Davlatning kelib chiqishi mohiyati, belgilari, shakllari Reja: 1. Davlat va huquq fanining predmeti va vazifalari. 2. Fuqarolik jamiyati va davlat tushunchasi. 3. Davlatning kelib shiqishi, unga doir nazariyalar. 4. Davlatning belgilari, shakllari va funksiyalari. 5. Huquqiy davlat tushunchasi. Tayanch iboralar; Davlat, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat, davlatning belgilari, davlatning shakllari, davlatning funksiyalari, davlat mexanizmi, davlatning kelib chiqishiga oid nazariyalar. Davlat va huquq nazariyasining predmeti va metodlari. Davlat va huquq nazariyasi - davlat va huquqqa tegishli bilimlar tizimidir. Uning predmeti davlat va huquqqa tegishli hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va o'zgarishi to'g'risidagi qonuniyatlarni o'rganishdir. Davlat va huquq nazariyasining ob'yektini o'rganish ibtidoiy jamoa tuzumining inqirozga yuz tutishi jarayonlarini tahlil etish hamda davlat va huquq to'g'risidagi hodisalarning vujudga kelishidan boshlanadi, so'ngra davlat va huquq asosisda yotuvchi mukammalroq munosabatlar o'rganiladi. Davlat va huquq nazariyasining universal metodlari - bu tarixiylik va mantiqiylik prinsiplaridir. Ushbu prinsiplarning uyg'unlikda amalga oshirilishi davlat va huquqqa oid hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va o'zgarishiga doir jarayonlarni asl holda aks ettirishni talab qiladi. Davlat va huquq nazariyasining xususiy ilmiy metodlari: 1) Sotsiologik usul - so'rovnoma, kuzatishlar olib borish orqali hodisa va jarayon o'rganiladi. 2) Statistik usul - statistik( hisob-kitob) ma'lumot asosida o'rganiladi. 3) Kibernetik usul - matematik-modellashtirish, algoritmlar, kompьyuterdan foydalanib o'rganiladi. 4) Qiyosiy-huquqiy usul-qiyoslash, solishtirish orqali o'rganiladi. 5) Rasmiy-yuridik usul-yuridik tushunchalarga ta'rif va tasnif beriladi, sharhlanadi. Fuqarolik jamiyati va davlat tushunchasi. Fuqarolik jamiyati - haqiqiy fuqarolardan, ya'ni uzviy bog'liqlikda bo'lgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir. Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan, balki uning a'zolari bo'lmish fuqarolarning o'zlari orqali saqlab turiladigan va qat'iy tartib qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat o'zini o'zi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli ta'siri talab etilmaydi. Davlat bunday jamiyatning nazoratida bo'lishi kerak, chunki davlat - fuqarolik jamiyatning yollanma xizmatkori. Zero, u fuqarolar, korxona va muassasalardan olinadigan soliqlar hisobiga mavjud bo'ladi. Mazkur jamiyat nafaqat o'zining siyosiy, madaniy hayotini, balki iqtisodiy, ijtimoiy hayotini ham boshqarib turadi. Hamma jamiyatni ham fuqarolik jamiyati deb bo'lmaydi. Fuqarolik jamiyati ancha yuksak darajadagi ijtimoiy rivojlanish ko'rsatkichidir. I.A.Karimov ta'biri bilan aytganda, davlat boshqa narsa, fuqarolar jamiyati boshqa narsa. Bunday jamiyatda davlat tashkilotlaridan ko'ra jamoat tashkilotlarining qadri balandroq turadi. Bizning asosiy maqsadimiz - bir kishi yoki jamoat tashkilotlarining fikri davlat tuzilmalarining fikridan ustunroq bo'ladigan fuqarolar jamiyati qurishdan iborat.(Karimov I.A. Bunyodkorlik yo'lidan. T. 4.Toshkent, 1996, 90- bet.) Ma'lumki, davlat, huquq va jamiyat bir- biriga bog'liq tushunchalardir. Bularning ichida jamiyat eng keng ma'noga ega tushuncha. Davlat hokimiyatning ichida mavjud ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.42 KB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.42 KB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: docx