Huquqiy atamalar izohi va tayanch tushunchalar Ajrim - prosessual akt. Jinoyat, Fuqarolik yoki xo'jalik ishi bo'yicha, shuningdek, kassatsiya yoki nazorat bosqichida chiqariladigan, ishning mohiyatini hal qilmaydigan, ya'ni hukm yoki qarorni o'zgarishsiz qoldirish, unga o'zgartirishlar kiritish, bekor qilish singarilar bo'yicha qaror. Ayblanuvchi - qonunda belgilangan tartibda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi haqida qaror chiqarilgan shaxs. U sudda sudlanuvchi deb, hukm chiqarilgandan keyin esa, mahkum yoki oqlangan deb ataladi. Ayblov - jinoyat prosessida vakolatli organlar va shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs aybdorligini isbotlashdan iborat faoliyati. Uning uch turi mavjud: davlat ayblovi, jinoyat ayblovi va xususiy ayblov. Aybsizlik- prezumpsiyasi - jinoyat prosessi huquqida ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning aybi dalillar asosida to'liq isbotlanmaguncha uning aybsiz ekanligini e'tirof etish. Alibi - ayblanuvchi yoki ayblanuvchi deb gumon qilingan shaxsning jinoyat sodir bo'lgan paytda boshqa joyda bo'lish holati. Amnistiya - jinoyat sodir qilgan shaxslarni javobgarlikdan to'liq yoki qisman jazodan ozod qilish, ilgari sud tomonidan belgilangan jazoni o'tab bo'lgan shaxslardan sudlanganlikni olib tashlash. U normativ xususiyatga ega, ya'ni amnistiya akti bilan belgilangan talablarga javob beradigan barcha shaxslarga nisbatan qo'llaniladi. Apellyatsiya - bir qancha xorijiy mamlakatlar huquqida hali qonun kuchiga kirmagan sud hukmlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish. Apellyatsiya sudi ishdagi mavjud isbotlarni taftish etib, yangi isbotlarni ko'rib chiqadi, hukmni tasdiqlaydi yoki yangi hukm chiqaradi. Avf etish - jazodan ozod qilishning bir turi. O'zbekiston Konstitutsiyasiga ko'ra, bunday huquq O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga berilgan. Axloq tuzatish koloniyalari - O'zbekiston Respublikasida axloq tuzatish muassasasining turlaridan biri. U jinoyat-ijroiya kodeksiga muvofiq voyaga yetgan sudlanganlarning ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tashlari uchun mo'ljallangan. Ular manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarga bo'linadi. Aqliy zaiflik - intellektdagi kamchilik. U ikki xil bo'ladi: tug'ma va orttirilgan. Aqliy norasolik - shaxsning surunkali ruhiy hastaligi. Ruhiy faoliyatning vaqtincha buzilishi, aqliy zaiflashuv yoki biron-bir kasallik oqibatida o'z xatti-harakatlaridan o'ziga hisob berishga yoki o'z xatti-harakatlarini boshqarishga layoqatsizligi. Maxsus tibbiy ekspertizasi tomonidan aqli norasoligi aniqlangan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Bir taraflama bitim - FKning 102-moddasiga muvofiq, bitim tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga ko'ra, bir tarafning xohishi zarur va yetarli bo'lsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanadi. Bir taraflama bitim uni tuzgan shaxs uchun burchlarni keltirib chiqaradi. Bir umrga ozodlikdan mahrum etish - jinoiy jazo turi. Faqat hayotga suiqasd qiluvchi o'ta og'ir jinoyat uchun belgilangan o'lim jazosiga muqobil chora sifatida nazarda tutiladi va sud so'nggi jazo chorasini qo'llamaslik mumkin deb hisoblangan hollarda belgilanadi. O'zbekistonda 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab o'lim jazosining bekor qilinishi bilan jazo chorasi sifatida qo'llanishi nazarda tutilmoqda. Bitim ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.17 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.17 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: docx