Davlat hokimiyatining tuzilishi

Davlat hokimiyatining tuzilishi

O'quvchilarga / Huquq
Davlat hokimiyatining tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Davlat hokimiyatining tuzilishi. Reja: 1. Davlat hokimiyati tushunchasi. 2. Qonun chiqaruvchi hokimiyat 3. Ikki palatalik parlament haqida 4. Oliy Majlis faoliyati Davlat hokimiyati tushunchasi Davlat apparati bir-biri bilan o'zaro boqliq bo'lgan muayyan tuzilmaga birlashgan davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organlarining yiqindisidir. Davlat apparati quyidagi belgilari bilan boshqa tashkilotlardan ajralib turadi: Davlat apparati boshqarish bilan shuqullanuvchi alohida fuqarolar guruhidir; Davlat apparati davlat funkciyalarini bajarishga vakolatli bo'lgan va o'zaro bo'ysunish yoki kelishib olishi asosida boqlangan davlat organlari va muassasalari tizimidir; Davlat apparati xalq irodasini amalga oshirish, o'z vazifasini bajarishi uchun zarur vositalar va qurollarga ega bo'lgan organlardir. O'zbekiston davlat apparati Respublika iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotini boshqaruvchi turli davlat organlaridan iborat bo'lib, ularning o'ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar: birinchidan, davlat apparati organlari xalq manfaati uchun xizmat qiladi, uning irodasini ifoda etadi; ikkinchidan, davlat hokimiyatning barcha organlari davlat nomidan harakat qilib, xalqning davlat hokimiyatini amalga oshiradi; uchinchidan, davlat hokimiyati organlari o'z vazifasini amalga oshirish uchun davlat tomonidan berilgan tegishli vakolatga, huquq va burchlarga ega; to'rtinchidan, davlat organlari qabul qilgan huquqiy aktlar barcha O'zbekiston fuqarolari uchun majburiydir; beshinchidan, davlat organlari ma'lum davlat tomonidan o'rnatilgan tartibda tuziladilar; oltinchidan, davlat organlari ma'lum bir miqdorda o'z ixtiyoridagi moddiy resurslar va har xil muassasalar, tashkilotlar orqali o'z oldida turgan vazifalarini amalga oshiradilar. O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linadi. Hokimiyatning uchala tarmoqi, faqat ular va albatta ularning uchalasi birgalikda yagona davlat hokimiyatini tashkil etadilar. Boshqa bironta organ hokimiyatga da'vogarlik qilolmaydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o'zgartirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to'xtatib qo'yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish konstitusiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo'ladi» deb ko'rsatilgan (7-modda). Qonun chiqaruvchi hokimiyat Qonun chiqaruvchi hokimiyatni - Oliy Majlis amalga oshiradi. Ijro etuvchi hokimiyatni - Vazirlar Maxkamasi, vazirliklar, davlat qo'mitalari, mahalliy hokimiyat organlari amalga oshiradi. Sud hokimiyatni - barcha sud organlari amalga oshiradi. Hozirgi zamon parlamentlari o'zlarining tuzilishlari, vakolatlarining hajmi, ijtimoiy tarkibi, mamlakatlar siyosiy tizimida tutgan o'rni, mavqei bilan bir-birlaridan ajralib turadilar. Ular hatto nomlanishi, deputatlarning soni bilan ham farq qiladilar, Masalan: AQh 535 deputatdan iborat Kongress, Turkiya 550 nafar deputatdan iborat Buyuk Millat Majlisi, hveciyada 349 deputatdan iborat Riksdag, Misrda 454 deputatli Xalq Majlisini misol qilib ko'rsatish mumkin. Ko'rinib turibdi-ki, dunyodagi parlamentlar rang-barang, ammo ular o'z mamlakatlarida muhim ijtimoiy vazifa - qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradilar. O'zbekiston Respublikasi siyosiy-huquqiy amaliyotida ilk bor parlament instituti taraqqiy etgan mamlakatlarning boy tajribasidan unumli foydalanib, Respublika konstitusiyaviy tuzumida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.14 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.14 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga