Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari

Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari. O'zbekiston Respublikasining asosiy qonuni Konstitutsiyada nafaqat O'zbekiston fuqarolarining huquqlari va erkinliklari ularning konstitutsiyaviy burchlari ham belgilab qo'yilgan. Burch bu - bajarilishi,ado etilishi majburiy bo'lgan vazifadir,ya'ni fuqarolarning burchi deganda qonun hujjatlarida belgilangan fuqarolar bajarishi shart bolgan talablar tushuniladi. Har bir inson o'z vazifasini ,o'z mas'uliyatini bajarishda aql - zakovat , tafakkur bilan ish ko'rishi lozim.Jamiyatda kishilarning axloq odobi belgilab beradigan burchlar tabiiy burchlar deb ataladi. Burchni buzish turli javobgarliklarga tortish va jazolashga sabab boMadi. Fuqarolarning jamiyat va davlat oldidagi vazifalari, konstitutsiyada yozilgan burchlari konstitutsiyaviy burchlar deb ataladi. O'zbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy burchlari konstitutsiyamizning 9-bob 47-52 moddalarida ko'rsatilgan bo'lib ular quyidagilardan iborat. Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish Boshqa kishilarning huquqlari,erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish . O'zbekiston xalqini tarixiy, ma'naviy va madaniy me'rosiniavaylab asrash. Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boyish. Qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig'irnlarni to'lash. O'zbekiston Respublikasini himoya qilish. Qonunga belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni to'lash. O'zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan har bir fuqaro o'z oldidagi burchlarini halol va vijdonan bajarsa biz haqiqiy demokratik, huquqiy davlatni va odil, fuqarolik jamiyatini barpo eta olamiz. «Demokratik jamiyat qurish, demokratik tamoyillarni to'la qaror toptirish uchun, eng avvalo mo'tabar zaminda tavallud va tarbiya topgan shaxs, o'zini aynan shu yurt farzandi deb bilguvchi inson ,o'z davlati ,o' z xalqi oldidagi,uni katta umidlar bilan tarbiya qilgan, voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etishi kerak» deya takidlagan edi Prezidentimiz. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish davlat fuqarolarining eng asosiy burchidir .Har bir davlatda chinakkam demokratik qonunlarga ega bo'lishning ovzi kifoya qilmaydi.Birinchi navbatda barcha fuqarolarning ularga qat'iy og'ishmay rioya etishlariga erishmoq zarur.Qonun hamma narsadan ustun turmog'i va hamma uchun majburiy bo'lmogi lozim. Konstitutsiya va qonunlarda jamiyat va davlatning ijtimoiy - siyosiy asoslari, mamlakatdagi qonuniy tartibot ,ijtimoiy munosabatlarning butun tizimi o'z ifodasini topgan.SHu sababli, ularga bar bir fuqaro qat'iy rioya etishga majbur.Bu qoidalarni buzish awalambor fuqaroning o'ziga ,davlatga,jamiyatga zarar yetkazadi. Ayni majhalda Konstitutsiyada o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirayotganda fuqarolar boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr qimmatini hurmat qilishlari lozimligi alohida ta'kidlanadi. O'zbek xalqi azaldan juda boy tarixiy,ma'naviy va madaniy me'rosga egadir.SHu sababli Konstitutsiyada «Fuqarolar CTzbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdir» deb belgilangan. CTzbekiston xalqlarining tarixiy yodgorliklari, madaniy va ma'naviy merosi butun xalqning milliy boyligidir.Asrlar davomida yaratilgan milliy boyliklarimizni ayrim davrlarda toMa saqlash va asrab avaylash imkoniyati bovlmadi.Ayniqsa,sobiq shoVolar davrida xalqimizni juda ko'p tarixiy , madaniy va ma'naviy meroslari talon - taroj qilingan , boshqa davlatlarga olib ketilgan, ko'pchilik qismi esa yo'q ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.28 KB
Ko'rishlar soni 385 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.28 KB
Ko'rishlar soni 385 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga