(BMT) Birlashgan Millatlar Tashkilotining nizomi

(BMT) Birlashgan Millatlar Tashkilotining nizomi

O'quvchilarga / Huquq
(BMT) Birlashgan Millatlar Tashkilotining nizomi - rasmi

Material tavsifi

xalqaro hujjatlar Birlashgan millatlar tashkilotining nizomi Biz, Birlashgan Millatlar xalqlari, Kelajak avlodlarni hayotimizda ikki marta insoniyatga ifodalab bo'lmaydigan g'am-g'ussa keltirgan urush kulfatlaridan xalos etishga va insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining qadr-qimmatiga, erkak va ayollarning teng huquqliligiga va katta-kichik millatlar huquqlarining tengligiga ishonchni qayta qaror toptirishga va shartnomalar va xalqaro huquqning boshqa manbalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga hurmat bilan qarash va adolatga rioya qilish mumkin bo'lgan shart-sharoitni vujudga keltirishga va ijtimoiy taraqqiyot va keng ozodlik sharoitida turmushni yaxshilashga yordam berishga va shu maqsadda sabr-toqat namoyon etib, yaxshi qqshnilar kabi birgalikda, o'zaro totuvlikda yashashga va xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun kuchlarimizni birlashtirishga va tegishli tamoyil va uslublarni qabul qilish bilan qurolli kuchlarning umumiy manfaatlardan bo'lak maqsadlar uchun ishlatilmasligini ta'minlashga va xalqaro apparatdan barcha xalqlarning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga yordam berish uchun foydalanishga qatiy ahd qilib, O'z kuch-g'ayratimizni shu maqsadlarga erishish uchun birlashtirishga qaror qildik. Shunga binoan, bizning tegishli hukumatlarimiz San-Frantsisko shahrida to'plangan, o'zlarining haqiqiy deb topilgan vakolatnomalarini taqdim etgan vakillari orqali Birlashgan Millatlar tashkilotining ushbu Nizomini qabul qilishga rozilik berdilar va shu asosda «Birlashgan Millatlar» deb nomlangan xalqaro tashkilot tasis etdilar. I BOB MAQSAD VA TAMOYILLAR 1-modda Birlashgan Millatlar tashkiloti ko'zlagan Maqsadlar: 1. xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash va shu maqsadda tinchlikka tahdidning oldini olish va uni bartaraf etish va tajovuz harakatlari yoki tinchlikka raxna soluvchi boshqa harakatlarni bostirish uchun birgalikda samarali choralar ko'rish hamda adolat va xalqaro huquq tamoyillariga asoslangan holda tinchlik vositalaridan foydalanib, tinchlikning buzilishiga olib keluvchi xalqaro nizo yoki vaziyatlarni tinchitish yoki hal etish; 2. Xalqlarning teng huquqliligi va o'z taqdirini o'zi belgilashi tamoyilini hurmat qilish asosida millatlar o'rtasidagi do'stona munosabatlarni rivojlantirish hamda yalpi tinchlikni mustahkamlash uchun boshqa tegishli choralarni ko'rish; 3. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar xarakterdagi xalqaro muammolarni hal etishda hamda inson huquqlariga va barchaning irqi, jinsi, tili va dinidan qatiy nazar asosiy erkinliklariga hurmatni rag'batlantirish va rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish va 4. Shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatlarini muvofiqlashtirish markazi bo'lish. 2-modda 1-moddada ko'rsatilgan maqsadlarga erishish uchun tashkilot va uning a'zolari quyidagi tamoyillar asosida ish yuritadilar: 1. tashkilot o'zining barcha a'zolarining suveren tengligi tamoyiliga asoslanadi; 2. Birlashgan Millatlar tashkilotining barcha a'zolari hammalarini tashkilot a'zolari tarkibiga mansublikdan kelib chiqadigan barcha huquq va imtiyozlar bilan ta'minlash uchun ushbu Nizom bo'yicha zimmalariga olgan majburiyatlarini vijdonan bajaradilar; 3. Birlashgan Millatlar tashkilotining barcha a'zolari xalqaro tinchlik, xavfsizlik va adolatni tahdid ostiga qo'ymaslik uchun o'zlarining xalqaro nizolarini tinchlik vositalari bilan hal qiladilar; 4. Birlashgan Millatlar tashkilotining barcha a'zolari o'zlarining xalqaro munosabatlarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 51.02 KB
Ko'rishlar soni 562 marta
Ko'chirishlar soni 123 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 51.02 KB
Ko'rishlar soni 562 marta
Ko'chirishlar soni 123 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga