Sudlovga tegishlilik tashunchasi va ahamiyati

Sudlovga tegishlilik tashunchasi va ahamiyati

O'quvchilarga / Huquq
Sudlovga tegishlilik tashunchasi va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Sudlovga tegishlilik tashunchasi va uning ahamiyati. Reja: 1.Jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi. 2.Sudlovga tegishlilik turlari. 3.Mustasno sudlarga tegishlilik. Jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi deganda, jinoyat-protsessual qonuni bilan jinoyat ishi u yoki bu sudda mazmunan ko'rilishini belgilovchi yuridik xususiyat tushuniladi. Bu xususiyatga ko'ra jinoyat ishining qaysi sudga tegishli ekanligi va yagona sud tizimi ichida sudlar o'rtasidagi vakolatlar belgilanadi. Sudlovga tegishlilik ikki xil ma'noda tushuniladi. Sudlovga tegishlilik, birinchidan, ayrim jinoyat ishlarining ko'rilishi va hal qilinishi sud organlariga taalluqli (tegishli) bo'lishligini anglatadi; ikkinchidan, sudlovga tegishlilik yagona sud tizimiga kiradigan umumiy yurisdiksiya sudlarining qaysi biri muayyan jinoyat ishini ko'rish va hal qilishga huquqli bo'lishini bildiradi. Binobarin, sud organlarining vakolatiga kiradigan jinoyat ishlarini o'z ichiga oladi. Jinoyat ishlarining doirasi jinoyat-protsessual qonuniga ko'ra belgilab beriladi. Demak, sudlovga tegishlilik deb, sud organlariga tegishli bo'lgan jinoyat ishlarining mazmuniga ko'ra sud instansiyalari o'rtasida taqsimlanishiga, shuningdek, hududiy va shaxsga ko'ra mazkur jinoyat ishining aynan qaysi sudga taalluqli bo'lishiga aytiladi. Jinoyat ishini ko'rish va hal qilishda sudlovga tegishlilik masalasi katta ahamiyatga ega. Sudlovga tegishlilik haqida so'z yuritilganda, sud instansiyasi vakolatlariga kiradigan jinoyat ishlarining qonuniy, asosli, adolatii va mazmunan aniq ko'rilishi birinchi instansiya, kassatsiya va nazorat sud instansiyalariga ko'p jihatdan bog'liq bo'lib hisoblanadi. Bunday fikrga kelinishiga jinoyat-protsessual qonunida ko'rsatilgan sudlovga tegishlilik yuridik atamasining ishlatilishi, chunonchi, «tuman, shahar sudlari sudloviga, viloyat sudlari sudloviga va Oliy sud sudloviga tegishli jinoyat ishlarining belgilanishi» asosdir, ya'ni sudlovga tegishlilik jinoyatning xarakteriga ko'ra malakalanishi bilan belgilanadi. Sudlovga tegishlilik faqat jinoyatning xarakteriga ko'ra belgilanibgina qolmay, balki jinoyat sodir etgan subyekt bilan ham belgilanadi. Masalan: harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar to'g'risidagi ishlar faqat harbiy sudlarning sudloviga tegishli bo'ladi. Sudlovga tegishlilikning jinoyat-protsessual qonuni tomonidan ochiq belgilanishi har bir sud tizimiga tegishli bo'lgan ishlarning aniq bo'lishiga yordam beradi. Bu esa sudlar o'rtasida ishlarni ko'rishda sansalorlikka yo'l qo'yilmasligi, yuqori sudlarga tegishli ishlarning quyi sudlar tomonidan ko'rilmasligini ta'minlaydi. Bu o'rinda shuni ta'kidlash lozimki, yuqori sudlar sudloviga tegishli jinoyat ishlari quyi sudlar tomonidan ko'rinmasligi lozim. Aks holda jinoyat-protsessual qonunining me'yorlari buziladi. Chunki yuqori sudlarning sudloviga tegishli bo'lgan jinoyat ishlari o'zining alohida ijtimoiy ahamiyati yoxud o'ta muhimligi bilan ajralib turadi. Yuqori sudlar tomonidan quyi sudlarning sudloviga tegishli bo'lgan barcha jinoyat ishlari ko'rilishi mumkin. Yuqori sudlarga yoki harbiy sudlarga tegishli bo'lgan jinoyat ishlaridan tashqari hamma jinoyat ishlari tuman (shahar) sudlari sudloviga tegishlidir (JPK ning 389- moddasi I- qismi). Tuman (shahar) jinoyat ishlari bo'yicha sudlarga jinoyat ishlarining juda ko'p turlari topshirilgan, aniqroq aytadigan bo'lsak, 90 foiz jinoyat ishlarini ushbu sud organlari ko'radi. Sud tarkibiga ko'ra sudlovga tegishlilik borasida so'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.72 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.72 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga