Konstitutsiya - davlatning asosiy qonuni Konstitutsiya davlatning qiyofasi va nufuzini belgilab beradi. Ana shu qonunlar majmui orqali jahon davlatni davlat, millatni esa millat sifatida tan oladi. Asosiy qonunimiz xalq irodasi va shuurini, ijtimoiy ongi va madaniy darajasini aks ettiradi, zotan, uning tayyorlanishi va muhokamasida butun xalq ishtirok etdi. Konstitutsiya - xalq tafakkuri va ijodining mahsulidir. I. A. KARIMOV. KONSTITUTSIYA VA KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ Har qaysi davlat huquq tizimida bir talay qonunlar mavjud bo'ladi. Ammo ular orasida eng asosiysi deb e'tirof etiladigan birdan-bir qonun mayjudki, u ham bo'lsa, konstitutsiyadir. Lotincha «constitutio» so'zining tarjimasi, «nizom, qoidalar» degan ma'nolarni anglatadi. Xo'sh, konstitutsiya nimani belgilab beradi? Konstitutsiya jami-yat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzish hamda faoli-yatining asosiy prinsiplarini, ularning vakolatlarini, fuqarolaming asosiy huquqlari va burchlarini belgilab beradi. Qolgan barcha qonunlar, kodekslar, qarorlar va farmonlar konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi. Bu esa davlatning har bir normativ hujjati konstitutsiyaga mos kelishi shart ekanligini anglatadi. Konstitutsiyaviy huquq nima va u konstitutsiyaga qay tarzda bog'liq? Konstitutsiya bilan konstitutsiyaviy huquq o'rtasidagi tafovut esa, konstitutsiya, garchi asosiysi bo'Isa-da, ko'plab qonunlardan biri ekanligida, konstitutsiyaviy huquq esa huquqning ko'plab huquqiy manbalar, shu jumladan, konstitutsiyadan tarkib topuvchi butun bosh-li bir tarmog'i ekanligida namoyon bo'Iadi. KONST1TUTSIYAVIY HUQUQ -HUQUQNING YETAKCHI TARMOG'I Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimida huquqning yetakchi tarmog'idir, negaki eng oh'y yuridik kuchga ega bo'lgan konstitutsiya uning asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi. Asosiy qonun sifatida konstitutsiya amalda o'zida jamoat bitimini, ya'ni o'ziga xavf-xatarsiz va erkin rivojlanish shartlarini ta'minlashi va kafolatlashi uchun xalq o'z davlati bilan tuzadigan shartnomani mujassamlashtiradi. Shu boisdan uning g'oyalari davlatda amal qiluvchi qolgan barcha qonunlardan ham o'rin oladi. Tamal umumiy prinsiplarni o'zida mujassam etgan konstitutsiya qoidalari shu-ningdek davlatda mavjud barcha huquq tarmoqlarida ham rivoshjlanadi. Buning tasdig'ini bilib olish maqsadida mamlakatimiz konstitutsiyasi boblaridan biriga, masalan, oilaga bag'ishlanganiga murojaat qilamiz. Mazkur bob atigi to'rttagina moddadan iborat. Go'yo juda ozdek tuyuladi, ammo ularda mujassamlashtirilgan g'oyalar oilaviy huquqning boshqa normalarida konkret ravishda rivojlantiriladi. Basharti, Oila kodeksi 238 moddadan iborat. Fuqarolikka bag'ishlangan VI bobda atigi uchtagina modda mavjud, xolos. Shu bilan birga, birgina «Fuqarolik to'rg'isida»gi qonun 45 moddadan tarkib topgan.Aytib o'tilgan misollar Konstitutsiya asoslar negizi bo'lib xizmat qilishidan dalolat beradi, negaki huquq rivojlanishi aynan konstitutsiyadan boshlanadi, aynan uning o'zi boshqa barcha qonunlar va yuridik normalarga hayot bahsh etadi. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchi ham aynan shunday namoyon bo'ladi. Hali aytib o'tganimizdek, qolgan barcha huquqiy qoidalar undan kelib chiqadi va konstitutsiyaga muvofiq bo'lmog'i lozim. Mabodo, huquq tizimini cho'qqisida konstitutsiya turgan bir piramida ko'rinishida ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.78 KB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.78 KB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: docx