Davlat va huquqning paydo bo'lishi haqidagi dunyoviy ta'limot

Davlat va huquqning paydo bo'lishi haqidagi dunyoviy ta'limot

O'quvchilarga / Huquq
Davlat va huquqning paydo bo'lishi haqidagi dunyoviy ta'limot - rasmi

Material tavsifi

Davlat va huquqning paydo bo'lishi haqidagi dunyoviy ta'limot Davlat va huquqning paydo bo'lishi to'g'risida dunyoda juda ko'p qarashlar, g'oyalar va ta'limotlar borki, ularning hammasi to'g'risida so'z yuritish imkoniyati yo'q. Shu sababdan biz ularni asosan uch guruhga bo'ldik. Birinchisi, dunyoviy bilimlar, ikkinchisi esa diniy va uchinchisi, yaqin o'tmishda sobiq SSRda asosiy, yagona ta'limot hisoblangan marksizm-leninizm ta'limotidir. Dunyoviy bilimlar haqida so'z yuritadigan bo'lsak eng avvalo shuni esda saqlash kerakki, bu yo'nalishdagi g'oyalar, qarashlar ilmiy asosga ega va hayotiydir. Dunyoviy huquqiy bilimlarning o'zi ham turli-tuman maktablar, yo'nalishlarga bo'linadi. Masalan, patriarxal nazariya (Arastu, Forobiy), shartnoma nazariyasi (Jan Jak Russo, Gugo Grotsiy, Spinoza, Lokk va Gobbs), tabiiy huquq nazariyasi (D.Lokk, T.Gobbs, G.Grotsiy, B.Spinoza) va boshqalar. Sobiq ittifoq davrida yozilgan o'quv qo'llanmalarida marksizm-leninizm ta'limotidan tashqari davlat va huquq to'g'risidagi maktablar, qarashlar «burjuacha», «feodallarcha» dunyoqarashga asoslangan va ular to'g'ri emas deya tanqid qilingan. Bugun Mustaqillik sharofati bilan faqat millat, Respublika ozod bo'lib qolmasdan, balki davlat va huquq to'g'risidagi fan ham marksizm-leninizm dogmasidan ozod bo'ldi. endilikda uni barcha boshqa ilg'or mamlakatlar universitetlarida o'rganilayotginidek, biz ham cheklamasdan, turli tomonlarini turli nuqtai nazardan o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldik. Kishilik jamiyati taraqqiyoti turli davrlar va bosqichlarni bosib o'tgan. Forobiy esa insoniyat jamoalarini kichik, o'rta va buyuk jamoalarga bo'ladi. Va davlat, qonun masalalarini ana shu bo'linishda o'rganadi. Forobiy kichik, yani bir shahar markazini tashkil etgan odamlar baxtli hayot kechiradigan jamoa, davlatning ideal ma'rifatli jamoa va davlat ekanligi to'g'risida yozadi. Davlat va huquqning kelib chiqishi to'g'risidagi nazariya-lar orasida yetakchi o'rinni egallaydigan nazariya tabiiy huquq, nazariyasidir. Uning tarafdorlari g'arbiy Ovrupo olimlari D.Lokk, T.Gobbs, G.Grotsiy, B.Spinoza va boshqalardir. Bizning fikrimizcha, tabiiy huquq nazariyasi tarafdorlari qatoriga patriarxal nazariya asoschilari - Arastu, Forobiylar; shartnoma nazariyasi asoschilari - J.J. Russo va boshqalar ham kiradilar. Chunki shartnoma asosida Yoki oilalarning rivojlanishi va ittifoqi asosida davlatning, huquqning kelib chiqishining etirof etilishi tabiiy qonunlarning birlamchiligini tan olishdan boshqa narsa emasdir. Tabiiy huquq nazariyasi tarafdorlari ikki huquqning mavjudligini: tabiiy huquq va insoniy Yoki kitoblarda pozitiv huquq deb yuritiladigan huquqning mavjudligini etirof etadilar. Tabiiy huquq asos, boshqacha qilib aytganda, birlamchi hisoblanadi. U inson tafakkuridan tashqarida abadiy mavjud bo'ladi. Inson huquqlari, yani davlatlarda o'rnatilgan huquqlar ana shu tabiiy huquqlardan kelib chiqqan bo'lishi kerak deb hisoblanadi. Tabiiy huquqning o'zi qanday huquq? Birinchidan, abadiy; ikkinchidan, inson huquqidan ustun turadi va uchinchidan, inson hayotida, barcha mavjudotlar hayotida hal qiluvchi kuchga egadir. Bizning fikrimizcha, teologik, yani diniy ta'limotlarda barcha olamning egasi Olloh deyilginidek, tabiiy huquq ham tabiat va jamiyat taraqqiyotini belgilab berishda tanhodir. Shu manoda ular bir-biriga yaqin tushunchalardir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.95 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.95 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga