Hozirgi zamon huquqiy tizimlari va oilalari

Hozirgi zamon huquqiy tizimlari va oilalari

O'quvchilarga / Huquq
Hozirgi zamon huquqiy tizimlari va oilalari - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi zamon huquqiy tizimlari va oilalari Reja Jahon huquqiyiy tizimi tushunchasi Yuridik tipologaya va tasniflash Roman-german huquq oilasi Angliya-Amerika huquqiy tizimlari (umumiy huquq oilasi) Lotin Amerikasi huquqiy tizimlari Skandinaviya mamlakatlari huquqiy tizimlari Musulmon mamlakatlari huquqiy tizimlari (islom huquqi) Hindiston huquqiy tizimi (hindu huquqi) Afrika mamlakatlari huquqiy tizimlari 1. Jahon huquqiy tizimi tushunchasi Jahon huquqiy madaniyati - insoniyat tarixida to'plangan huquqiy qadriyatlarning majmuidir. Har bir mamlakat jahon huquqiy madaniyatiga muayyan hissa qo'shgan. Jahon huquqiy madaniyati - umuminsoniy va milliy huquqiy g'oyalar, kechinmalar, ta'limotlarni o'zida mujassamlashtiradi. Har bir milliy huquqiy tizim jahon huquqiy madaniyatining tarkibiy qismidir. Shu bois jahon huquqiy xaritasini hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlari orqali ta'riflash mumkin. Ammo, dunyodagi 200 ga yaqin milliy huquqiy tizimlarning barchasini ko'rib chiqishning imkoni ham yo'q, kerak ham emas. Shuning uchun yuridik tipologaya masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. XXI asr bo'sag'asida milliy huquqiy tizimlarning soni deyarli uch barobarga ko'paydi va hozirda ularning soni 200 taga yaqinlashdi. Albatta, gap milliy huquqiy tizimlarning soni va ularning xilma-xilligada emas. Bunda yuridik tipologaya dunyo huquqiy xaritasini ko'p jihatdan har tomonlama tahlil qilishning dastlabki zaruriy shartidir. Yuridik tipologayaning asosiy obyekti quyidagi tushunchalardir: «dunyo huquqiy xaritasi», «huquqning tarixiy tipi», «huquqiy tizim oilasi», «milliy huquqiy tizim». Huquqiy tizim deganda, tor manoda «milliy huquqiy tizim» deb ataladigan malum davlatning huquqi tushuniladi. Bunda «huquqiy tizim» tushunchasi «huquq tizimi» tushunchasining sinonimi emas, chunki keyingisi obyektiv va subyektiv omillar bilan belgilanadigan, huquq sohalarining tuzilishi, o'zaro aloqasi va munosabatini ochib beradigan institutsional tushunchadir. Huquqiy tizim huquq tizimga nisbatan keng tushuncha. U huquqning institutsional tuzilishi (huquq tizimi) bilan birga, jamiyat huquqiy hayotining boshqa qator tarkibiy qismlarini ham o'z ichiga oladi. Ularni tahlil qilish huquqiy rivojlanishning faqat bir institutsional tuzilish bilan ochib bo'lmaydigan tomonlarini va jihatlarini ochish imkonini beradi. «Huquqiy tizim» tushunchasida «huquq tizimi»dan farqli o'laroq, huquq sohalarining ichki kelishuvchanligi aks ettirilibgina qolmasdan, balki ularning muxtorligi mustaqil huquqiy tuzilmalar sifatida aks ettiriladi. Keng manoda ishlatiladigan «huquqiy tizim» tushunchasi qiyosiy huquqshunoslik bilan uzviy bog'liq. Bu yerda atamalar ancha xilma-xildir. Masalan, R.David «huquqiy tizimlar oilasi», K-O.Ebert va M.Reynstayn «huquqiy do-iralar», I.Sabo «huquqiy tizimlar shakli», S.S.Alekseev «tuzilmaviy umumiylik» atamalarini ishlatadi. eng ko'p tarqalgani «huquqiy oila» atamasidir. «Huquqiy oila» tushunchasi o'zaro o'xshash yuridik belgilarga ega bo'lgan huquq tizimlarining nisbatan birligini angaatish uchun xizmat qiladi va aytib o'tilgan tizimlarning muayyan tarixiy rivojlanishi xususiyatlarini, yani tuzilishi, huquq manbalari, etakchi huquq institutlari va sohalari, huquqiy madaniyati, an'anasi kabilarni aks ettiradi. U, eng avvalo, «huquqning tarixiy tipi» tushunchasiga nisbatan ikkilamchi, yordamchi hisoblanadi, huquq shaklining nisbatan mustaqilligani, huquqning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.42 KB
Ko'rishlar soni 375 marta
Ko'chirishlar soni 72 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.42 KB
Ko'rishlar soni 375 marta
Ko'chirishlar soni 72 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga