Huquqning shakllari (manbalari) Reja Huquqning manbalari (shakllari) tushunchasi Huquqiy odat Huquqiy pretsedent Normativ-huquqiy aktlar Normativ shartnomalar 1. Huquqning manbalari (shakllari) tushunchasi Yuridik adabiyotlarda etirof etilishicha, huquqning manbai deganda umumiy manoda huquqning ifoda etilish shakli tushuniladi. Huquq tushunchasida maxsus huquqiy mazmunnigina emas, balki uning mavjud bo'lishining ichki shaklini ham tushunmoq lozim. Huquqning manbalari (shakllari) tushuncha sifatida huquqning davlat bilan bog'liqligini bevosita ifodalaydi. Agar huquqning mazmuni bo'lib umumiy yurish-turish qoidalari yig'indisi hisoblansa, uning ichki shakli har bir alohida huquq normasining tashkil topish usullari va barcha huquq normalarining bir tizimga birlashishidir, uning tashqi shakli yoki huquqning manbai esa, davlat erkini o'ziga xos hujjatlashtirish, shakllantirish usullari yig'indisidir. Huquqning manbai tushunchasini uni tashqi ifodalash shakli nuqtai nazaridan tahlil qilganda, normalar hokimiyat tepasida turgan, xalqning, biror-bir sinfning yoki guruhning manfaatlarini ifodalovchi malum bir siyosiy kuchning erkin qonun darajasiga ko'tarilgan ifodasidir. Davlat hokimiyatini tashkil qiladigan va huquqni yaratadigan kuch sifatida maydonga chiqadigan jamiyatning moddiy shart-sharoiti, moddiy manoda huquqning manbai tushunchasini anglatadi. Shakl doimo mazmunga ega bo'lishi kerak, agar u mazmunga ega bo'lmasa, o'z qadr-qimmatini yo'qotadi. Bizni birinchi o'rinda huquqning manbai sifatida shaqlan huquqiy odat, huquqiy pretsedent, normativ-huquqiy akt, normativ shartnomalar qiziqtiradi. Yuridik adabiyotlarda keltirib o'tilishicha, huquqning shakllari quyidagi o'ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi: u fuqarolar erkini normativ mustahkamlashi zarur; mavjud ijtimoiy-iqtisodiy bazis bilan belgilanadi; xalqning manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy hokimiyatni ta'minlashi zarur; manfaatlarni ifodalashning eng demokratik shakli sifatida qonunlar ahamiyatini tasdiqlashi kerak. 2. Huquqiy odat Tarixan huquqning dastlabki manbai (shakli) bo'lib huquqiy odat hisoblanadi. Huquqiy odat - uzoq davr mobaynida amalda bo'lish natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan yurish-turish qoidasidir. Har qanday odat ham huquqiy odatga aylana olmaydi, balki malum bir guruh, sinf yoki butun jamiyatning manfaatlariga javob bera oladigan va davlat tomonidan sanksiyalangan odatgina huquqiy odat bo'lishi mumkin. Huquqning manbalari tizimida huquqiy odatning roli va o'rni turli davlatlarda turlicha bo'lgan. Hozirgi davrda huquqiy odatning roli va ahamiyati uncha katta emas va u kamdan-kam holatlardagina qo'llaniladi. Quyidagi huquqiy yodgorliklarni huquqiy odatga misol tariqasida keltirib o'tish mumkin: Hammurapi qonunlari, Manu qonunlari, XII jadval qonunlari va boshqalar. 3. Huquqiy pretsedent Huquqiy pretsedent - lot. praecedens - «avvalgisi, oldingisi» manosini anglatadi. Sud yoki ma'muriy organning yozma yoki og'zaki qarori, kelgusida barcha shunga o'xshash ishlarni ko'rib chiqish va hal qilish uchun asos bo'ladigan namuna, etalon, norma sifatida qabul qilinsa, u pretsedent bo'ladi. Shunday qilib, malum bir ish bo'yicha qabul qilingan qaror huquqiy norma sifatida tan olinadi. Huquqiy pretsedent umumiy (anglo-sakson) huquqiy tizimi amalda bo'lgan davlatlar - Angliya, ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.91 KB
Ko'rishlar soni
299 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.91 KB
Ko'rishlar soni
299 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: doc