Chor rossiyasining istilosi va mustamlakachilik tizimining o'rnatilishi Reja 1. Chor Rossiyasining istilosi va Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi, 2. Mustaralaka o'lkaning ijtimoiy tuzumi. 3. Mustamlaka boshqaruv organlarining ta'sis qilinishi. 4. Turkiston general-gubernatorligida politsiya va sud organlari. Chor Rossiyasining istilosi va Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi Ma'lumki, XIV asrning oxirlari - XVI asrlar mobaynida rus knyazliklarini birlashtirilishi asosida markazlashgan Rus davlati tashkil topdi. Vaqt o'tishi bilan sobiq Oltin O'rda yerlarida rus shaharlari, harbiy istehkomlari, tog' konlari va zavodlarining soni shunchalik ko'payib bordi. Ko'rsatilgan joylarda rus davlati o'z raavqeyini mustahkamlab olganidan keyin Turkistonni ham bo'ysundirish harakatiga tushdi. Chor Rossiyasining Turkiston yerlariga g'arazli maqsadlarda ko'z olaytirishlari hali o'lkada shayboniylar hukmronlik qilgan davrlardan boshlangan. 1558-1559-yillarda irigliz savdogari Jenkinson, 1612-yilda Moskva savdo elchisi Ivan Danilovich Xoxlov Xiva, Buxoro va Samarqandga asosan o'lkani o'rganish va josuslik ma'lumotlarini to'plash maqsadida kelgan edilar. Turkistonni Rossiyaga qaram qilish uchun to'g'ridan-to'g'ri amaliy ochiq harakat Pyotr I davridan boshlandi. 1714-yilda turkman vakillaridan biri Xo'ja Nafas Peterburgga borib, Amudaryoning oltinli qumlarga boyligi to'g'risida ma'lumot beradi. Oltin va boyliklar vasvasasi bilan Pyotr I O'rta Osiyoga 1717-yilda knyaz Bekovich-Cherkasskiyni katta qo'shin bilan yuboradi. Ammo Xiva xoii Sherg'ozixon bu qo'shinni batamom qirib tashlaydi. O'rta Osiyoni bosib olish maqsadida Pyotr I zabt etilgan qozoQ yerlarida harbiy qal'alar va istehkomlar qura boshladi. 1717-yilda Omsk' l7J8-yilda Semipalatinsk, 1720-yilda Ust-Kaminogorsk, 1742-yilda Orenburg qal'alari quriladi. Faqat XVII asrning o'zida chor ma'muriyati hozirgi Qozog'iston hududlarida 46 ta katta va 96 ta kichik harbiy qal'a va istehkomlar qurgan. Katta va Kichik Juzning xoni Abulxayrxon o'z hokimiyatini saqlab qolish va qalmiqlar xataridan saqlanish ilinjida chor Rossiyasi bilan yaqinlashishga majbur bo'ladi. Shu tariqa, 1731-yilda Kichik Juz, 1731-1740-yillarda esa Katga Juz qozoqlarining aksariyati rus davlatining tobeligiga o'tadi. Bu Pyotr I orzu-armonlari ro'yobga chiqishining boshlanishi edi. Qozoqlarning rus fuqaroligini qabul qilishlari chor mustamlakachi ma'raurlarining Turkiston yerlarini egallash borasidagi bosqinchilik harakatlariga qulay shart-sharoitlar yaratdi. Ammo Yevropadagi davlatlar o'rtasidagi o'zaro vaziyatning tobora keskinlashib borishi chorizmning Turkistonga nisbatan bosqinchilik harakatlarining ma'lum muddatga orqaga cho'zilishiga sabab bo'ldi. Biroq tez orada chor qo'shinlari faol harbiy harakatlar boshlab, Qo'qon xonligining strategik qal'asi bo'lgan Oqmachit (hozirgi Qizil O'rda)ni -1853-yilning yozida, keyin esa Pishpakni 1860-yil kuzida bosib oldilar. 1861-1863-yillar davomida rus qo'shinlari Yangi Qo'rg'on, Din Qo'rg'on, Merka, Oqsuv, Pishtepa, Choldevor va qayta tiklangan Pishpak (hozirgi Beshkek) qal'alarini janglar bilan zabt etib, minglab gunohsiz kishilarni qirib tashlaydi. 1863-yil yozida esa polkovnik Chernyayev So'zoq qal'asini qo'lga kiritadi va uni tevarak-atrofidagi aholisi bilan birga «Rossiyaning mulki» deb e'lon qiladi. 1864-yii boshida Verniy (hozirgi Almati) istehkomidan chiqqan Chernyayev boshchiligidagi 2500 ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.8 KB
Ko'rishlar soni
285 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.8 KB
Ko'rishlar soni
285 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:56 ]
Arxiv ichida: doc