xalqaro huquqda javobgarlik Reja xalqaro huquqiy javobgarlik tushunchasi. Davlatlar javobgarligining asoslanishi Davlat javobgarligi kelib chiqishi uchun aybdorlik ahamiyati Huquqiy faoliyatning zararli oqibatlari uchun davlat javobgarligi xalqaro jinoyatchilikning klassifikatsiyasi xalqaro huquqiy javobgarlikning turlari va shakllari xalqaro tashkilotlarning javobgarligi Shaxslarning xalqaro jinoiy javobgarligi xalqaro huquqiy javobgarlik tushunchasi. xalqaro huquqiy javobgarlik deganda xalqaro huqyq subyekti uchun u xalqaro huquqiy majburiyatlarni buzgan taqdirda kelib chiqadigan yuridik oqibatlar tushuniladi. xalqaro huquqiy majburiyatning ahamiyati xalqaro huquq subyekti xalqaro huquq normalariga rioya qilishini ta'minlashning zarur yuridik vositasi ekanligi fakti bilan bog'liqdir. xalqaro huquq subyektlari javobgarligi xalqaro qonunchilikni og'ishmay bajarish, tinchlikni saqlash va mustahkamlash uchun kurash, xalqaro hamkorlikni ta'minlash bilan bog'liq. U xalqaro munosabatlarda huquqiy tartibga solishning muayyan quroli sifatida amal qilmoqda va xalqaro huquq amalda bo'lishini rag'batlantirmoqda. Davlatlarning xalqaro huquqda javobgarligiga taalluqli normalar xalqaro huquqiy institutning o'ziga xos ko'rinishidir. Bu institut xalqaro huquq tarixi jarayonida jiddiy o'zgardi. Hozirgi xalqaro huquq bo'yicha javobgarlik Oktyabr to'ntarishigacha amalda bo'lgan eski xalqaro huquqdagi javobgarlikdan ancha farq qiladi. Hozirgi xalqaro huquq agressiya uchun javobgarliq mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berishdan voz kechish uchun javobgarlik singari muhim institutlarni o'z ichiga oladi. Ilgari bunday institutlar bo'lmagan edi. xalqaro tartibotni buzgan davlatlarga nisbatan qo'llaniladigan majbur qilish choralarining xarakteri o'zgardi. Javobgarlikni amalga oshirishning shakllarida ham javobgarlik subyektlari doirasida ham o'zgarishlar yuz berdi. Masalan, xalqaro tashkilotlarning javobgarligi paydo bo'ldi. Davlatlarning javobgarligini yo'lga qo'yuvchi xalqaro huquq normalari orasida hozirgi paytda odat tarzida kelib chiqqan normalar ko'p. Shuning uchun ularni kodifikatsiyalash dolzarb vazifadir, Millatlar Ligasi shaxsga va chet elliklarning mulkiga keltirilgan zarar uchun davlat javobgarligiga taalluqli xalqaro huquq normalarini kodifikatsiyalashga urinib ko'rdi. Bu reaksion davlatlar manfaatlariga to'la mos tushardi. Aslini olganda davlatlar. javobgarligini tartibga soluvchi normalarni ishlab chiqish ham mana shu yo'nalishda olib borildi. 1956 - 1957-yillarda BMT xalqaro huquq Komissiyasi bu masala yuzasidan maxsus ma'ruzachi bo'lgan edi. 1963 yili sobiq SSR tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasida qabul qilingan lalqaro huquq Komissiyasi ishining yangi programmasi qabul qilinganligi, komissiya davlatlarning agressiya uchun, mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berishdan voz kechganlik uchun mas'uliyat singari javobgarliklarning asosiy muammolarini hal qilishga yo'naltirdi. Shunga binoan Komissiya bu muammolarni ishlab chiqishni yangitdan boshladi. Ko'rib chiqilayotgan masala bo'yicha maxsus ma'ruzachi italiyalik professor R.Agoning 1969-1979-yillardagi ma'ruzalari xalqaro huquqni buzganlik uchun davlatlar javobgarligining umumiy normalariga bag'ishlandi. BMT xalqaro huquq Komissiyasi bu masalani muhokama qilishda davom etmoqda. 2. Davlatlar javobgarligining asoslanishi Davlatlar xalqaro huquqiy javobgarligining umumiy asosi xalqaro huquqiy jinoyatning sodir qilinishidir. xalqaro huquqiy jinoyat mavjudligini tasdiqlash uchun, birinchidan, xalqaro huquqqa binoan davlatga qo'yiladigan huquqiy jinoyatning mavjudligi, harakatlilik yoki ...

Joylangan
10 Jan 2023 | 10:21:19
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.12 KB
Ko'rishlar soni
383 marta
Ko'chirishlar soni
58 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
10 Jan 2023 [ 10:21 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.12 KB
Ko'rishlar soni
383 marta
Ko'chirishlar soni
58 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: docx