Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar Reja: Urushni targ'ib qilish jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili Agressiya jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili. Urushni qonun va udumlarini buzish jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili Genotsid jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili. Yollanish jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o'xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish jinoyati. Terrorizm jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili Milliy, irqiy va diniy adovat qo'zg'atish jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili Urushni targ'ib qilish jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili Urushni targ'ib qilish xalqaro huquq normalariga ziddir. Urushni targ'ib qilishning obyekti har qanday davlat taraqqiyoti va hayotiy faoliyatini amalga oshirishning sharti bo'lgan tinchlik va tinch-totuv yashashdir. obyektiv tomondan jinoyat bir tomonning ikkinchi mamlakatga nisbatan agressiya harakatlarini amalga oshirish maqsadida turli shakldagi qarashlar, g'oyalar yoki chaqiriqlarni tarqatishidan iborat. Targ'ib qilish oshkora yoki yashirin bo'lishi mumkin. Urushni targ'ib qilish qanday oqibatlar ro'y berganligi, yani agressiya boshlangani yoki boshlanmaganidan qati nazar tamom bo'lgan jinoyat, deb hisoblanadi. subyektiv tomondan jinoyat to'g'ri qasddan sodir etiladi, yani aybdor o'zi sodir etayotgan harakatlarning ijtimoiy xavfli xususiyatini anglaydi va ularni sodir etishni xohlaydi. Qilmishning maqsadi va sabablari jinoyatning kvalifikatsiyasi uchun ahamiyatli emas. Jinoyatning subyekti 16 yoshga to'lgan, aqli raso har qanday shaxs bo'lishi mumkin. Agressiya jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili Agressiya harakatlarini rejalashtirish yoki unga tayyorgarlik ko'rish yoxud shu harakatlarni amalga oshirish maqsadida til biriktirish xalqaro huquq normalariga muvofiq tinchlikka qarshi qaratilgan jinoyat hisoblanadi. Agressiya urushini rejalashtirish, unga tayyorgarlik ko'rish ijtimoiy jihatdan nihoyatda xavflidir, chunki bunday harakatlarning sodir etilishi davlatlar o'rtasidagi munosabatlarning buzilishiga, xalqaro munosabatlarning keskinlashuviga, natijada juda ko'p insonlarning qurbon bo'lishiga, turli obyektlarning vayron bo'lishiga, shahar va qishloqlarning xarobaga aylanishiga sabab bo'lishi mumkin. Hozirgi vaqtda agressiyaning oqibatlarini oldindan aytish qiyin. Jinoyatning obyekti tinchlik va insoniyat xavfsizligidir. obyektiv tomondan jinoyat (O'zR JK 151-modda 1-qismida javobgarlik belgilangan qilmish) agressiyani rejalashtirishda yoki unga tayyorgarlik ko'rishda yoxud shu niyatni amalga oshirish maqsadida til biriktirishda namoyon bo'ladi. subyektiv tomondan agressiya faqat to'g'ri qasd bilan sodir etiladi. Qilmishning sabab va maqsadi jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta'sir ko'rsatmaydi. Jinoyatning subyekti bo'lib harbiy xususiyatdagi turli masalalarni rejalashtirish va hal etish vakolatiga ega bo'lgan davlatning mansabdor shaxslari hisoblanadi. Urushni qonun va udumlarini buzish jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili Jinoyatning obyekti urush olib borish qoidalariga rioya qilish sohasidagi xalqaro munosabatlardir. obyektiv tomondan jinoyat quyidagi harakatlarni sodir etishda: 1) harbiy bo'lmagan aholini yoki harbiy asirlarni qiynoqqa solishda, jismonan qirib tashlashda; 2) harbiy bo'lmagan aholida majburiy ishlarda foydalanish yoki uni boshqa maqsadlar uchun zo'rlab olib ...

Joylangan
10 Jan 2023 | 10:21:19
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.17 KB
Ko'rishlar soni
379 marta
Ko'chirishlar soni
59 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
10 Jan 2023 [ 10:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.17 KB
Ko'rishlar soni
379 marta
Ko'chirishlar soni
59 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: docx