Xalqaro huquq asoslari

Xalqaro huquq asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro huquq asoslari - rasmi

Material tavsifi

xalqaro huquq asoslari Reja: xalqaro huquqning paydo bo'lishi. xalqaro huquq tushunchasi, obyektlari, tamoyillari va funksiyalari. xalqaro huquq va milliy huquq.xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq xalqaro huquqiy me'yorlarini yaratish. xalqaro huquq tizimi. O'zbekiston Respublikasiningtashqi siyosati va diplomatiyasi. xalqaro huquq va Konstitusiya. xalqaro huquqiy munosabatlar. xalqaro huquq manbalari. xalqaro huquq subyekti tushunchasi. xalqaro huquqning asosiy sohalari. Adabiyot 1. E.Hayitboev, J.Yoqubov Huquqshunoslik (darslik) T. Yangi asr avlodi 2006 y 2. I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch T. ma'naviyat 2008 y. 3. O'zR Konstitutsiyasi. T.O'zbekiston 2009 y. 4. O'zR Jinoyat kodeksi. T. Adolat 2008 y. 5.xalqaro huquq . (darslik) . T. Adolat 2008 y xalqaro huquq fanida xalqaro huquq tushunchasiga turli xil ta'riflar berilgan. Shulardan bir nechtasini keltirib o'tamiz: Birinchi ta'rif: xalqaro huquqni «davlatlarning irodasini muvofiqlashtirish asosida tuzilgan va rivojlanadigan davlatlarning tinch-totuv yashashi, xalqlarning teng huquqliligi va o'z taqdirini o'zi belgilashini ta'minlash maqsadida xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik teyorlar tizimi» sifatida ta'riflash mumkin1. Ikkinchi ta'rif: xalqaro huquq - bu «davlatlar va ushbu huquq tizimining boshqa subyektlari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik me'yorlar tizimi»2 dir. Uchinchi ta'rif: xalqaro huquq «ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarining ta'siri bilan bog'liq ravishda xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi va davlatlar irodasining nisbiy uyg'unligini ifodalovchi shartnomalar, odat me'yorlari va tamoyillar tizimidir»3. To'rtinchi ta'rif: xalqaro huquq - bu «xalqaro (davlatlararo va boshqa turdagi) munosabatlarni tartibga soluvchi me'yorlar majmui va tizimidir»4. xalqaro huquq obyektiga, eng avvalo, suveren davlatlar o'rtasidagi munosabatlar kiradi. Davlatlararo munosabatlar - bu, avvalambor hokimiyatlararo munosabatlardir. Davlatlar o'rtasidagi mavjud munosabatlar tegishli xalqaro bitimlar bilan tartibga solingandagina xalqaro-huquqiy shaklga ega bo'ladi. Davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatish BMT Ustavida mustahkamlab qo'yilgan umum etirof etilgan xalqaro huquq tamoyillari asosida amalga oshiriladi. quyidagilar xalqaro-huquqiy munosabatlar obyekti sifatida namoyon bo'ladi; birinchidan, hudud (territoriya) va xalqaro yer kengligi; ikkinchidan, xatti-harakatlar; uchinchidan, xatti-harakatlardan tiyilish. hudud xalqaro-huquqiy munosabatlr obyekti sifatida juda ko'p namoyon bo'ladi (masalan, tinchlik shartnomalarida). Xatti-harakatlar davlatlar o'rtasidagi turli huquqiy munosabatlar obyekti bo'lishi mukin (masalan, o'zaro yordam ko'rsatish to'g'risidagi hujjatlarda, ittifoq shartnomalarida). Muayyan xatti-harakatlardan tiyilish ham xalqaro- huquqiy munosabatlar obyekti hisoblanadi (masalan, neytralilet to'g'risidagi, urush odatlari va qonunlari to'g'risidagi xalqaro- huquqiy hujjatlarda). xalqaro huquq normalari - davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari tomonidan yuridik majburiy deb tan olingan xulq-atvor qoidalaridir. xalqaro huquq normalari mazmunini davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlarining huquq va majburiyatlari tashkil qiladi. xalqaro huquq normalari - subyektlarning normalarida ko'zda tutilgan, zarurat bo'lganda majburlash yo'li bilan ta'minlanadigan yuridik majburiy xarakterdagi xulq-atvor qoidalaridir. xalqaro huquq normalari o'zaro kelishuv bo'yicha subyektlar o'rtasidagi bitim asosida belgilanadi va ular tomonidan yakka ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.4 KB
Ko'rishlar soni 244 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.4 KB
Ko'rishlar soni 244 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga