Davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish fani

Davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish fani

O'quvchilarga / Huquq
Davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish fani - rasmi

Material tavsifi

«Davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish» fanining o'rganish uslublari. Bu fanda ijtimoiy munosabatlarni o'rganishning qator maxsus uslublari mavjud. O'zbekiston Respublikasining mustaqillik sharoitida Respublikadagi iqtisodiyot, sotsial-siyosiy va mafkuraviy sharoitlarni hisobga olgan holda xalq deputatlari Kengashlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqa-rish organlari xususiyatlarini tahlil qilish ana shu uslublarning muhim talablaridan biridir. Bu uslublar quyida-gilardan iborat: 1. «Davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish fanida tadrijiy yondashish uslubi keng qo'llaniladi. Bu uslubda, birinchidan, vakillik organlarini o'zaro aloqada bo'luvchi maxsus ijtimoiy tizim sifatida o'rganadi. Xalq deputatlari Kengashlarining funksiyalari barcha vakillik organlari faoliyati uchun yagona bo'lgan tashkiliy shakllari sistemali yondashish yordamida o'rganilishi lozim. Ikkinchidan, har bir alohida olingan xalq deputatlari Kengashining ichki tuzilishi sistemali yondashish yordamida o'rganiladi. 2. O'zbekistonning mustaqillikka erishishi sharoitida Respublikada tashkil topgan xalq deputatlari Kengashlariga tarixiy yondashish uslubi muhim ahamiyatga ega. Chunki bu Respublikada xalq deputatlari Kengashlarining vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonini ko'rsatib beradi. 3. Xalq deputatlari Kengashlari to'g'risidagi bilim uchun asosiy manbalardan biri huquqiy-me'yoriy hujjatlar bo'lganligi sababli bu fanda me'yoriy-mantiqiy, uslubiy yondashish katta ahamiyat kasb etadi. Bu huquqiy me'yorlarni xalq deputatlari Kengashlari faoliyatiga ta'sir natijalarini belgilash hamda xalq deputatlari Kengashlari to'g'ri-sidagi qonunchilikni takomillashtirish uchun zarur uslub. 4. Muayyan sotsiologik tadqiqotlar uslubi yordamida xalq deputatlari Kengashlari faoliyati to'g'risidagi haqiqiy, to'g'ri ma'lumotlar to'plash imkoniyati yaratiladi. Bu ma'lumotlarni olish uchun savolnoma, so'rovnoma (anketa) tarzida javob olinadi, har xil statistik ma'lumotlarni elektron hisoblash mashinalari yordamida yig'iladi va qayta ishlaniladi. 5. «Davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etish» fanida taqqoslash uslubidan keng foydalaniladi. Birinchidan, O'zbekistonda faoliyat ko'rsatib turgan xalq deputatlari Kengashlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari boshqa vakillik va fuqarolarning o'zini o'zi bosh-qarish organlari bilan taqqoslansa, ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasidagi oliy va mahalliy Kengashlar faoliyatini tashkil etishdagi farqlar va bir-biriga o'xshashliklar taq-qoslanadi. 6. O'zbekiston Respublikasidagi mavjud vakillik organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatining samaradorligini oshirishda, ish faoliyatining yangi shakllarini vujudga keltirish va rivojlantirishda modellashtirish uslubi muhim o'rin tutadi. Yangi organ yoki yangi organ qismi uchun, Kengashlar va hokimliklar faoliyatiga taalluqli huquqiy hujjatlar modellari yaratiladi. 7. O'zbekiston Respublikasidagi mavjud xalq deputatlari Kengashlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tizimida ularning huquqiy holatida birma-bir o'zgartirishlar qilish kerakmi yoki yo'qligini, ular faoliyatiga boshqaruvni va boshqaruv mehnati unsurlarini tatbiq qilish kerakmi yoki yo'qligini aniqlash maqsadida eksperiment o'tkaziladi. Masalan, O'zbekistonda xalq deputatlari Kengashlari rayosatini tuzish, ularning raislarini saylash, Toshkent shahar hokimining Toshkent shahar aholisi tomonidan saylanishi eksperiment tariqasida o'tkazilgan edi. «Davlat hokimiyatining vakillik va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.08 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.08 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga