Sog'liqqa qarshi jinoyatlar Reja: Shaxsning sog'lig'iga qarshi jinoyatlar tushunchasi, turlari, jinoyatlar tarkibining umumiy tahlili Qasddan badanga og'ir, o'rtacha og'ir va yengil shikast yetkazish jinoyatlari tushunchasi va yuridik tahlili va og'irlashtiruvchi holatlari Javobgarlikni engillashtiruvchi holatlarda qasddan badanga shikast yetkazish tushunchasi, turlari va jinoyat tarkibining umumiy belgilari Fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligini jinoyatkorona tajovuzlardan muhofaza qilish O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining eng dolzarb vazifalaridandir. Inson sog'lig'i va uning daxlsizligi to'g'risida g'amxo'rlik qilish, uning barcha imkoniyatlarini va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitni yaratish Respublika rahbariyatining, davlatning, barcha huquqiy institutlarning, sud-tergov organlarining diqqat markazida bo'lib, O'zbekiston Respublikasi qonunlarining asosini tashkil etadi. Badanga shikast etkazishning tushunchasini yoritib berishdagi farqlar, birinchidan, badanga shikast etkazishlarning obyektini turlicha ta'riflashda (bazilar bunday obyekt sifatida sog'liqni belgilagan bo'lsalar, boshqalar jismoniy daxlsizlikni belgilaganlar); ikkinchidan, urish, do'pposlash, qiynashlarni badanga shikast etkazishlar jumlasiga kiritish mumkinligidan iborat bo'lgan, uchinchidan, bular jumlasiga jismoniy og'riq beruvchi, ammo boshqa oqibatlarni keltirib chiqarmaydigan zo'rlik ishlatib qilingan boshqa harakatlarni kiritish mumkinligidan iborat bo'lgan. Badanga shikast etkazishning obyekti uning holati va xususiy fazilatlaridan qati nazar, o'zga kishining sog'lig'idir. Jismoniy daxlsizlik shaxs sog'lig'iga zarar yetkazish bilan bog'liq bo'lmagan boshqa zo'ravonlik harakatlarining obyekti bo'la olmaydi. Sog'liqqa zarar etkazilganligini aniqlashda, uning badanga shikast etkazilgan paytdagi holatiga, yani gap sog'liqning yomonlashuviga asoslanish kerak bo'ladi. Sud tibbiyoti va sud amaliyoti sodir etilgan qilmish natijasida sog'liq avvalgiga nisbatan yomonlashgan bo'lsa, jabrlanuvchi sog'lig'iga zarar etkazilganligini qayd etishga amal qiladi. Faqat o'zga kishining sog'lig'igina badanga shikast yetkazish jinoyatining obyekti bo'lishi mumkin. O'z sog'lig'iga zarar etkazgan shaxs (o'z azosini mayib qilish) faqat boshqa jinoyat, masalan, harbiy yoki muqobil xizmatdan bo'yin tovlash (O'zR JK 225-modda), o'zining biron azosini mayib qilish yo'li bilan yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan bo'yin tovlash (O'zR JK 290-moddasi) sodir etilgan hollardagina jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Sog'liqqa qarshi jinoyatlarning obyektiv tomoni Fuqarolar sog'lig'iga va jismoniy daxlsizligiga qarshi jinoyatkorona tajovuzlar obyektiv jihatining elementlarini aniqlab olish ularni to'g'ri kvalifikatsiya qilish va bu jinoyatlarning mohiyatini tushunish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Malumki, sog'liqqa va jismoniy daxlsizlikka qarshi jinoyatlar moddiy tarkibli bo'lib, ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan paytdan etiboran tamom bo'lgan jinoyat deb topiladi. Badanga shikast etkazilganda, aybdorning g'ayriqonuniy harakatlari tufayli jabrlanuvchining sog'lig'iga zarar yetkazish oqibat tariqasida namoyon bo'ladi. Badanga shikast etkazadigan harakatlar juda xilma-xil bo'lib, ularni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: 1) jismoniy (mexanik, termik, elektrik va hokazo) ta'sir ko'rsatib badanga etkaziladigan shikastlar; 2) organizmga kimyoviy yoki biologik faol vositalar bilan ta'sir ko'rsatish (turli kislotalar, zaharli moddalar, gazlar va hokazodan foydalanish) yo'li bilan badanga etkaziladigan shikastlar; 3) ruhiy ta'sir ...

Joylangan
10 Jan 2023 | 10:21:19
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.61 KB
Ko'rishlar soni
436 marta
Ko'chirishlar soni
63 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
10 Jan 2023 [ 10:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.61 KB
Ko'rishlar soni
436 marta
Ko'chirishlar soni
63 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: docx