Huquqiy tartibga solish mexanizmi. Huquqiy tartibga solish tushunchasi Kishilik jamiyati o'zining muayyan darajada batartibligi, tashkillashganligi va uyushganligi bilan tavsiflanadi. Turli-tuman ijtimoiy munosabatlarning majmui bo'lmish jamiyat keng ko'lamda normativ tartibga soluvchi vositalarga muhtojlik sezadi. Normativ tartibga solish zaruriyati ijtimoiy guruhlar ehtiyoj va manfaatlarining xilma-xilligi hamda ularni kelishtirish, muvofiklashtirish lozimligidan kelib chiqadi. Jamiyat o'z rivojlanishining butun mobaynida kishilar xulq-atvorini tartibga soluvchi, me'yorlovchi usul va vositalar tizimini shakllantiradi. Ijtimoiy tartibga soluvchi vositalar sirasida, avvalo, ijtimoiy normalar muhim o'rin tutadi. Ijtimoiy normalar - axloq normalari, odat normalari, huquq normalari, an'analar, jamoat birlashmalarining normalari, diniy normalar kabi turlarga ajraladi. Ular turli ijtimoiy-siyosiy guruhlar hamda qatlamlar tomonidan vujudga keltiriladi. Xususan, davlat o'z funksiyalarini bajarish va maqsadlariga erishish uchun huquq normalarini yaratadi. Davlat huquq normalari yordamida ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Huquqiy tartibga solish ehtiyoji obyektiv zaruriyatdir. Zero, muntazam maromlilik va batartiblik har qanday ishlab chiqarish usulining tatabi bo'lib, u shu tufayli ijtimoiy barqarorlik hamda mustaqillikka ega bo'ladi. Qatiy tartib iqtisodiy rivojlanishni tasodifyaardan va beboshliklardan saqlab turadi. Bunday tartibni davlatning majburlov kuchiga tayanuvchi huquqqina ta'minlay oladi. Huquqiy normalarda ijtimoiy munosabat ishtirokchilari faoliyatining andozasi (modeli), kishilar yurish-turishi, xatti-harakatining algoritmi, taraflarning huquq va majburiyatlari me'yori aks ettiriladi. Huquq insonlar xatti-harakatini subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar shaklida me'yorlash orqali ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Huquq normalari jamiyat hayotining asosiy jabhalarini normativ tarzda tartibga solib turadi. Huquqiy normalarning ijtimoiy munosabatlarga ta'siri, ularni tartib-ga solishi huquqni amalga oshirish jarayonining bevosita natijasidir. Mazkur qoidani teranroq anglab etish uchun «huquqiy ta'sir etish» va «huquqiy tartibga solish» iboralarining manosini tahlil qilish lozim. «Ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta'sir etish» iborasi anchagana keng tushuncha bo'lib, o'z mazmuniga jamiyat hayotiga huquq ta'sirining barcha yo'nalishlari va shakllarini qamrab oladi. Huquqning bunday ta'siri - normativ (umummajburiy) regulyatorlik, mafkuraviy va tarbiyaviy omil shakllarida, shuningdek huquqiy prinsiplarni hayotga singdirish tarzida va boshqa ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Huquq ishlab chiqarish munosabatlariga va ularga asoslangan boshqa munosabatlarga ta'sir etib, ularni mustahkamlaydi, qo'riqlaydi va rivojlantiradi. Huquqiy ta'sir etish natijasida ilg'or va ijobiy ijtimoiy munosabatlar huquqiy himoya qilinadi hamda takomillashtiriladi. Jamiyat man-faatlariga mos kelmaydigan yoxud eskirgan munosabatlar esa ijtimoiy turmushdan siqib chiqariladi. Shuni nazarda tutish joizki, huquqning o'zi bevosita ijtimoiy munosabatlar tizimini yaratishi, o'zgartirishi hamda rivojlantirishi mumkin emas. Huquq ushbu munosa-batlar ishtirokchilarining ongiga ta'sir etish orqali, shuningdek qatiy harakat qoidalarini o'rnatib, ularni tartibga soladi. Ijtimoiy munosabat (shu jumladan, huquqiy munosabat) qatnashchilari ongli va irodaviy harakatlarni sodir etadilar. Shu bois mazkur munosabatlarga huquqiy ta'sir etish, ularni yo'lga solib turish mumkin bo'ladi. Huquqiy tartibga solish huquqiy ta'sir etishning nisbatan mustaqil va ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.18 KB
Ko'rishlar soni
511 marta
Ko'chirishlar soni
76 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.18 KB
Ko'rishlar soni
511 marta
Ko'chirishlar soni
76 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:16 ]
Arxiv ichida: doc