MAXSUS QISM JINOYAT ISHINI QO'ZG'ATISH Jinoyat ishini qo'zg'atish majburiyati. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat sodir etilganligi to'g'risida sabab va yetarli asoslar mavjud bo'lgan barcha hollarda jinoyat ishini qo'zg'atishi shart. Jinoyat ishini qo'zg'atish sabablari va asoslari. Jinoyat ishini qo'zg'atish uchun: Shaxslarning arizalari; Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar; Ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar; Jinoyat sodir etilganligini ko'rsatuvchi ma'lumotlar va izlarni surishtiruv organi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning bevosita o'zi aniqlashi; Aybini bo'yniga olish haqidagi arz sabab bo'ladi. Jinoyat belgilari mavjudligini ko'rsatuvchi ma'lumotlar jinoyat ishini qo'zg'atish uchun asos bo'ladi. Jinoyat ishini anonim xabarlarga asosan qo'zg'atishga yo'l qo'ymasligi. Jinoyat haqidagi imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma shaxs nomidan yozilgan xat, ariza yoki boshqa anonim xabarlar jinoyat ishini qo'zg'atish uchun sabab bo'la olmaydi. Shaxslarning arizalari. Shaxslarning jinoyat to'g'risidagi arizalari yozma yoki og'zaki bo'lishi mumkin. Yozma ariza arz qiluvchi shaxs tomonidan imzolangan bo'lishi lozim. Og'zaki ariza bayonnomada qayd etiladi. Bayonnomada arz qiluvchi, uning yashash va ishlash joyi, shuningdek shaxsiy hujjatlari to'g'risida ma'lumotlar aks ettirilishi lozim. Basharti arz qiluvchi hujjat ko'rsata olmasa, uning shaxsi to'g'risidagi ma'lumotlarni boshqa yo'llar bilan tekshirish chorasi ko'rilishi kerak. Arz qiluvchi jionyat to'g'risida bila turib yolg'on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiriladi va bu xususda bayonnomada qayd qilinib, uning imzosi bilan taqsimlanadi. So'ngra bayonnomada jinoyat sodir etish holatlari xususidagi ma'lumotlar arz qiluvchi nomidan, iloji boricha so'zma-so'z aks ettiriladi. Bayonnomani arz qiluvchi va arizani qabul qilgan mansabdor shaxs imzolaydilar. Jinoyat ishini qo'zg'atishga ushbu Kodeksning 113-moddasida nazarda tutilgan aybini bo'yniga olish to'g'risidagi arz sabab bo'lsa, bila turib yolg'on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to'g'risida ogohlantirilmasligini mustasno etganda, unga shaxslarning arizalarini qabul qilish va rasmiylashtirish to'g'rsagi ushbu moddada nazarda tutilgan barcha qoidalar taaluqlidir. Jabrlanuvchining shikoyatiga asosan jinoyat ishi qo'zg'atish. Aybni og'irlashtirmaydigan holatlarda nomusga tekkanlik va jinsiy ehtiyojni zo'rlik bilan g'ayritabiiy usulda qondirganlik to'g'risidagi jinoyat ishi aybdorni javobgarlikka tortishni so'rab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosidagina qo'zg'atiladi. Jabrlanuvchi nochor ahvolda bo'lganligi tufayli, ayblanuvchiga qaram bo'lganligi yoki boshqa sabablarga ko'ra huquqini va qonuniy manfaatlarini shaxsan o'zi himoya qila olmaydigan favqulodda hollarda prokuror jabrlanuvchining arizasisiz ham jinoyat ishini qo'zg'atishi shart. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar jinoyat to'g'risida bergan xabarlar xizmat xati yoki tasdqilangan telefonogramma, telegramma yoxud radiogramma shaklida bo'lishi lozim. Xabar yuboruvchi sodir etilgan jinoyatga oid holatlarni tasdiqlovchi o'z istiyoridagi hujjatlarni xabarga ilova qilib yuborishi mumkin. Ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar Muayyan jinoyat to'g'risida matbuot, radio va televideniya, hujjatli ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
45.13 KB
Ko'rishlar soni
251 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
45.13 KB
Ko'rishlar soni
251 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: docx