O'zbekiston ssrning tashkil topishi va 1927-yilgi konstitutsiyasi Reja: 1. O'rta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishining o'tkazilishi va uning ijtimoiy-siyosiy oqibatlari. 2. O'zbekiston SSRning 1927-yilgi Konstitutsiyasi. 3. 1920-yilning ikkinchi yanni va 30-yillarnihg ikkinchi yarmida huquqda yuz bergan o'zgarishlar. O'rta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishining o'tkazilishi va uning ijtimoiy-siyosiy oqibatlari Oktabr harbiy to'ntarishidan so'ng sho'rolar hukumati O'rta Osiyo nududlarida ikki xil kurash yo'lini tanlab oldi: Birinchi yoi - istiqlolga, milliy-ozodlikka otlangan tub yerli musulmon aholini zo'rlik bilan, kuch bilan bostirish, uning rahbarlarini qirib bitirish. Ikkinchi yo'l g'oyaviy-mafkuraviy jabhada olib borildi. Bunda sho'rolar hukumati va komfirqa keng mehnatkashlar ommasining ongi»a tinch kurash vositalari orqali g'oyaviy-siyosiy, mafkuraviy sohada ta'sijj ko'rsatish yo'lidan bordi. Bu yo'lni amalga oshirish niyati bilan sho'rolar hukumati Turkistonni parchalab SSR tarkibidagi muxtor jumhuriyatga aylantirdi: Xorazm va Buxoro «Xalq Sho'ro jumhuriyatlari»ni tuzdj-Turkiston, Xorazm va Buxoro komfirqasi, kasaba uyushmasi, kommunistik yoshlar tashkiloti (komsomol), pioner tashkiloti va uning qoshida oktyabryatlar guruhlari shakllantirildi. Ana shu juda katta kuch vositasi orqali xalq ommasi ongiga Sho'rolar va komfirqa rahnamoligida amalga oshirilajak «xalqchil» va dunyoda «eng adolatli va demokratik» sotsialistik, kommunistik tuzumning afzalliklari g'oyalari to'xtovsiz singdirib borildi. Bu siyosatning markazida dunyodagi eng adolatli deb atalgan «lenincha milliy siyosat» turdi. Bu siyosatning bosh talabi «miUatlarning to milliy mustaqil davlat bo'lib ajralib chiqishiga qadar o'z taqdirini o'zi belgilashi» edi. Ammo, bu bosh talab faqat tashviqot uchungina ishlatiladigan siyosat bo'lib, amalga oshmaydigan quruq so'zlardan iborat edi. «Lenincha milliy siyosat»ning asl maqsadlari nimalardan iborat edi? Birinchidan, siyosiy sohada O'rta Osiyoni milliy jihatdan parchalab tashlash, uning milliy mustaqil davlat sifatida shakllanishi va oyoqqa turishini abadul-abad yo'q qilish, hududiy jihatdan ularni Rossiya Federatsiyasining bo'linmas tarkibiy qismiga aylantirish. Ikkinchidan, iqtisodiy sohada O'rta Osiyo Rossiyaning xom ashyo yetkazib beruvchi bazasi bo'lib qolishi lozim edi. Uchinchidan, ma'naviy-mafkuraviy sohada o'lkada «shaqlan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat» shiori asosida amalda ruslashtirish siyosati olib borilishi va u kelajakda tub yerli aholining «velikoruslar» bilan qo'shilib, asimilatsiyalashib ketishiga xizmat qilmog'i kerak edi. Sho'ro hukumati va komfirqa o'zining bu strategik bosh dasturiy maqsadini juda ustalik, ehtiyotkorlik va ayyorlik bilan, rejali sur'atda, ammo og'ishmay amalga oshirdi. Komfirqa hukmronligini ifoda etuvchi sho'ro hukumati imperialistlarning «Bo'lib tashla, hokimlik qil» siyosatini yanada ayanchliroq ko'rinishlarda davom ettirdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad O'rta Osiyo xalqlariga birlashish imkonini bermaslik, ularning birligi, madaniyati, tili va urf-odatlarini parchalash, markazga qaramligini oshirish, ruslashtirishni tezlashtirish va milliy-ozodlik harakati kuchlarini, parokandalashdan iborat bo'ldi. Shu maqsad yo'lida O'rta Osiyoni qayta taqsimlash masalasini birinchi bo'lib 1920-yilning boshida «Turkkomissiya» raisi M. Rudzutak ko'taradi. Uni Lenin ma'qullab, «O'zbekiya», «Kirgiziya», «Turkme-niya» xaritasini tuzish vazifasini topshiradi. ...

Joylangan
10 Jan 2023 | 10:21:19
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.48 KB
Ko'rishlar soni
256 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
10 Jan 2023 [ 10:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.48 KB
Ko'rishlar soni
256 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc