Fuqarolik huquqi

Fuqarolik huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik huquqi - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik huquqi asoslari Reja: 1. Fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari va tizimi. 2. Fuqarolarning huquq layoqati va muomala layoqati. 3. Yuridik shaxslar, ularning turlari. 4. Mulk huquqi, vorislik huquqi va mualliflik huquqi. Tayanch iboralar: Fuqarolik huquqi tushunchasi, fuqarolik huquqiy munosabatlar, huquqiy layoqat, muomala layoqati, jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, bitimlar, mulk huquqi, vorislik huquqi, mualliflik huquqi. Fuqarolik huquqi tushunchasi. Fuqarolik huquqi-huquqiy munosabatlar subyektlari o'rtasida tenglik, xohish-iroda muxtoriyligi va mulkiy mustaqillik asoslarida yuzaga keladigan mulkiy munosabatlar hamda ular bilan bog'liq bo'lgan yohud bog'liq bo'lmagan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolik huquqi-insonning kundalik hayoti va faoliyati bilan chambarchas bog'liq bo'lgan huquq sohalaridan biridir. U fuqaroga mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlar sohasida katta huquqlar beradi va bu huquqlarni boshqa fuqarolar tomonidan buzilishidan muhofaza qiladi. Har bir fuqaro qonunga binoan xususiy mulkka ega bo'lish, mulkni meros qilib olish va vasiyat qilib qoldirish, ijodiy faoliyati va hoka'zolar bilan bog'liq ravishda vujudga keladigan huquqlarni qo'lga kiritishga haqlidir. Fuqarolik huquqining predmeti - huquq subyektining muayyan bir mol-mulkka aloqasi mohiyatini aniqlovchi, ashyoning (mulkning) bir xil shaxslardan boshqalarga o'tishini tartibga soluvchi, fuqarolik-huquqiy shartnomalarini tuzish va ular bo'yicha olingan majburiyatlarni bajarish qoidalarini belgilovchi, shuningdek, yetkazilgan mulkiy va ma'naviy zararni qoplash tartibini ko'rsatib beruvchi ijtimoiy munosabatlarning keng doirasidan iborat. Fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar: 1. Mulkiy munosabatlar. Mulkning muayyan shaxslarga tegishliligi yoki mulkning bir shaxsdan boshqasiga o'tishi yoxud ishlarni bajarish, xizmat ko'rsatish bilan bog'liq munosabatlar. 2. Shaxsiy huquqiy munosabatlar. Nomulkiy xarakterga ega bo'lgan, mulk, qiymat, ekvivalent bilan bog'liq bo'lmagan, shaxslardan boshqa shaxslarga o'tkazib va berib bo'lmaydigan munosabatlar. Mulkiy munosabatlar mol-mulkning muayyan shaxslarga tegishli ekanligi, mol-mulkning bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o'tishi bilan bog'liq bo'ladi. Mulkiy munosabatlarning birinchi guruhiga mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi munosabatlar kiradi. Mulkiy munosabatlarning ikkinchi guruhiga, avvalo, ko'pdan ko'p shartnoma munosabatlari ( mol yetkazib berish shartnomasi, pudrat shartnomasi, yuklarni tashish shartnomasi munosabatlari) kiradi. Biroq bu munosabatlar shartnoma asosida paydo bo'lmasligi ham mumkin. Xususan, yetkazilgan zararning o'rnini qoplashda, asossiz ravishda qo'lga kiritilgan yoki saqlangan mol-mulkni qaytarib berishda, meros mulkning merosxo'rga o'tishida shunday bo'ladi. Ishtirokchilari subyektiv huquq va majburiyatlar sohiblari bo'lgan hamda fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarga fuqarolik-huquqiy munosabatlar deyiladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari o'rtasidagi nizolar xo'jalik sudi yoxud hakamlik sudi tomonidan da'vogarlik tartibida hal etiladi, bunda fuqarolik prosessual qonunlar belgilangan alohida qoidalarga rioya qilinadi. Qonunda maxsus ko'zda tutilgan hollarda fuqarolik huquqlarini himoya qilish ma'muriy tartibda amalga oshiriladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarining asosiy xususiyati uning ishtirokchilarining yuridik tengligidan iborat. Fuqarolik-huquqiy munosabat tarkibi quyidagilardan iborat: a) huquqiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.14 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.14 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga