Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risida xalqaro pakt

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risida xalqaro pakt

O'quvchilarga / Huquq
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risida xalqaro pakt - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt 1966 yil 19 dekabr Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar, Birlashgan Millatlar tashkilotining Nizomida elon qilingan tamoyillarga muvofiq, insoniyat oilasining hamma a'zolariga xos bo'lgan qadr-qimmat hamda teng va buzilmas huquqlarini tan olish tamoyillari ozodlik, adolat va yalpi tinchlikning negizi ekanligini etiborga olib, ushbu huquqlar inson shaxsiga xos qadr-qimmatdan kelib chiqishini etirof etib, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq qo'rquv va muhtojlikdan holi bo'lgan ozod inson shaxsining ideali har bir kishi o'z fuqarolik va siyosiy huquqlaridan, shuningdek o'z iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlaridan foydalanishi mumkin bo'lgan sharoit yaratilgandagina ruyobga chiqishini etirof etib, Birlashgan Millatlar tashkilotining Nizomiga ko'ra davlatlar inson huquqlari va erkinliklariga umum rioya etishi hamda hurmat qilishini rag'batlantirishi shart ekanligini etiborga olib, har bir alohida inson boshqa odamlar va o'zi mansub jamoaga nisbatan majburiyati bo'lgani holda mazkur Paktda tan olinayotgan huquqlarni rag'batlantirish va ularga rioya etishga erishishi lozimligini etiborga olib, quyidagi moddalar borasida kelishib oldilar: I QISM 1 -modda 1. Barcha xalqlap o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga egadir. Ushbu huquq orqali ular o'z siyosiy maqomini va o'z iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotini erkin holda ta'minlaydi. 2. Barcha xalqlar o'z maqsadlariga erishmoq uchun o'z tabiiy boyliklari va resurslariga egalik qiladi, bunda o'zaro foyda tamoyiliga asoslangan xalqaro iqtisodiy hamkorlik va xalqaro huquqdan kelib chiqadigan biror-bir majburiyatga zarar etmasligi lozim. Hech bir xalq o'ziga tegishli bo'lgan tirikchilik vositalaridan hech qachon mahrum qilinmasligi shart. 3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi barcha davlatlar, shu jumladan o'z-o'zini boshqara olmayotgan va vasiy bo'lgan hududlarni boshqarish uchun javob beruvchi davlatlar Birlashgan Millatlar tashkilotining Nizomi qoidalariga muvofiq o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini amalga oshirishni rag'batlantirishlari va bu huquqni hurmat qilishlari lozim. II QISM 2-modda 1. Ushbu Paktda qatnashuvchi har bir davlat yakka tartibda va xalqaro yordam va hamkorlik tartibida, jumladan, iqtisod va texnika sohalarida mazkur Paktda etirof etilgan huquqlarning asta-sekin to'liq ro'yobga chiqishini ta'minlash uchun barcha zarur usullar bilan, jumladan qonuniy choralar ko'rish orqali mavjud resurslarning iloji boricha keng doirasida tadbirlar ko'rish majburiyatini oladi. 2. Ushbu Paktda qatnashuvchi davlatlar mazkur Paktda elon qilingan huquqlarni biror-bir kamsitishsiz, yani irqi, tana rangi, jinsi, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, nasl-nasabi yoki boshqa holatlardan qatiy nazar kafolatlash majburiyatini oladilar. 3. Rivojlanayotgan mamlakatlar inson huquqlari va o'z xalqi xo'jaligini zarur tarzda hisobga olgan holda o'z mamlakatlari fuqarolari bo'lmagan shaxslarga mazkur Paktda etirof etilayotgan iqtisodiy huquqlar uchun qay darajada kafolat berishlarini o'zlari belgilashlari mumkin. 3-modda Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur Paktda ko'rib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.29 KB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.29 KB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga