Xalqaro iqtisodiy huquq

Xalqaro iqtisodiy huquq

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro iqtisodiy huquq - rasmi

Material tavsifi

xalqaro iqtisodiy huquq Reja xalqaro iqtisodiy huquq tushunchasi Qarama-qarshi g'oyalar kurashi sharoitida xalqaro iqtisodiy huquqning shakllanishi. xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida ish olib boruvchi xalqaro tashkilotlar xalqaro iqtisodiy huquq manbalari xalqaro iqtisodiy huquqning maqsadlari va tamoyillari xalqaro iqtisodiy shartnomalar 1. xalqaro iqtisodiy huquq tushunchasi xalqaro iqtisodiy munosabatlar murakkab tizimga ega. Ular turli mamlakatlarning jismoniy va yuridik shaxslari o'rtasidagi munosabatlar kabi davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu munosabatlar o'z mavzu mundarijasiga ko'ra ham murakkabdir. xalqaro iqtisodiy munosabat, masalan, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga yetkazib berish uchun (tor manoda xalqaro savdo munosabatlari) mollar sotib olish va sotish bo'yicha munosabatlar, qarz, nasiyalar ikki va undan ko'p mamlakatlarning banklari hamda boshqa korxonalari o'rtasida zayomlar berish bo'yicha munosabatlar bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga yo'lovchi va yuklar tashish bo'yicha munosabatlar (xalqaro transport munosabatlari ilmiy-texnika ixtirolari, sanoat tajribasidan foydalanish, texnika yordami ko'rsatish bo'yicha munosabatlar, xalqaro sanoat hamkorligi va boshqalardan iborat. Jismoniy va yuridik shaxslar o'rtasida tarkib topgan shu singari mulkiy munosabatlar bevosita milliy huquq normalari orqali tartibga solinadi. Bu huquq va normalar davlatlar tomonidan avtonom yoki ularning xalqaro majburiyatlaridan kelib chiqadigan tarzda belgilanadi yoxud sanksiyalanadi. Bunday holatlarda xalqaro oborotda fuqarolik mulkiy munosabatlarning qatnashchilari alohida turdagi fuqarolik huquqi subyekti sifatida munosabatga kiruvchi davlatlar ham bo'lishi mumkin. Fuqarolik huquqi xarakterdagi xalqaro mulkiy munosabatlar va ularni huquqiy tartibga solish omillari ( kollizey va moddiy-huquqiy) xalqaro xususiy huquq tomonidan o'rganiladi. xalqaro ommaviy huquqiy hokimiyat subyekti sifatidagi davlatlar va xalqaro (davlatlararo) tashkilotlar va keyingilarining o'zaro munosabatlarida tarkib topadigan davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni (keng manoda davlatlararo) tartibga soladi. Bu munosabatlarnint o'ziga xosligi, ularning yuqorida qarab chiqilgan munosabatlaridan farqli o'laroq bu munosabatlarning siyosiy xarakteri bilan belgilanadi. Davlatlararo iqtisodiy munosabatlar ham g'oyat xilma-xildir. Ular savdo, dengiz va transport turlari, moliya va qarz, fan-texnika va boshqa sanoat hamkorligi, atrof-muhitni muhofaza qilish munosabati bilan yuzaga keladi. xalqaro iqtisodiy huqyq xalqaro ommaviy huquqning umumiy tarmog'i sifatida xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi faoliyat munosabati bilan xalqaro huquq subyektlari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yig'indisidan iboratdir. 2. Qarama-qarshi g'oyalar kurashi sharoitida xalqaro iqtisodiy huquqning shakllanishi. Rivojlangan davlatlarning hujjatlarida butun xalqaro iqtisodiy munosabatlar tarkibini yangi demokratik asosda qayta qurish uchun birinchi darajali ahamiyatga ega bo'lgan tamoyillar elon qilindi. Ular millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilashga bo'lgan huquqini tan olish; mustamlaka tuzumining huquqqa zidligi; tengsizlikka asoslangan shartnomalarni batamom bekor qilish; katta va kichik davlatlarning suverenitetini hurmatlash; har bir davlat tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tuzumni tanlash erkinligi; xalqlarning milliy ozodlik kurashini qo'llab-quvvatlash tamoyillaridir. Ular O'zbekiston Respublikasining 1991-1997 yillardagi Turkiya, Eron, Afg'oniston, Hindiston, Malayziya, AQSH, Angliya, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 42.4 KB
Ko'rishlar soni 467 marta
Ko'chirishlar soni 52 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 42.4 KB
Ko'rishlar soni 467 marta
Ko'chirishlar soni 52 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga