Suverenitet tushunchasi va uning turlari 2

Suverenitet tushunchasi va uning turlari 2

O'quvchilarga / Huquq
Suverenitet tushunchasi va uning turlari 2 - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Suverenitet tushunchasi, turlari Bajardi: Qabul qildi: Suverenitet tushunchasi, turlari Reja: Kirish 1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari. 2. Suverenitet tushunchasi, turlari. 3. xalq hokimiyatchiligi. 4. Konstitutsiya va qonun ustvorligi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISh 1991 yil 31 avgust kuni Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O'zbekistonning davlat mustaqiligini elon qilindi. Sessiyada O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risida Oliy Kengash Bayonoti qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi, - deb takidlanadi Bayonotda-to'la davlat hokimiyatiga ega, xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan hech qanday shart qo'ymagan holda barcha sheriklar bilan teng huquqli, o'zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o'zini ochiq deb elon qiladi. Mazkur sessiyada O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini elon qilish to'g'risida qaror qabul qilinib, 1 sentyabr O'zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb belgilandi va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb elon qilindi. Shuningdek, Oliy Kengashda O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida qonun kabul qilindi. 17 moddadan iborat o'shbu qonunnin birinchi moddasida: O'zbekiston Respublikasi o'z tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan birga mustaqil, demokratik davlat, - deb qonunlashtirilib qo'yildi. O'zbek xalqi siyosiy mutelik va asoratidan qutildi. Dunyo xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat -O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. O'zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan og'ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasi bo'ldi. «Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi. O'z kelajagimizni o'z qo'limiz bilan yaratadigan bo'ldik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizga, umum etirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega bo'ldik».[1] O'zbekiston mustaqil, yani - suveren davlat deymiz. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari Siz umumiy o'rta ta'lim maktablarida «Konstitutsiyaviy huquq» fanini o'rgandingiz va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy mazmuni bilan tanishdingiz. Asosiy qoidalarni o'rganganingiz asosida endi siz shu umumiy qoidalarning maxsus qoidalarini o'rganasiz. Malumki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari: Davlat suvereniteti; xalq hokimiyatchiligi; Konstitutsiya va qonunning ustunligi; tashqi siyosatdan iborat edi. Suverenitet tushunchasi, turlari Davlat suvereniteti - suverenitetning asosiy shakli. Davlat suvereniteti xech kimning xoxishiga bog'lik emasligini xalqning suveren irodasini ifoda etuvchi davlat hokimiyati ichki ishlarda va xalqaro munosabatlarda butunlay mustaqil ekanligini bildiradi. Davlat suvereniteti, birinchidan, mamlakat hududida davlat hokimiyatining usutunligini, ikkinchidan, davlat boshqa davlatlar bilan qanday munosabatda bo'lishini o'zi belgilashini, uchinchidan, boshqa davlatlarning bu davlatning ichki ishlariga aralashish huquqiga ega emasligini xam belgilaydi. «Suverenitet» so'zi - oliy hokimiyat egasi degan manoni anglatadi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka doir 4 ta asosiy hujjat kabul kilgan: mustaqillik deklaratsiyasi (1990y 20 iyun). O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida Oliy Kengash bayonoti (1991y. 31 avgust). O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini elon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 713.35 KB
Ko'rishlar soni 190 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 713.35 KB
Ko'rishlar soni 190 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga