlar soni 172 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.31 KB
Ko'rishlar soni 172 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga