Davlat tuzilishi shakli Malumki, har qanday davlat muayyan hududda joylashgan. Uning fuqarolari ham xuddi shu hududda istiqomat qilishadi. O'zining ijtimoiy funksiyalarini bajarish - fuqarolarning iqtisodiy turmushi va himoyasini tashkil etish, sug'o'rta zahiralarini yaratish va hoka'zolar uchun davlat turli xil faoliyatni amalga oshiradi. Ammo aholining soni ancha ko'p, hududiy o'lchami katta bo'lgan sharoitlarda bir markazdan turib bu faoliyatni amalga oshirish - qariyb uddalab bo'lmaydigan vazifadir. Fuqarolar soni va hudud ko'lami muayyan chegaraga etganda mamlakat hududini okruglar, viloyatlar, o'lkalar, shtatlar, kantonlar, guberniyalar, tuman singari hududlarga bo'lish hamda shu hududiy tuzilmalarda hokimiyatning mahalliy (hududiy) organlarini tuzish zarurati tug'iladi. Shu tariqa hokimiyat va boshqaruvning markaziy hamda mahalliy organlari o'rtasida vakolatlarni bo'lish ehtiyoji ham paydo bo'ladi. Bu davlat (hududiy) tuzilishi zaruratini keltirib chiqaradigan birinchi sababdir. Ikkinchi sabab u Yoki bu davlat aholisining ko'p millatliligi bilan bog'liq. Har bir xalq, millatning o'z an'analari, davlatchilik bo'yicha tarixiy tajribasi mavjud, madaniy, til va boshqa ma'naviy ehtiyojlarga ega. Bularning hammasini davlat tuzilishi chog'ida nazarda tutish kerak. Uchinchi sabab subyektiv va hatto tasodifiy omillar - o'zlashtirib olish, mustamlakachilik ta'siri, siyosiy manfaatlar va boshqa ko'pgina holatlardan iborat bo'lishi mumkin. Boshqaruv shakli singari hududiy tuzilish ildizlari ham juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Qadimgi Sharq despotik imperiyalariyoq viloyatlar, shaharlar, satrapiyalar, zabt etilgan hududlarga bo'lingan. Ular o'z hududiy tuzilmalari hamda o'z hokimiyat va boshqaruv organlariga ega bo'lishgan. Albatta, davlat o'z hududiy tuzilmalarining oddiy yig'indisidan iborat emas. Lekin bu tuzilmalarsiz davlat mavjud bo'la olmaydi. Davlatshunos olimlar tomonidan davlat tuzilishi tushunchasiga ko'plab ta'riflar berilgan. Lekin ular bir-birlaridan unchalik katta farq qilmaydi. Ularning qariyb barchasi davlat tuzilishi shakli deganda davlat hokimiyatining ma'muriy-hududiy tashkil etilishi, davlat bilan uni tashkil etuvchi qismlar o'rtasidagi, davlatning alohida qismlari o'rtasidagi, markaziy va mahalliy organlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar xarakterini tushunish kerak, deb hisoblashadi. Tuzilish tarkibiga ko'ra davlatlar oddiy - unitar hamda murakkab - federativ va konfederativ davlatlarga bo'linadi. Davlat tuzilishi shakli nafaqat ommaviy hokimiyat bilan, balki davlatning Yana bir muhim xususiyati - aholining hududiy tashkiloti bilan ham chambarchas bog'liqdir. Unitar (yagona, lot. «unus» - «bir» so'zidan olingan) davlat oddiy tuzilishga ega yahli t davlat bo'lib, to'la siyosiy birligi bilan boshqalardan farq qiladi. Unitar davlatlarning aksariyati muayyan ma'muriy-hududiy bo'linish (tumanlar, viloyatlar, kantonlar)ga ega. Biroq mazkur mustaqil qismlar davlat suvereniteti alomatlariga ega emas. Bunday davlatda oliy organlarning yagona tizimi hamda yagona qonunchilik mavjud bo'ladi. Unitar davlatning yaxshi tomoni shundaki, uning tuzilishi sodda bo'lib, oliy hokimiyat to'laligacha uning tasarrufida bo'ladi. Barcha unitar davlatlarga xos bo'lgan markazlashtirish turli shakllarda va turli darajada namoyon bo'lishi mumkin. Bazi mamlakatlarda ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.73 KB
Ko'rishlar soni
268 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.73 KB
Ko'rishlar soni
268 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:01 ]
Arxiv ichida: doc