Davlat shakllari

Davlat shakllari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat shakllari - rasmi

Material tavsifi

Davlat shakllari ( boshqaruvi, tuzilish shakli, siyosiy rejimi va funksiyalari). Asosiy so'z va tayanch tushunchalar: Davlat shakli-siyosiy hokimiyatni uyush tirish elementlari, siyosiy rejim-davlat idora usuli, monarxiya unoncha) yakkahokimiyatchilik,dispotiya-cheklanmagan hokimiyat. Davlat funksiyasi,davlat vazifalari, Davlat funksiyalarini tasniflash asoslari (mezonlari) tashqi funksiyalar,ichki funksiyalar, doimiy va muvaqqat funksiyalar, iqtisodiy, mudofaa funksiyalari. Parlament - (ingl.Gapirmoq) - qonun chiqaruvchi oliy vakolatli organ. O'zbekiston Respublikasi parlamenti - bu Oliy Majlisdir. -Prezident - (lot. - oldinda turuvchi) - idora usuli Respublika bo'lgan davlatlarda davlat boshlig'i. Shuningdek, jamoat va ilmiy muassasalar, tashkilotlar va shu kabilarda saylab qo'yiladigan rahbar, rais. -Respublika - (lot. - umumiy ish) - davlatni idora qilish (boshqarish) shakli bo'lib, unda davlatni saylab qo'yilgan kishilar boshqaradi -Unitar - (lot. Uniya - birlik) - yagona. Davlatning tuzilish shakli bo'lib, muayyan ma'muriy hududiy bo'linishga ega bo'ladi. Biroq bu mustaqil hududlar (tumanlar, viloyat, kontonlar) davlat suverenitetiga ega bo'lmaydi. -Federatsiya - (lot. Ittifoq, birlashma) - davlatning tuzilish shakli bo'lib, uning asosi - ikki yoki bir necha mustaqil davlatning bitta ittifoq davlatga birlashishdir. - Konfederatsiya - (lot. - uyushma) - shartnoma asosida qat'iy muayyan maqsadlar yo'lida birlashadi. Syo'zerenitet - frants., bir davlatning ikkinchi davlatga (vasallik)ga nisbatan ustuvorlik huquqi. Anarhiya - hokimiyatsizlik. Despotizm - zolimlik, zulmkorlik. - Antidemokratik rejim - demokratik qoidalarga rioya etmaydi. Reja: 1.Davlat shakllari tushunchasi. Davlatning boshqaruv shakli. 2.Davlat to'zulish shakli. 3. Davlatning siyosiy tartibi. Davlat boshqaruv shakli. Davlat jamiyatining siyosiy, ho'jalik va madaniy hayotga rahbarlik qiluvchi davlat organlariga ega. Masalan; O'zbekistonda Oliy davlat hokimiyat organi Oliy Majlis, mahalliy davlat hokimiyat organlari, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlaridir. Siyosiy ijro etuvchi organ- davlat boshlig'i va vazirlar mahkamasining raisi Prezident, mahalliy ijro etuvchi organ- viloyat, tuman va shahar hokimlaridan iborat. O'zbekiston huquqni muhofaza organlari mavjud. Bu organlarning chiqaorgan normativ va huquqiy hujjatlari jamiyatning barcha a'zolari uchun majburiydir. Davlat huquq va huquqiy normalar qabul qiladi. Bularni bajarish barcha fuqarolar uchun, jamiyatning barcha siyosiy tashkilotlarining a'zolari uchun majburiydir. Har bir davlat hududida milliy davlat tizilining mavjudligi. Masalan; O'zbeksiston Respublikasida davlat tili o'zbek tilidir. Davlat ishlari, barcha jamiyatning siyosiy tashkilotlarida ishlar davlat tilida olib boriladi. Jamiyatning siyosiy, tizimi davlat va jamiyatning siyosiy tashkilotlari tuzilishidan iborat, u orqali kishilar, guruhlar, tabaqalarlar va jamoat birlashmalari manfaatlarini mustahkamlaydi. Jamiyatning siyosiy tizimi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy kuchlari kabi ijtimoiy va milliy tuzilishini mustahkamlaydi. Jumladan O'zbekiston Respublikasi hozirgi bozor iqtisodiy siyosatiga o'tish davrida demokratik huquqiy davlat qurar ekan, iqtisodiy, siyosiy, ma'rifiy va huquqiy sohalarda turli islohotlar o'tkazib, davlat oldida to'rgan ichki va tashqi vazifalarni mustahkamlamohda. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.61 KB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.61 KB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga