Huquq tushunchasi va uning belgilari

Huquq tushunchasi va uning belgilari

O'quvchilarga / Huquq
Huquq tushunchasi va uning belgilari - rasmi

Material tavsifi

Huquq tushunchasi, belgilari Reja Huquqning tushunchasi va mohiyati Huquqni tushunishning umumiy masalalari Huquq to'g'risidagi nazariyalar Huquq prinsiplarining tushunchasi va mohiyati 1. Huquqning tushunchasi va mohiyati Huquq iborasi kundalik hayotimizda ko'p qo'llaniladigan tushuncha bo'lib, haq, haqiqat so'zlaridan olingan. Huquq hozirgi kunda quyidagi manolarda qo'llaniladi: birinchidan, muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqi. Masalan, fuqaro Ahmedovning ilm olish huquqi. Ikkinchidan, huquq hamma uchun majburiy bo'lgan, davlat tomonidan o'rnatilgan va bajarilishi ta'minlangan, muhofaza qilinadigan qoidalar, me'yorlar majmuidir. Masalan, Fuqarolik kodeksi - mulkiy va shaxsiy xususiyatga ega nomulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi davlat tomonidan belgilangan, umummajburiy qoida, me'yorlar majmuidir. Uchinchidan, huquq - ijtimoiy fan sohalaridan birining nomi bilan bo'lib, davlat va huquq haqidagi ilmlarni o'zida mujassamlashtiradi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq, fani, fuqarolik huquqi fani, jinoiy huquq fani. Aflotun va Arastu fanga siyosiy huquq tushunchasini kiritgan va uni tabiiy hamda shartli huquqlarga ajratgan. Siyosiy huquq - tabiiy huquq va shartli (insonlar xohish-irodasi bilan o'rnatiladigan) huquq qismlaridan iborat. Tabiiy huquq tan olish yohud tan olmaslikdan qati nazar hamma joyda bir xil ahamiyatga ega bo'lgan qoidalardir. Shartli huquq - insonlar tomonidan ularning xohish-irodasiga ko'ra o'rnatilgan qoidalar majmuidir. N.Kant huquqni qati imperativ deb ataydi va uni insoniy holatlarga ham tarixiy davrlarga ham, tajribalarga ham bog'liq bo'lmay mutlaqlik xususiyatiga ega deb hisoblagan. Kantning qati imperativ shunday xatti-harakat qilginki, sening xatti-harakat qoidalaring barcha uchun umumiy bo'lmay qolmasin, degan talabga asoslanadi. Inson qatiy imperativga amal qilishda erkin bo'lgandagina huquq haqida so'z yuritish mumkin deb hisoblaydi Kant. Qatiy imperativ asosda birovning boshqalarga nisbatan zo'rovonlik qilishini cheklaydigan normalar huquqni tashkil etadi. Tabiiy qonunlar asosida birovning boshqalarga nisbatan zo'ravonlik qilishini cheklovchi normalar majmuasi huquq deyiladi. Kantning fikricha, huquq tabiiy, isbot talab qilmaydigan qoidalar majmuidir, ikkinchidan, huquq qonun sohibi erki-irodasini ifodalovchi ijobiy qoidalar yig'indisidir, uchinchidan, huquq - adolatni amalga oshirish qoidalaridir. Qadimgi Rim mutafakkirlari huquqni yaxshilik, halol yashash, har kimga o'ziga munosibini berish, o'zgalarga zarar etkazmaslik, ezgulik va adolat san'atidir, deb ta'riflaydi. Sharq mutafakkiri, qomusiy olim Abu Nasr al-Forobiy huquqni fozil kishilarning haqiqiy baxtga erishish vositasi deb tushungan. Huquq, uning fikricha, mamlakatda tinchlikni ta'minlash, xavfsizlikni tamin etish, taraqqiyotga shart-sharoit yaratish, ijodiy mehnatga imkon yaratish vositasidir. Huquq - ehtiroslarni jilovlash vositasidir. Huquq - insonni asrash, avaylash qurolidir. Yuridik adabiyotlarda huquqqa turlicha ta'rif berilgan: «Huquq - bu davlat tomonidan o'rnatiladigan yoki maqullanadigan va qo'riqlanadigan, hamma uchun majburiy bo'lgan yashash qoidalaridir. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyatordir»1. Ikkinchi fikr: «Huquq - ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi va qonunlarda ifodalangan adolat va erkinlik g'oyalariga tayanuvchi normativ qoidalar tizimi», - deb ta'riflaydi2. Uchinchi fikr: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.52 KB
Ko'rishlar soni 232 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.52 KB
Ko'rishlar soni 232 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga