Jinoyat huquqi asoslari Reja: 1. Jinoyat huquqi tushunchasi, vazifalari va tamoyillari. 2. Jinoiy javobgarlik, jinoyatchilik tushunchasi. 3. Jinoyatning tarkibiy unsurlari. 4. Jazo tushunchasi, jazo turlari,jinoiy javobgarlikdan va jinoiy jazodan ozod qilish asoslari. Tayanch iboralar: Jinoyat huquqi, jinoyat belgilari, jinoyat tarkibi, jinoyat unsurlari, jinoiy javobgarlik, jinoiy jazo. Jinoyat huquqi tushunchasi. Jinoyat huquqi - qilmishning jinoiyligini va jazolanishni belgilovchi normalarni, jinoiy javobgarlik asoslarini, jazo tizimini, ularni tayinlash tartibi va shartlarini, shuningdek, jinoiy javobgarlikdan va jazolanishdan ozod qilish asoslarini aks ettiruvchi huquq tarmog'idir. Jinoyat huquqi deganda hozirgi vaqtda jamiyatda qabul qilingan me'yorlarni qo'pol ravishda buzganligi uchun fuqarolarni jazolovshi (qoralovchi) huquq tushuniladi. Jinoyat huquqi boshqa huquq sohalaridan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi: Birinchidan: jinoyat sodir etilishi munosabati bilan vujudga kelgan jinoiy-huquqiy munosabatlarda, bir tomondan, jamiyat,davlat, ikkinchi tomondan esa jinoyat sodir etgan shaxs subyekt bo'ladi; Ikkinchidan, jinoiy-huquqiy norma bilan belgilab qo'yilgan ta'qiqlarni buzganlik uchun, odatda, sud davlat nomidan qo'llaydigan jinoiy jazo beriladi. Jinoyat huquqi jinoyat-huquqiy munosabatlar doirasida vujudga keladigan ijtimoiy aloqalarni tartibga soladi. Jinoyat huquqiy munosabatlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, u faqat jinoyat qonunni buzgan fuqarolar bilan davlat o'rtasida yuzaga keladi. Jinoyat huquqi predmeti. Jinoyat alomatlarini aks ettiruvchi ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat huquqining predmetini tashkil etadi. Bu ijtimoiy xavfli qilmishlarga quyidagilar kiradi: - shaxsga qarshi jinoyatlar; - jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar; - iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar; - jinoyat qonuni bilan ta'qiqlangan huquqqa xilof ijtimoiy xavfli qilmishlar. Jinoyat huquqining vazifalari: 1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumini saqlash va himoya qilish. 2. Shaxs, uning huquq va erkinliklarini, jamoat tartibi va ijtimoiy xavfsizlikni muhofaza etish. 3. Jinoiy tajovuzlardan fuqarolar hayoti va sog'ligini saqlash. 4. Insoniyatning tinchligi va xavfsizligini ta'minlash. 5. Jinoyatlarning oldini olish. 6. Fuqarolarni O'zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalash. Jinoyat huquqining funksiyalari: 1. Himoyalovchi funksiya. 2. Oldini oluvchi funksiya (preventiv). 3. Tarbiyaviy (axloq tuzatish) funksiya. 4. Rag'batlantiruvchi funksiya. Jinoyat huquqining tamoyillari: 1. Qonuniylik tamoyili. 2. Fuqarolarning qonun oldida tengligi tamoyili. 3. Demokratizm tamoyili. 4. Insonparvarlik tamoyili. 5. Odillik tamoyili. 6. Ayb uchun javobgarlik tamoyili. 7. Javobgarlikning muqarrarligi tamoyili. Jinoyat huquqi huquqning bir qancha boshqa sohalari, jumladan, jinoyat-prosessual huquqi, axloq tuzatish, mehnat huquqi, ma'muriy huquq bilan uzviy bog'liqdir. Jinoyat qonunlari. O'zbekiston Respublikasining jinoyat qonunlari Jinoyat Kodeksi hamda ayrim jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunlardan iboratdir. Jinoyat kodeksi ko'p qirrali qonun bo'lib, unda jinoyat huquqining barcha masalalari tartibga solingan. Moddada jinoyatning alomatlari ko'rsatiladigan qismi dispozitsiya deb, ja'zolar ko'rsatiladigan qismi esa sanksiya deb yuritiladi. Dispozitsiyalar tavsifiy, oddiy, blanketiy, daliliy bo'ladi. Jinoyatni eng muhim belgilarining keng tavsifi berilgan ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.28 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.28 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: docx