Davlat va huquq asoslari

Davlat va huquq asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat va huquq asoslari - rasmi

Material tavsifi

Davlat va huquq asoslari Reja Davlat tushunchasi va mohiyati Davlatning kelib chiqishi va unga doir nazariyalar Davlatning belgilari va huquqiy davlat Davlatning funksiyalari va shakllari Huquq, uning belgilari va manbalari Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik Adabiyotlar. 1.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., O'zbekiston. 2009 2.I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch T. ma'naviyat 2008 y. 3.E.Hayitboev, J.Yoqubov Huquqshunoslik (darslik) T. Yangi asr avlodi 2006 y. 4.O'zR Konstitutsiyasiga sharh.T. O'zbekiston 2008 y. 5.X.Odilqoriev Davlat va huquq nazariyasi (darslik) T. Akademiya 2009 y. Davlat tushunchasining nima ekanligini va uning mohiyatini tushunib etish uchun avvalo bor jamiyat, fuqarolik jamiyati tushunchalarini bilib olish kerak bo'ladi. Demak, jamiyat nima? Bu kishilar majmuasi bo'lib, ular muayyan ehtiyoj va muayyan manfaatlariga ko'ra birlashishligi natijasida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlar maxsulidir. Davlatdagi ijtimoiy - siyosiy munosabatlar qanchalik mukammal bo'lsa, jamiyat va davlatning funksiyalari (vazifalari) shunchalik aniq ajralib turadi. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat uyg'un munosabatga ega. Jamiyat o'zining ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga oid ko'plab muammolarni davlatning yordamisiz (va aralashuvisiz) hal qiladi. Huquqiy davlat jamiyatning o'zi eplaydigan masalalarda fuqarolik jamiyati (va uning ayrim a'zolari)ga vasiylik qilishi shart emas. Fuqarolik jamiyati o'zini o'zi boshqaradi va huquqiy davlat siyosatiga, undagi shuquqiy tizimga hal qiluvchi ta'sir o'tkaza oladi. «Demokratik jamiyat - bu, eng avvalo, fuqarolik jamiyatidir. Chinakam demokratiyaning oliy mazmuni - shaxslararo, millatlararo, davlat va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni uyg'unlashtirishdan iborat. Bunda inson va jamiyat, jami-yat va davlat hokimiyati tinch - totuv yashaydi». Davlat - suverenitetga, boshqaruvning hamda fuqarolar huquq va erkinlik-larini himoya qilishning maxsus apparatiga ega bo'lgan, shuningdek, huquq normalari (qoidalari)ni yaratishga qodir bo'lgan ommaviy hokimiyatning siyosiy - hududiy tashkiloti. Davlat - butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo'lgan, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo'lgan yagona siyosiy tashkilot. Davlat - jamiyat siyosiy tizimining odamlar, guruh, sinf va tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyatini va o'zaro munosabatini tashkil etuvchi, yo'naltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institut. Davlat - hokimiyatning bosh instituti. Hokimiyat davlat orqali o'z siyosatini amalga oshiradi. Davlatning kelib chiqishi to'g'risidagi masala ko'p asrlar davomida ko'plab mutafakkir faylasuflar, yuristlar, tarixchilarni o'ylantirib kelgan. Davlat va huquqning kelib chiqishi haqida turli xil nazariyalar mavjud. Shulardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz. 1. Ilohiy (teologik) nazariya. Bu nazariya asoschilari vakillari davlatning xudo tomonidan yaratilganligini uqtiradilar, «butun hokimiyat xudoniki» degan qoidani ilgari suradilar. Bunazariya qadimda paydo bo'lgan va o'rta asrlarda keng tarqalgan. Ushbu nazariya teokratik, yani davlat boshlig'i ayni paytda uning diniy raxnamosi bo'ladigan davlat qaror topgan davrdagi jarayonlarni aks ettiradi. Sharq davlatlarining «Podshoh xudoning yerdagi soyasi» degan fikri ham buni ifodalaydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.97 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.97 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga