xalqaro dengiz huquqi Reja xalqaro dengiz huquq tushunchasi Ichki dengiz suvlari Hududiy dengiz Ochiq dengizlar xalqaro kema qatnovi uchun foydalanilayotgan bug'ozlar. xalqaro kanallar xalqaro dengiz tashkilotlari xalqaro dengiz huquq tushunchasi xalqaro dengiz huquqi dengiz kengliklari holatini belgilovchi va xalqaro huquq subyektlari o'rtasida jahon ummonida amalga oshiriladigan faoliyat munosabati bilan ular o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi me'yorlarni ifodalovchi xalqaro huquqning muayyan qismidir. xalqaro dengiz huquqi xalqaro huquqning eng qadimgi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Uning ildizlari qadimgi davrdayoq shakllana boshlagan edi. Chunonchi, Rim bilan Karfagen o'rtasidagi shartnomalar bo'yicha Karfagen va Latsiuma qo'ltiqlarida, Ispaniya, Liviya, Sardiniya qirg'oqlarida chegaralar va suzish holati belgilangandi. Dengiz kengliklariga monarx hokimiyatini yoyishga intilish o'rta asr ijtimoiy-iqtisodiy bosqichi uchun xarakterli edi. Dengiz aloqalarining rivojlanishi monarxlarni dengizlardagi cheksiz kengliklarga bo'lgan davolardan voz kechishga va qirg'oq yaqinidagi mintaqalar ustidan nazorat bilan cheklanishga majbur qildi. 1960 yili BMTda dengiz huquqi bo'yicha II Jeneva konferensiyasi bo'lib o'tdi. Unda hududiy dengiz va baliq ovlash zonalari kengligi to'g'risidagi masala qarab chiqildi. Biroq 60-yillarning oxirlari 70-yillarning boshlarida shelfdan tashqaridagi dengiz tubi va uning zamini huquqiy holatini aniqlash zarurati, bu mintaqaning madan boyliklarini o'zlashtirish holatini ishlab chiqish, shelfning tashqi chegaralarini yanada aniqroq belgilash va hududiy suvlar kengligining yagona chekkasini belgilash, suv muhitini muhofaza qilish va jahon ummonida ilmiy tadqiqotlarni tartibga solish me'yorlarini ishlab chiqish zarurati tug'ildi. Bu va boshqa masalalarni hal qilish uchun BMT Bosh Assambleyasi 1970 yil 17 dekabrda 2750 (XXV) nomerli qarorni qabul qildi. Unga binoan BMTning dengiz huquqi bo'yicha II konferensiyasi chaqirildi. 1973 yildan 1985 yilgacha o'n bitta sessiya bo'lib o'tdi. Natijada dengiz huquqi bo'yicha yangi Konvensiya tayyorlanib, 1982 yili qabul qilindi. Konvensiya amaldagi xalqaro dengiz huquqining barcha asosiy tamoyillarini saqlab qoldi. Ayni paytda unga jamiyatning hozirgi taraqqiyoti ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy omillarining xalqaro dengiz huquq ta'siri ifodasi bo'lgan bir qator yangi qoidalar qo'shildi. Umuman, shunday xulosa chiqarish mumkinki, xalqaro dengiz huquqi o'zining rivojlanishida xalqaro hamjamiyat manfaatlariga to'la javob beruvchi yangi, muhim bosqichga ko'tarildi. 2. Ichki dengiz suvlari Tushunchasi va tarkibi. Ichki dengiz suvlari, dengiz portlari, qo'ltiqlar, ko'rfazlar, bo'g'ozlar, burunlar, tarixiy suvlar (bo'g'ozlar, dengizlar, qo'ltiqlar) suvlarida, shuningdek 1958 yilgi hududiy dengiz va tutash zona to'g'risidagi Konvensiyaning beshinchi moddasi va 1982 yilgi Konvensiyaning 8-moddasida aytilganidek hududiy dengiz chegarasi boshlanadigan birlamchi chizig'idan boshlab dengiz tomonga qaragan suvlardan iborat. Ko'rfaz qirg'oqning quruqlikka kirib boradigan va bilan qurshab olingan suvlar qirg'oqlari tasvirlangan chegarasidan ko'ra ancha katta kenglikni hosil qiladi. Agar eng ko'p qo'yilish belgisi bilan ko'rfazga tabiiy kirish joyi o'rtasidagi masofa 24 dengiz milidan oshmasa, tutashuvchi chiziq qo'yilishining mana shu belgilari ...

Joylangan
10 Jan 2023 | 10:21:19
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
37.26 KB
Ko'rishlar soni
391 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
10 Jan 2023 [ 10:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
37.26 KB
Ko'rishlar soni
391 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: docx