Iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy asoslari

Iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy asoslari Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari ichida iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar muhim rol egallaydi. Bular inson hayotining eng muhim jabhalarida, jumladan, mulkdor bo'lish, mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanish, dam olish, ijtimoiy ta'minot olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish va ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat, yutuklaridan foydalanish huquqlaridir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida, ya'ni Xar bir shaxs mulkdor bo'lishga xaqli. Bankga qo'yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi deb belgilangan. Mulk huquqi har kimning o'ziga tegishli mol-mulk o'z hohishiga ko'ra, o'z manfaatini ko'zlab egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishni anglatadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi hamda yer va boshqa tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish zarur. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyannig 55-moddasida ko'rsatilganidek, ular davlat muhofazasidadir. Sobiq Ittifoq davrida davlat monopoliyasi hukmron bo'lgan barcha moddiy va nomoddiy ne'matlar xalq mulki deb hisoblangan, aslida esa uning egasi davlat edi. Usha davrda xom ashyo tarqatish, ishlab chiqarish jabhalari hammasi davlat tomonidan rejalashtirilgan. Shu rejalar asosida moddiy boyliklar iqtisodiy va madaniy rivojlanishni har bir korxona uchun davlat rejalashtirib bergan. O'sha davrda shaxslar xususiy tadbirkorlik bilan shug'ullanishi umuman man etilgan edi. Chunki, bu sotsialistik ishlab chiqarish prinsiplariga to'g'ri kelmas edi. Konstitutsiyada fuqarolarning shaxsiy mulklarining obyekti deb ularning mehnat jamg'armalari, turar joylari, uy-ruzg'or buyumlari, yordamchi xo'jalik asbob-uskunalari va shaxsiy buyumlari tan olinar edi. Mulk huquqiga oid konstitutsiyaviy normalarni rivojlanishi uchun va uning huquqiy mexanizmini yaratishga dior bir qancha qonunlar qabul qilindi Mulkchilik to'g'risidagi, Fuqarolik kodeksi, Ijara to'g'risidagi, Valutani tartibga solish to'g'risidagi, Qimmatli qog'ozlar va fond birja lari to'g'risidagi Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolati to'g'risidagi Erkin iqtisodiy zonalar to'g'risidagi va boshqalar shular jumlasidandir. O'zbekiston Respublikasida ayni vaqtda mulkning xususiy va ommaviy (davlat) shakllari mavjud va bular bir xilda kafolatlanadi. O'zbekiston Respublikasida barcha mulkdorlarning huquq va erkinliklari himoya etiladi. Mulkning barcha shakllari daxlsiz va qonun bilan qo'riqlanadi. O'zbekiston Respublikasida jamg'arma, omonatlar barcha tijorat banklari tomonidan qabul qilinishi mumkin. O'zbekiston Respublikasida bank omonatchilari bo'lib, O'zbekiston Respublika fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar hisoblanadi. Bank omonatining sir tutilishi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlanganidek, insonlarning iqtisodiy huquqlari sirasiga kiradi. Bank tomonidan omonat sirlari saqlashga oid munosabatlar O'zbekiston Respublikasini Bank va bank faoliyati to'g'risidagi qonun bilan tartibga solinadi. Fuqarolarning mulklari davlat ehtiyojlari uchun, faqatgina qonunda belgilangan asoslarda va tartibda barcha xarajatlarini koplash sharti bilan olinishi mumkin. Mulkdor fakat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.73 KB
Ko'rishlar soni 187 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.73 KB
Ko'rishlar soni 187 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga