Amir Temur va temuriylar davlatida huquq manbalari Reja: 1. Huquq manbalariga umumiy tavsif. 2. «Temur tuzuklari»da davlat huquqi masalalarining tartibga solinishi. Huquq manbalariga umumiy tavsif O'rta asrlarda juda qudratli va kuchli saltanat hisoblangan Amir Temur davlati va lining o'rnida vujudga kelgan temuriylar davlati mexanizmi yaxshi tashkil etilgan ichki tartib va mustahkam intizomni ta'minlab turadigan barqaror huquqiy tizimga ega edi. Bu davrning huquqiy manbalarini islom huquqi, unga asoslangan va mazrriunan dunyoviy xarakterga ega bo'lgan «Temur tuzuklari», qadimgi turk huquqiy odatlari (to'ralar) hamda Temur va temuriylar tomonidan chiqarilgan huquqiy hujjatlar, jumladan, farmonlar, buyruqlar, |tarxon yorliqlari va hoka'zolar tashkil etgan. Amir Temur davlati doirasida asosan uning turkiy xalqlari ichida ceng yoyilgan islom sunniylik oqimining hanafiylik mazhabi mustahkam qaror topdi. Yuqorida ko'rib o'tganimizdek, Burxoniddin larg'inoniyning «Hidoya» to'plami bu mazhabning asosiy shariat iqo'llanmasi sifatida qabul qilingan edi. Hanafiya qonunlari nisbatan yumshoqroq va qulayroqligi, xalqlarning mahalliy an'analarini e'tiborga olganligi sababli mamlakatimiz hududida mustahkam qaror topgan edi. Unga binoan mahalliy huquq normalari (huquqiy odatlar) shariat bilan moslashtirilib, muvofiqlashtirilib joriy etilgandi. Shu tariqa, islom huquqi mazkur davrda o'zgarishsiz, bir xilda amalda bo'lgan, deb bo'lmaydi. Chunki bu yerda islom huquqi xuddi «Temur tuzuklari» singari dunyoviy qonunchilik normalari bilan to'ldirib borilgan. Davlat harbiy monarxiya davlati bo'lganligidan armiya va aholining unda xizmat qiluvchi tabaqasi turk va turk-mo'g'ul urug'laridan chiqqan kishilardan tashkil topib, qadimiy turk huquqiy odatlari (to'ralar) huquqning ikkinchi manbayi vazifasini bajardi. Ayniqsa, davlat boshlig'ini saylash, armiya va uning tuzilishi hamda ta'minoti, oila va nikohning ba'zi masalalari, masalan, yesirlik, shuningdek, suvdan foydalanish borasida ko'plab huquqiy odatlar mavjud bo'lgan1. Keyinchalik, «Tuzuklar» yozilganida bu odatlar, harbiy qurilishga oid masalalar yozma qonunchilik bilan mustahkamlangan. Temur va temuriylar davlatining eng muhim huquqiy manbayi «Temur tuzuklari» bo'lgan. Uni konstitutsiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan hujjat deb atash mumkin. Chunki unda davlat hokimiyati va idora organlarining tuzilishini, ularning vazifalarini, sud, harbiy va moliya tizimini tartibga soluvchi normalar o'z ifodasini topgan. Huquqshunos olim Z.Muqimov «Temur tuzuklari»ning huquqiy jihatlarini ko'rsatib, quyidagilarni ta'kidlaydi: «Undagi huquqiy normalarni hozirgi zamon huquq tarmoqlari bo'yicha guruhlantirganda quyidagicha holatni ko'rish mumkin: a) davlat huquqiy normalari - davlat boshlig'i, vazirlar, devonlar (tannoq boshqaruv organlari), devonbegi, davlatni boshqarish prinsiplari (mashvarat, kengash, maslahat, to'ra va tuzukka asoslash), mahalliy boshqaruv, harbiy va fuqaro boshqaruvini amalga oshirish maqsadida chegara viloyatlarini suyurg'ol qilib berish va hokazo; b) fuqarolik va mohya huquqi normalari - yer, mulkning shakllari: suyurg'ol, iqta, tanho, ularni berish tartibi, bunday mulklarni olganlaming majburiyatlari, omonatlar, soliqlar, jangda yarador va halok bo'lgan askarlar ta'minoti va boshqalar; v) jinoyat va jinoyat-protsessual huquqi - ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
13.37 KB
Ko'rishlar soni
237 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:52
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
13.37 KB
Ko'rishlar soni
237 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:52 ]
Arxiv ichida: pptx