Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi

Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi

O'quvchilarga / Huquq
Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi - rasmi

Material tavsifi

Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi Davlat funksiyalari bilan bog'liq masalalarni o'rganish uning mohiyati, jamiyatda tutgan o'rni va ijtimoiy vazifasini chuqurroq bilib olishga yordamlashadi. Odatda davlat faoliyatining asosiy yo'nalishlari uning funksiyalari, deb ataladi. Ularning mazmuni boshqa tushunchalar bilan ham aloqadordir. Davlat funksiyalari uning davri, siyosati, maqsadi, vazifalari va faoliyati bilan chambarchas bog'langan. Avvalambor, davlat paydo bo'lginidan buyon uning rivojlanishida ko'p davrlar o'tgan. Shunday ekan, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida davlat funksiyalarining mazmuni va tizimi ham o'zgarib boravergan. Masalan, ilk bor davlat kelib chiqqan paytdagi funksiyalardan ularning tizimi o'z mazmuni va hajmi jihatdan ancha farq qiladi. Bu holat birinchi navbatda jamiyat rivojlanishining mazkur bosqichdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va vazifalari bilan bog'liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, masalan, davlatning hozirgi davrda tan olinayotgan tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza qilish funksiyasi quldorlik davlatida bo'lmaganligini ko'ramiz, chunki bunga hali ehtiyoj ham bo'lmagan. U paytda insonning hayot kechirishi uchun tabiiy shart-sharoitlar etarli va zararsiz bo'lgan. Har bir davrda davlat o'z oldiga malum maqsadlarni qo'yadi, chunki u malum guruhning Yoki butun xalqning manfaatini ifodalaydi. Masalan, davlatning demokratik jamiyat qurish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o'tish, huquqiy davlatni shakllantirish kabi maqsadlari ijobiy bo'lsa, 30-yillarda fashistik davlatlar olga surgan butun jahonga hukmronlik qilish maqsadi boshqa mamlakatlar va o'z xalqi uchun salbiydir. Davlatning o'z oldiga qo'ygan maqsadi hamisha ham real bo'lavermaydi. Masalan, SSRning 1977 yilgi Konstitutsiyasida shunday deyilgan edi: «Sovet davlatining oliy maqsadi - sinfsiz kommunistik jamiyat qurishdan iborat bo'lib, bu jamiyatda ijtimoiy kommunistik o'z-o'zini boshqarish rivoj topadi» (Muqaddima). Davlat o'z maqsadini amalga oshirish uchun tegishli siyosat yurgazadi. Bu siyosat negizida esa mazkur jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy ehtiyojlari yotadi, yani davlat olib boradigan siyosat oqibat-natijada jamiyatning real hayotiga asoslanadi. Davlat siyosatining kuchi - uning adolatliligi va realligidadir. Davlatning siyosatini quyosh nurlariga o'xshatsa bo'ladi. Quyosh o'z atrofiga doimo nur tarqatib turginidek, davlat ham jamiyat va mamlakatning barcha ichki va tashqi muammolari yuzasidan o'z munosabatini, qarashlarini, yondashuvlarini, va eng muhimi, o'zining yaqin va uzoq davrga mo'ljallangan orzu-niyatlarini ifodalab turadi. Chunonchi, tinchliksevarlik yo bosqinchilik Yoki o'z mintaqasida gegemonlik uchun harakatni davlatning siyosatiga misol qilib ko'rsatish mumkin. Davlatning siyosati bilan uning maqsadi bir-biriga bog'liq, biri ikkinchisini to'ldirib turadi. Davlatning umumiy, kelajakka mo'ljallangan siyosati va maqsadidan uning muayyan vazifalari kelib chiqadi. Davlatning vazifalari, uning funksiyalaridan farq qilib, hali bajarilmagan reja, ado etilishi lozim bo'lgan topshiriq, ko'rsatma, navbatdagi ishlar, tadbirlar hisoblanadi. Masalan, O'zR Konstitutsiyasining muqaddimasidagi «fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta'minlash maqsadi»ni ro'yobga chiqarib turish uchun O'zbekiston davlatining tegishli organlari qator tashkiliy-siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirib kelmoqda. Davlat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.22 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.22 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga