Davlat va fuqaroning o'zaro mas'uliyati, Fuqarolik jamiyati va uning tuzilishi

Davlat va fuqaroning o'zaro mas'uliyati, Fuqarolik jamiyati va uning tuzilishi

O'quvchilarga / Huquq
Davlat va fuqaroning o'zaro mas'uliyati, Fuqarolik jamiyati va uning tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Davlat va fuqaroning o'zaro mas'uliyati. Fuqarolik jamiyati va uning tuzilishi Shaxs va jamiyatning o'zaro mas'uliyati - huquqiy davlatning ajralmas belgisidir. Nodemokratik davlatda faqat fuqaroning davlat oldidagi mas'uliyati tan olinadi. U go'yo fuqaroga huquq va erkinlik berayotganday bo'ladi va uning maqomini tayinlaydi. Huquqiy davlatda esa buning aksini ko'ramiz. Bu yerda davlat organlari va mansabdor shaxslar-ning fuqarolar qoshida ularning huquq va erkinliklari uchun masulligi masalasiga etibor qaratiladi. Bu mas'uliyat fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilishida aybdor bo'lgan mansabdor shaxslarning javobgarlikka tortilishini ta'minlaydigan va keskin jazo choralari ko'rilishini ko'zda tutadigan tegishli me'yoriy - huquqiy hujjatlar mavjud bo'lgan sharoitdagana amaliy tus kasb etadi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilmasligining muhim kafolati konstitutsiyaviy qoida bo'lib, unga binoan davlatning hokimiyat tuzilmalari har bir kishiga uning huquq va erkinliklariga bevosita tegishli bo'lgan hujjatlar va materiallar bilan tanishishni ta'minlashga majbur. Huquqiy davlatda har bir fuqaroning o'z huquq va erkinliklarini himoya qilish huquqi tan olinadi. Huquqiy davlat hech kim tomonidan qurilgan emas, lekin muayyan yuridik me'yorlar va siyosiy tuzilmalar yaratilishida ongli xatti-harakatlar sodir etilganini ham inkor etib bo'lmaydi. Bunday davlatlar tarixan siyosiy-dav-latchilik an'analarining sakdanishi tufayli tabiiy ravishda paydo bo'lgan. Antik davrda stoiklar tomonidan shakllantirilgan tabiiy huquq g'oyasidan huquqiy davlat g'oyasi o'sib chiqqani ham tasodifiy emas. Ular tabiiy huquq deganda inson tabiatiga mos bo'lgan va insonni inson qilib turgan huquqlarni nazarda tutar edi. Insonning bu huquqgardan birontasidan mahrum qilinishi uni insonlik maqomidan mahrum qilib, qulga, mahkumga yoki harbiy asirga aylantirib qo'yar edi. Tabiiy huquqdar sirasiga yashash huquqi, xavfsizlik, mulkka egalik, erkin yurish va boshqa shunga o'xshash huquqlar kiradi. «Huquqiy davlat» tushunchasi, «fuqarolik jamiyati» tushunchasi bilan chambarchas bog'langan. Zamonaviy fuqarolik jamiyati tushunchasi bir qancha muhim belgilarning mavjud bo'lishini shart etib qo'yadi. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov o'zining «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid , barqarorlik shartlari va taraqkdyot kafolatlari» kitobida shunday deb takvdlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati bu - insonning o'z-o'zini kamol toptirishiga xalaqit qilmaydigan, balki yordamlashadigan, shaxs manfaatlarini amalga joriy qiladigan, uning huquq va erkinliklarining eng ko'p darajada ta'minlanishiga sharoit tug'diradigan ijtimoiy makondir»74. Fuqarolik jamiyati uchun xarakterli bo'lgan belgilarni qarab chiqsak: birinchidan, fuqarolik jamiyati uchun plyuralizm xosdir. Bu turli siyosiy kuchlar - siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari mavjud bo'ladi, deganidir. Bu kuchlar gorizontal aloqalar, bitimlar, sabr-toqat va o'zaro bir-birini tushunish yo'li bilan o'z maqsadiga etishi lozim. Fuqarolik jamiyatida plyuralizm insonlar orasida qaror topadigan madaniy munosabatlar doirasida va vositasida amalga oshiriladi. Turli ijtimoiy shakl va institutlarning mavjudligi individning barcha ehtiyoji hamda manfaatlarini qondirish va inson mohiyatining barcha qirralarini namoyon qilish imkonini beradi. Ikkinchidan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.57 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.57 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga