Davlat mexanizmi

Davlat mexanizmi

O'quvchilarga / Huquq
Davlat mexanizmi - rasmi

Material tavsifi

Davlat mexanizmi Reja Davlat mexanizmi tushunchasi Davlat mexanizmi tarkibi Davlat organi tushunchasi va belgilari Davlat organlari turlari 1.Davlat mexanizmi tushunchasi Davlatga o'z hokimiyatini amalga oshirish imkonini beruvchi tashkiliy-moddiy kuch davlat mexanizmidir. Mexanizm davlatning nimadan tashkil topganligini ko'rsatuvchi tarkibiy va predmetli ifodasidir. Aytish mumkinki, mexanizm davlatning doimiy amal kshgashi, faoliyatining ifodachisidir. Davlat mexanizmi - davlat organlari va muassasalarining davlat hukmini, davlat vazifalari va funksiyalarini amalga oshiruvchi yaxlit ieararxik tizimidir. Keltirilgan tavsif davlat mexanizmiga xos bo'lgan quyidagi xususiyatlarni belgilab olish imkonini beradi. 1. U davlat organlari va muassasalarining yaxlit ierarhik tizimidir. Uning yaxlitligi davlat organlari va muassasalari tamoyillarining, vazifalari va maqsadlarining yagonaligi bilan ta'minlanadi. 2. Davlat xizmatchilari (amaldorlar, bazan boshqaruvchilar, deb yuritiladi) faoliyat ko'rsatayotgan davlat organlari va muassasalari mexanizmning dastlabki tarkibiy qismidir. Davlat organlari subordinatsiya va muvofiqlashtirish asoslari bilan o'zaro bog'liqdir. 3. Davlat hukmining ta'minlanishi uchun u har bir davrning texnik darajasidagi majburlash qurol (muassasa)lariga - qurollangan otryadlar, qamoqxonalar va shu kabilarga ega bo'ladi. Biron bir davlat ularsiz faoliyat yurita olmaydi. 4. Mexanizm yordamida hukmronlik amalga oshiriladi va davlat vazifalari ijro etiladi. Davlatning funksiyalari va vazifalari o'rtasida bevosita va mustahkam aloqa mavjud. Mexanizm davlat funksiyasini bajarish uchun yaratilgan. Davlat organlari va muassasalari uning o'zgaruvchan funksiyalariga moslashishi kerak. Agar jamiyatda sinfiy va milliy ziddiyatlardan kelib chiqadigan vazifalar yetakchilik qila boshlasa, shu bilan bog'liq ravishda davlat mexanizmining zo'rlash, majburlash organlari birinchi o'ringa chiqadi. O'quv adabiyotida davlat «mexanizmi» va «apparati» tushunchalari mohiyati jihatidan bir-biriga yaqin deb tushuntiriladi. «Mexanizm» atamasi faqat apparatning yaxlitligi, uning amaliy faoliyatga yo'naltirilganligi bilan izohlanadi. 2. Davlat mexanizmi tarkibi Davlatning yagona va yaxlit mexanizmi tarkibiy qismlarga - organlar, yordamchi tuzilmalarga ajraladi. Ular o'rtasida o'ziga xos ierarxiya mavjud: davlat mexanizmida turli organlar va yordamchi tizimlar turlicha o'rin egallaydi, ular o'zaro subordinatsiya va muvofiqlashtirishning murakkab munosabatlariga kirishadi. Davlat mexanizmi tarkibi o'zgaruvchan va turlicha, lekin barcha sharoitda uning tarkibiga boshqaruv va majburlash organlari kiradi. Buni davlat mexanizmining bir qismi faqat boshqarish bilan, ikkinchisi faqat majburlash bilan shug'ullanadi, deb tushunmaslik kerak. Amalda boshqaruv va majburlash vazifalari bir-biriga qo'shilib ketadi. Ko'p asrlar va ming yilliklar davomida davlat mexanizmi yaxshi taraqqiy yetmagan, uning organlari tarkibi va vazifalariga ko'ra ajratilmagan edi. Quldorlik, feodalizm davrlarida, kapitalistik davlatning boshlang'ich davrlarida ham davlat mexanizmining asosini harbiy muassasa, ichki ishlar, moliya va tashqi ishlar muassasalari tashkil etar edi. Zamonaviy davlat mexanizmi o'ta murakkabligi, organlari va muassasalarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi, yirik qo'shimcha tizimlarga bo'linadi. Masalan, davlatning oliy organlari: hokimiyat, davlat rahbari, hukumat uning bir qismini tashkil etadi. Ular odatda jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.09 KB
Ko'rishlar soni 311 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.09 KB
Ko'rishlar soni 311 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga