Jinoyat obyekti

Jinoyat obyekti

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat obyekti - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat obyekti 1. Jinoyatning obyekti tushunchasi Jinoyatning obyekti jinoyat tarkibining elemenentlaridan biridir. Har qanday jinoyat shubhasiz u yoki bu obyektni tajovo'z qilish bilan sodir etiladi. Shuning uchun jinoyat obyektini to'g'ri aniqlash jinoyat-ning huquqiy mohiyatini aniqlash, eng asosiysi, jinoyat obyektiga yetkazilgan zararga qarab, qilmishni to'g'ri kvalifikatsiya qilish imkonini beradi. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning obyekti deganda, ji-noyat qonuni bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan har qanday ijtimoiy munosabat jinoyatning umumiy obyekti hisoblanadi. Masalan, Jinoyat kodeksi 2-moddasida:Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovo'zlardan qo'riqlashdan iboratdir, -deyilgan. Shuni ta'kidlash lozimki, O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni tomonidan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar jinoyatning umumiy obyekti hisoblanadi. Ammo har qanday ijtimoiy munosabatlar ham jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan obyekt bo'la bermaydi, ba'zi ijtimoiy munosa-batlar boshqa huquqiy normalar bilan qo'riqlanadi. Masalan, qarz beruvchi bilan qarzdor o'rtasida da'volar fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi. Jinoyat obyektini aniqlash orqali aybdor qanday jinoyat (o'g'ri-lik, nomusga tegish, haqorat qilish va hoka'zolar)ni sodir etganligini aniqlashimiz mumkin. Jinoyat obyekti har bir jinoyat tarkibining zaruriy elementidir. Jinoyat qonuni bilan qo'riqlanmaydigan obyektga qarshi qaratilgan harakat jinoyat hisoblanmaydi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, ayrim hollardagina Jinoyat kodeksining moddalarida jinoyatning obyekti to'g'ridan to'g'ri ko'rsa-tilgan bo'ladi. Qolgan barcha hollarda jinoyat obyekti Jinoyat kodeksi Maxsus qismining aniq bir moddasida nazarda tutilgan qilmishning jinoyat tarkibi uning joylanishi bo'yicha tahlil etib aniqlanadi. Ijtimoiy munosabatlar insonlar o'rtasidagi hayotiy faoliyat jarayonida vujudga keladigan ma'lum aloqalardir. Ma'lumki, har qanday ijtimoiy muno-sabat tarkibiga albatta, uning subyektlari kiradi. Shuning uchun ijtimoiy munosabatlarning subyekti har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs (davlat, birlashma, jamoa va boshqalar) bo'lishi mumkin. Har qanday ijtimoiy munosabatning zaruriy elementi uning predmetidir. Aybdor jinoyat predmetiga ta'sir etish bilan Jinoyat kodeksi bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadi. Masalan, o'zganing mulkini o'zlashtirishda aybdor shaxs mulkiy munosabat-larga ta'sir etib, jinoyat predmeti hisoblangan pul, qimmatbaho buyumlar yoki boshqa narsalarni talon-taroj qiladi. Jinoyat predmeti jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan obyekt-ning ijtimoiy xavfli harakat to'g'ridan to'g'ri ta'sir qiladigan elementidir. Jinoyatning obyekti va predmeti aynan bir xil bo'lmaydi. Biroq shuni hisobga olish kerakki, predmet har doim ham jinoyatning doimiy belgisi bo'lib hisoblanmaydi. Jinoyat kodeksida shunday jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik ko'zda tutilganki, ularning pred-metini ko'rsatish qiyin, chunki predmet deyilganda moddiy (ko'z bilan ko'riladigan, o'lchovi, sifati va o'ziga xos belgilariga ega bo'lgan) narsani tushunamiz. Jinoyat predmetini to'g'ri aniqlash jinoyatni tasniflashda, uni boshqa o'xshash jinoyat tarkibining belgilaridan ajratish, jazoni og'irlashtiruvchi holatlarda mavjudligini aniqlash va kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega. Jinoyat tarkibini tahlil etishda jinoyatni sodir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.1 KB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.1 KB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga