Huquqiy ongning tuzilishi

Huquqiy ongning tuzilishi

O'quvchilarga / Huquq
Huquqiy ongning tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Huquqiy ongning tuzilishi Murakkab ruhiy hodisa bo'lgan huquqiy ong ikki qismga: huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatga ajratiladi. Shu birliklarning har qaysisida huquqiy hodisalar o'ziga xos aksini topadi. Masalan, ulardan birida, huquqiy hodisalar ilmiy-tushunib etilgan mafkura ko'rinishida aks etsa, ikkinchisida esa, huquqiy hodisaning tarkibiy qismlari, xilma-xil his qilish va holatlar shaqlida namoyon bo'ladi. Huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatlarning o'ziga xosligi ulardagi mavjud umumiylikni va o'zaro ta'sirni mutlaqo inkor etmaydi. Chunki ular bir-birlari bilan chambarchas bog'langandir. Ularning biri ikkinchisini to'ldiradi, biri ikkinchisidan kelib chiqadi, shu tariqa huquqiy voqelik to'g'risida ilmiy asoslangan, hissiy tushunib etilgan, murakkab yo'lni o'tgan tushunchani hosil qiladi. Huquqiy ong ruhiy tarkibining boyligi, uning odamlar xulq-atvoriga, ularning huquqqa munosabatiga ta'siri unga o'ziga xos kuch bag'ishlaydi. Huquqiy mafkura - har xil huquqiy hodisalar haqidagi nuqtai nazar, tushuncha, g'oya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgan tizimidan iboratdir. Huquqiy ongning huquqiy mafkura qismida aksini topgan huquqiy hodisalar huquqqa bag'ishlangan maxsus nazariy izlanishlarda o'z rivojini topib, ilmiy darajada anglab etiladi. Bunday ilmiy asarlarning mazmuni odamlar ma'naviy mulkiga aylanib, ularning ongiga aniq huquqiy bilimlar-ni, mulohazalarni, e'tiqod va kayfiyatni olib kiradi. Insonning ongida huquqni bilib olish jarayoni, yuqorida zikr qilginimizdek yoki shunga yaqinroq tarzda kechadi. Odamning huquqiy ong jarayonini bilib olish vazifasi tufayli huquqni so'llashda, sud ishlarida, qonuniylik va qonun to'g'risida axborot olinadi. Shunday axborotlar asosida huquqiy madaniyat darajasi ko'tariladi, odamning huquqiy bilimi rivojlanadi va teranlashadi. Insonning huquqiy fel-atvori qandayligi, pirovardida uning huquqiy madaniyati da-rajasiga, huquqiy bilimining kengligi va teranligiga bog'liqdir. Huquqiy mafkura - shaxsning huquqiy ongini ilmiy asosda shakllantira borib, huquqqa, odamning huquqqa bo'lgan munosabatiga hal qiluvchi ta'sir qiladi. Huquqiy ruhiyat - ong doirasidagi huquqiy hodisalar bilan bog'liq holda, ongda yuzaga keladigan va unga singib ketgan his, kechinmalar sohasini ifodalaydi. Huquqiy ruhiyat - huquqiy hodisalarni hissiyot bilan tiklash sohasidir. Odam hissiz, o'z-o'zidan o'ylamasdan fikr qiladigan mashina emas - u, nafaqat fikr qiladigan, balki sezadigan tirik zotdir. Shuning uchun, u ijtimoiy hodisalarni, jumladan huquqiy hodisalarni ham, nafaqat aql bilan, balki sezgi bilan ham tushunib etadi. Huquqiy hodisalarni tushunib etish jarayoni odamning ishtirokisiz rivojlana olmaydi, shu sababli unda tabiiy tarzda g'oyaviy va hissiy jarayonlar qo'shilib, chatishib ketadi. Misol uchun, loyihalanayotgan qonun mazmuni bilan oddiy tanishib chiqish, unda har xil hayajonlanishni (shodlanish va qanoatlanishdan, anglashilmovchilik va achinishgacha, chuqur xafa bo'lishgacha) keltirib chiqaradi yoki to'lqinlanishga olib keladi. Odam o'zining ruhiy holatiga ko'ra huquqni oyoq osti qilish, noqonuniylik, zulm va inson erkin i kamsitish bilan bog'liq bo'lgan salbiy huquqiy voqeliklarga befarq, loqayd qola olmaydi. Uning huquqiy kechinmalari va kayfiyati g'azab, qahr va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.86 KB
Ko'rishlar soni 190 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.86 KB
Ko'rishlar soni 190 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga