Shaxs va jamiyat «xalqaro insonparvarlik huquqining vujudga kelishi va taraqqiyoti» mavzusini o'rganish Ma'ruzaning asosiy maqsadi: Ma'ruza Shaxs va jamiyat o'qitish metodikasi fanining 8-mavzusini yoritishga mo'ljallangan. Ma'ruzaning maqsadi shundan iboratki talabalarda xalqaro insonparvarlik huquqida urush olib borish usul va vositalarining cheklanishiga oid shartnomalar. xalqaro insonparvarlik huquqini buzganlik uchun javobgarlik masalalarini o'rganish. O'zbekistonning Jeneva konventsiyalarining ishtirokchisi sifatidagi majburiyatlarini o'rganish haqida tegishli bilimlarni shakllantirishdan iborat. Ma'ruza jarayonida mavzuga doir muammoli masalalar yuzasidan savol-javoblar o'tkaziladi, muammoli masalalar bo'yicha tarqatma materiallardan foydalaniladi. Ma'ruza natijasida talaba: ma'ruza yuzasidan tegishli tushuncha, bilim, ko'nikma va tajribaga ega bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi; ma'ruza bo'yicha tegishli misollar va masalalar ustida ishlash, o'z munosabatini bildirish, tegishli qonun normalarini qo'llay olish ko'nikmasiga ega bo'ladi; o'z javobini asoslash, tanqidiy fikrlash, opponentni eshitish ko'nikma va qobiliyatini shakllantirishga erishiladi; tarqatma materiallarni o'rganish, o'z munosabatini bildirish, me'yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash ko'nikmasiga ega bo'ladi; Audio vizual, video va boshqa vositalar orqali tasavvur qilish, mushohada va tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. 2. TAYANCH TUSHUNCHALAR: insonparvarlik huquqi sarchashmalari; nizolarda qo'llaniluvchi odat va udumlardan xalqaro insonparvarlik huquqiga o'tish; A.Dyunan va uning tarixiy xizmati; XIH ni tashkil qiluvchi hujjatlar; Jeneva huquqi yoki insonparvarlik huquqi; Gaaga huquqi yoki urush huquqi; urusholib borishusuli va vositalari bo'yicha cheklovlar. Jeneva huquqi -XIH me'yorlari aks etgan hujjatlar shartli ravishda to'rt guruh ga bo'linishini aniq va qat'iy aytib o'tish kerak. Hujjatlarning birinchi guruhi kishilarning muayyan guruh larini urush qiyinchiliklaridan himoya qilishga yo'naltirilgan. Shuning uchun u ba'zan insonparvarlik huquqi, ba'zan esa ular Jeneva konvensiyalarida aks ettirilgani bois Jeneva huquqi deb ham ataladi. Bu huquq urush jabrdiydalari manfaatlari uchun ishlab chiqilgan bo'lib, o'zaro urushayotgan davlatlarga alohida olingan hech bir kishining huquqini poymol qilishga hech qanday huquq bermaydi Gaaga huquqi- Hujjatlarning ikkinchi guruhi harbiy harakatlar olib borish qoidalarini belgilab beradi. Shuning uchun u ba'zan urush huquqi, ba'zan esa ular Gaaga konvensiyalarida aks ettirilgani bois Gaaga huquqi deb ataladi. Gaaga huquqining maqsadi - harbiy harakatlarni madaniy xalqlar o'rtasidagi munosabatlarda aks etuvchi insonparvarlik tamoyiliga asoslangan holda boshqarishdir. xalqaro insonparvarlik huquqi-xalqaro huquqning sohasi sifatida XIX asrning 60-yillarida vujudga keldi. Ammo bu uning yo'q joydan vujudga kelganini anglatmaydi. xalqaro insonparvarlik huquqi mazmun jihatdan davlatlararo va ichki nizolardan aziyat chekadigan kishilarni himoya qilish, ana shunday harakatlar paytida ishlatiladigan qurollar va urishish vositalarini cheklashga yo'naltirilgan qoida va qonunlar yig'indisidir. Bu qonun-qoidalar esa insoniyatning buyuk zakovat egalarining, nom-nishonsiz tarix qa'riga singib ketgan ming-minglab kishilarning insonparvarlik bilan yo'g'rilgan xatti-harakatlari, o'y-fikrlarining natijasidir. 3. MAVZU BO'YICHA DARS OLIB BORISH METODIKASI: Ma'ruzani o'tish jarayonida texnologik xaritada ko'rsatilgan axborot-kommunikativ va zamonaviy pedagogik ...

Joylangan
10 Jan 2023 | 10:21:19
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.96 KB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
10 Jan 2023 [ 10:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.96 KB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: doc