Fuqarolik jamiyati tushunchasi va uni shakllantirish yo'llari

Fuqarolik jamiyati tushunchasi va uni shakllantirish yo'llari

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik jamiyati tushunchasi va uni shakllantirish yo'llari - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik jamiyati tushunchasi va uni shakllantirish yo'llari Fuqarolik jamiyati huquqiy davlatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy poydevori hisoblanadi. O'z vaqtida Sen-Simon, jamiyatning ikkita: anarxiya va mustabidlikdan iborat dushmanlari bor, deb takidlagan edi. O'rganish va ta'riflab berishda Gegel katta rol o'ynagan fuqarolik jamiyati, uning tabiricha, ijtimoiy aloqalarning shunday yetukligi sifatida maydonga chiqadiki, mazkur har ikki chegara (anarxiya va mustabidlik) amalda istisno etiladi. Uning fuqarolik jamiyati tahlilida ikki asosiy tamoyil yotadi, yani individlar faqat o'zlarining xususiy manfaatlarini ko'zlaydilar va ular o'rtasida har biri har biriga bog'liq bo'lgan ijtimoiy aloqa vujudga keladi. Boshqacha aytganda, Gegel fuqarolik jamiyati deganda, aslida burjua munosabatlarining iqtisodiy tarkibini tushunardi. Bu tushunarli. Zero, «fuqarolik jamiyati» so'z birikmasi nemis tilida ikki xil manoni bildiradi: Burger -ham fuqaro, ham burjua degani. Xususiy mulkchilikning ijtimoiy tartiboti sifatida maydonga chiqar ekan, fuqarolik jamiyati zarurati raqobat va ma'muriy hokimiyat tomonidan boshkdrib bo'lmaydigan boshqa jarayonlar orqali o'ziga yo'l ochuvchi bozor munosabatlari tizimidan iborat. Inson ijodiy imkoniyatlarini faol namoyon qilishni ko'zda tutuvchi munosabatlar tarkib topgavda, shaxs erkinligi sharpasi jism va qonga ega bo'lganda fuqarolik jamiyati bo'lishi mumkin. Bu yerda shu narsa ravshanki, «jamiyat» va «fuqarolik jamiyati» tushunchalari o'rtasiga tenglik belgisini qo'yib bo'lmaydi. «Fuqarolik» sifatlovchisi, o'zining shartligiga qaramay, boy mazmunga ega. Ushbu atama manosi olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Biroq, fuqarolar istiqomat qiluvchi har qanday jamiyat ham fuqarolik jamiyati deb atalmasligi hammaga ravshan. Zotan huquq amal qiladigan har qanday davlat ham huquqiy bo'lavermaydi. Misol uchun, sobiq Sho'ro jamiyati hech qachon fuqarolik jamiyati bo'lmagan, shuningdek, hech qachon huquqiy davlat ham bo'la olmagan. Shunisi qiziqki, ko'p vaqtlardan malum bo'lgan fuqarolik jamiyati tushunchasi sobiq sho'rolar makonida huquqshunos olimlar uchun nisbatan yangi va bo'sh ishlangan mavzu bo'lib qolgandi. Shuning uchun ham ushbu g'oyaning o'zi ijtimoiy ongamizda juda kam tarqalgan. Huquqiy davlat g'oyasi ancha ko'proq qaror topgan. Agar huquqiy davlat konsepsiyasi rasmiy ravishda 80-yillar o'rtalarida paydo bo'lgan, to'g'rirog'i, olg'a surilgan va sobiq Ittifoq olimlari va siyosatdonlari tomonidan faol muhokama etilgan bo'lsa, fuqarolik jamiyati to'g'risida jumladan, bizning Respublikamizda ham yaqindagana gapiriladigan bo'lindi. Ushbu tushunchaning O'zbekiston Respublikasi yangi Konstitutsiyasida o'z aksini topmagani bunga misol bo'la oladi. Hatto unda mazkur atamaning o'zi yo'q. Vaholanki, uning ko'pgana unsurlari (xususiy mulk, bozor munosabatlari, siyosiy plyu-ralizm, aybsizlik prezumpsiyasi, shaxsiy manfaatlarning davlat manfaatlaridan ustunligi kabi tushunchalar) Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining biron-bir asari yo'qki, unda «fuqarolik jamiyati» atamasi tilga olinmagan bo'lsin. Ayniqsa, bu uning Respublikamizdagi iqti-sodiy islohotlarga bagashlangan fundamental asariga ko'proq taalluklidir. Uning dastlabki sahifalarini ochganda quyidagalarga ko'zimiz tushadi: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo'naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.16 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.16 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga