O'zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, davlatga xoinlik qilish

O'zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, davlatga xoinlik qilish

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, davlatga xoinlik qilish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar Reja: Davlatga xoinlik qilish jinoyatining tushunchasi va yuridik tahlili O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish jinoyatining tushunchasi va yuridik tahlili O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish Josuslik jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili Qo'poruvchilik jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili Davlat sirlarini oshkor qilish jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili Davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo'qotish Davlatga xoinlik qilish jinoyatining tushunchasi va yuridik tahlili Davlatga xoinlik qilish O'zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan eng og'ir qilmish bo'lib, mazmunan o'z xalqiga sotqinlik qilishdir. Jinoyatning obyekti O'zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa salohiyati yoki iqtisodiyotiga zarar etkazishda ifodalanuvchi davlatning tashqi xavfsizligi hisoblanadi. obyektiv tomondan davlatga xoinlik qilish quyidagi shakllarda sodir etilishi mumkin: 1) josuslik; 2) davlat sirlarini chet el davlatiga, chet el tashkilotiga, ularning vakillariga yetkazish; 3) O'zbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda chet el davlatiga boshqacha yordam ko'rsatish. subyektiv tomondan davlatga xoinlik qilish faqat to'g'ri qasddan sodir etiladi. Davlatga xoinlikda aybdorning maqsadi O'zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa salohiyati va iqtisodiyotiga zarar etkazishdan iborat. Davlatga xoinlik qilishning subyekti faqat O'zbekiston Respublikasining 16 yoshga to'lgan fuqarosi bo'lishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi JK 157-moddasining 2- va 3-qismlarida rag'batlantiruvchi normalar mavjud bo'lib, ularda sotqinlik qilgan shaxsga o'z davlati manfaatlariga zarar etkazilishining oldini olish va jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi uchun oxirgi imkoniyat beriladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish jinoyatining tushunchasi va yuridik tahlili Ushbu modda uch qismdan iborat. O'zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti, xavfsizligi, mudofaa salohiyati, iqtisodiyot asoslari tahlil qilinayotgan qilmishning o'xshash obyekti bo'lib hisoblanadi Jinoyatning bevosita obyekti O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hayoti, sog'lig'i, shani va qadr-qimmatidir. Jinoiy qilmishning obyektiv tomondan: 1) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hayotiga tajovuz qilish; 2) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti badaniga shikast yetkazish; 3) O'zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilishda ifodalanadi. subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning mativi va maqsadi uning kvalifikatsiyasi uchun ahamiyatli emas. 16 yoshga to'lgan, har qanday aqli raso shaxs qilmishning subyekti bo'lishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish Tahlil qilinayotgan, JKning 159-moddasi besh qismdan iborat. Jinoyatning obyekti O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilab qo'yilgan davlat tuzumi, suvereniteti, Respublika hududining bo'linmasligi va daxlsizligi, shuningdek O'zbekiston Respublikasining tashqi xavfsizligidir. O'zR JK 159-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan qilmishning obyektiv tomoni amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o'zgartirish; 2) hokimiyatni bosib olish; 3) qonuniy ravishda saylab qo'yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlashtirish; 4) O'zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq davat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.26 KB
Ko'rishlar soni 348 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:46 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.26 KB
Ko'rishlar soni 348 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga