Ashtarxoniylar davlati va huquqi Reja: 1. Ashtarxoniylar hukmronligining o'matilishi. 2. Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-siyosiy tuzumda yuz bergan o'zgarishlar. 3. Ashtarxoniylar davlati huquqining asosiy belgilari. Ashtarxoniylar hukmronligining o'rnatilishi 1598-yilda Abdullaxon vafot etgach, shayboniylar o'rtasida toju taxt uchun kurash boshlanib, bu kurash oxir-oqibat mazkur sulolaning butunlay qirilib ketishiga olib keldi. Buxoro xonligi taxtiga vorislikka shayboniy urug'lardan hech kim qolmagan edi. Ana shunday bir paytda Buxoroda amirlar kengashib, 1554-yili ruslarning Ashtarxonni (Astraxan, ya'ni Hojitarxon xonligini) istilo qilishi davrida Buxoroga qochib kelgan Yormuhammadxonning o'g'li Jonibek sultonni (u Abdullaxonning singlisiga uylanganligi tufayli shayboniylarga kuyovdosh edi) xon qilib ko'tarmoqchi bo'ldilar. Jonibek in'om qilingan taxtdan bosh tortdi. Amirlar uning katta o'g'li Dinmuhammadni xon qilib ko'tardilar. Bu vaqtda u Obivardda edi. U Buxoroga kelayotib yo'lda halok bo'ldi. Shundan keyin uning ukasi Boqimuhammad xon qilib ko'tarildi. Jonibekning uchinchi o'g'li Valimuhammad taxt vorisi (valiahd) deb e'lon qilindi va Balxga noib qilib yuborildi. Ana shu tariqa, 1599-yilda Movarounnahrda yangi sulola -ashtarxoniylar - «joniylar» (joniylar nomi urug' boshlig'i Jonibekning nomidan olingan) sulolasi tashkil topdi. Bu davlatda rasman oliy hokimiyat Jonibek Sulton qo'lida bo'lib, uning nomidan tangalar zarb etilgan, uning nomi xutbaga qo'shib o'qilgan. Boqi Muhammad xonlikdagi ichki siyosiy nizolarga chek qo'yishga harakat qildi, xonlikning shimoliy chegaralarini ko'chmanchi qabilalardan himoya qilish choralarini ko'rdi. Balx viloyatidan eronliklarni haydab chiqarib, u yerga ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi. Lekin XVII asr boshlarida Buxoro xonligi hududi Abdullaxon Ikkinchi davridagiga qaraganda juda qisqarib ketgan edi. Ashtarxoniylar Xorazmni va Xurosonning katta qismini butunlay qo'ldan boy berdilar. Toshkent uchun qozoq sultonlari bilan ko'plab urushlar olib borishga to'g'ri keldi. Boqi Muhammaddan so'ng taxtga Vali Muhammad o'tirdi. Uning qisqa hukmronligi davrida (1606-1611) ichki kurashlar yanada kuchaydi, yirik o'zbek qabilalari beklari iqtisodiy-siyosiy jihatdan katta kuchga ega bo'lib, xon hokimiyatiga bo'ysunmas edilar. Markaziy hokimiyat mamlakatda vaziyatni nazorat qilolmas, hududiy yaxlitligini ta'minlay olmas edi. Yangi xonning markaziy hokimiyatni kuchaytirishga bo'lgan intilishi unga qarshi fitna bilan yakunlandi va taxtni Boqi Muhammadning o'g'li ImomquJixon egalladi. U o'zining nisbatan uzoq davom etgan hukmronligi davrida (1611-1742) xonlikda hukm surayotgan o'zaro feodal urushlarga chek qo'yishga va markaziy hokimiyatni mustahkamlashga muvaffaq bo'lgan bo'lsa-da, Xuroson va Xorazmni qayta qo'lga kirita olmadi. Toshkent va xonlikning shimoliy chegaralari uchun ko'chmanchi qabilalar: qozoqlar, qalmiqlar, mo'g'ullarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi va xonlik hududini shimoli-sharqqa kengaytirdi. Bu davrda xon hokimiyatining mavqeyi oshdi, ichki vaziyat birmuncha yaxshilandi. Lekin undan keyin taxtda o'tirgan Nodir Muhammadxon (1642-1645), Abdulazizxon (1645-1681) va Subxonqulixon (1681-1702) davrida mamlakatda siyosiy vaziyat yana izdan chiqdi. Bu xonlar mahalliy feodallarga va tashqi dushmanlarga qarshi to'xtovsiz urushlar ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.33 KB
Ko'rishlar soni
255 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.33 KB
Ko'rishlar soni
255 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:53 ]
Arxiv ichida: doc