Davlatning asosiy tiplari

Davlatning asosiy tiplari

O'quvchilarga / Huquq
Davlatning asosiy tiplari - rasmi

Material tavsifi

Davlatning asosiy tiplari Huquqshunoslik fanida asosan to'rt tipdagi davlat -quldorlik, feodal, kapitalistik va sotsialistik davlatlar tahlil etilgan. Avval qayd etib o'tginimizdek, tom manodagi quldorlik va feodal davlatlar faqat Ovrupoda bo'lgan. Jahonning qolgan qismida - Osiyo, Afrika, Amerika qitalaridagi davlatlar ulardan jiddiy farq qilardi. Bunday holat g'arbning (klassik) davlatlaridan farqlanuvchi «sharq» tipiga mansub davlatlar mavjudligi haqida gapirish imkonini beradi. O'ylaymizki, bahsimizni shu tipni ta'riflashdan boshlash maqbuldir. Bunda, loaqal, bu davlatlar insoniyat tamadduni tarzida birinchi bo'lib paydo bo'lganligi etiborga olingan bo'lardi. Shunday qilib, eng dastlabki davlatlar sug'oriladigan dehqonchilik hududlari (Misr, elam, Hindiston va Xitoy)da bundan besh ming yillar muqaddam vujudga keldi. Sugorish shoxobchalarini bunyod etish bilan mehnat unumdorligining keskin oshishi ularning yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining bunday tabiati jamoalarning saqlanib qolishini taqozo etardi: bir oilaning o'zi suv inshootlarini qurish va ulardan foydalanishning uddasidan chiqolmasdi. Shuning uchun u erlarda xususiy mulk paydo bo'lmadi, sinflar - ishlab chiqarish vositalariga egalik qiluvchi mulkdorlar yuzaga kelmadi. Davlatning tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan jamiyat paydo bo'ldi: eng yuqorida yagona hukmdor (podshoh, firavn, shoh, xon va hokazo), quyiroqda - uning eng yaqin safdoshlari, maslahatchilari davrasi (vazirlar, amirlar) turardi. Ulardan keyin quyi martabali amaldorlar, piramidaning asosini esa, qishloq xo'jalik jamoalari tashkil etardi. Ana shu jamoalar ijtimoiy mahsulotning katta qismini davlat mahkamalariga soliq tarzida to'lab, ekspluatatsiya obyektiga aylangandi. Albatta, sharqiy jamiyatda xususiy mulk mutlaqo bo'lmagan deyish mumkin emas. Yo'q, bunday mulk bo'lgan va u podshohlarning saroylari, qullari, javohirotlari tarzida mavjud edi. Sarmoya va moddiy boyliklar savdogarlar hamda hunarmandlarning bir qismida ham bor edi. Biroq, shunga qaramay, sharq jamiyatida xususiy mulk ijtimoiy ishlab chiqarishda muhim rol o'ynamagan. Ijtimoiy boylikning asosiy hissasi erkin jamoachilar Yoki davlat va ibodatxonalar mulki bo'lgan qullar mehnati bilan bunyod etilardi. etibor bering-a, qullar faqat davlat va ibodatxonalar mulki bo'lgan. Shu tariqa yagona davlat mulki bo'lgan - davlat oliy hukmdor timsolida jonlijonsiz hamma narsaga, shu jumladan, o'zining eng yaqin kishilarigacha barcha fuqarolarning ham hayoti, ham mulkiga egalik qilardi. Ayni paytda Sharq jamiyati barqaror tabiatga ega bo'lib, tub o'zgarishlarga uchramasdi. Chunonchi, Qadimgi Misr davlati eramizdan avvalgi IV-II ming yilliklarda paydo bo'lib, o'ttiz asrdan ko'proq yashadi. Qariyb ellik asr davomida yashab kelgan Xitoy davlati deyarli XIX asr oxirlarigacha jiddiy o'zgarishlarga duch kelmagan. Ilgari takidlaginimizdek, g'arb mamlakatlari (g'arb jamiyatlari ham) Sharq davlatlaridan ancha keyin paydo bo'lgan, biroq ular ancha tez rivojlangan. Aynan Ovrupada ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar (va davlat tiplari) almashinuvi ancha tez yuz berdi: quldorlik feodalizm bilan, u esa, o'z navbatida kapitalizm bilan almashdi. Shunday qilib, bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.53 KB
Ko'rishlar soni 270 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.53 KB
Ko'rishlar soni 270 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga