Konstitutsiya tushunchasi, mohiyati va belgilari. Konstitutsiya lotincha constitution so'zidan olingan bo'lib, o'rnataman degan ma'noni beradi. Lotinchadan olinganining sababi qadimgi Rim imperiyasi davrida davlat boshlig'i - imperatorlar tomonidan xuddi shu nom bilan ataladigan va qonunga teng bo'lgan normativ hujjatlar qabul qilingan. Hozirgi zamon ma'nosini beradigan Konstitutsiya tushunchasi XVII asr oxirida paydo bo'lgan va dunyoda birinchi Konstitutsiya sifatida 1787 yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasi tan olinadi. Konstitutsiyaga hozirga qadar juda ko'plab nazariyotchilar tomonidan ta'riflar berilgan. Konstitutsiya - bu prinsipial ahamiyatga ega bo'lgan huquqiy normalarni o'zida mujassam etgan va davlat hokimiyatini amalga oshirish me'yorini belgilovchi davlatning asosiy qonuni bo'lib, unda davlatning qurilishi, huquqiy tizimi hamda eng asosiysi davlat bilan aholi o'rtasidagi munosabatlar aks etgan yuridik hujjatdir. Konstitutsiyaga tushuncha berishda ko'pchilik konstitutsionalistlar uning mohiyatidan kelib chiqadi. Konstitutsiya mohiyatiga turlicha yondashuvlar mavjud: Birinchidan, Konstitutsiyalar shunday jamiyatda qabul qilinadiki, bunda bu jamiyatlar ijtimoiy tuzumida inqilobiy o'zgarishlar ro'y berib, davlat hokimiyatiga egalik qiladigan bir ijtimoiy guruh vakillari o'rnini boshqa ijtimoiy guruh egallab olganda Konstitutsiya siyosiy muvozanatni, kuchlar nisbatini saqlab turadi (Masalan, qirol hokimiyati cheklanib, parlamentning mavqei oshganda). Ikkinchidan, ko'pincha Konstitutsiyalarda, ular qabul qilingan paytdagi davlat hokimiyatiga ta'siri katta bo'lgan siyosiy kuchlarning manfaatlari ko'proq aks etgan bo'ladi (Masalan, Fransiyaning 1946 yilgi Konstitutsiyasida fashizm ustidan qozonilgan g'alaba, siyosiy maydonda millatchilik kayfiyatiga qarshi kuchlar, harakatlarning ta'sirini oshgani o'z ifodasini topgan). Uchinchidan, Konstitutsiyalar real hayotda davlat hokimiyatiga xalq egalik qiladigan jamiyatlardagina qabul qilinadi. Bunday jamiyatlar ko'pincha demokratik jamiyat sifatida e'tirof etiladi. To'rtinchidan, Konstitutsiya davlatning o'z hokimiyatini amalga oshirishda ma'lum bir chegarasini belgilaydigan, davlat va uning fuqarolari o'rtasidagi munosabatdan kelib chiqadigan shartlashilgan hujjatdir. Davlat fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishni kafili bo'lsa, fuqarolar o'z navbatida davlat oldidagi burchlarini bajarishlari shart. Zamonaviy Konstitutsiyalarning mohiyati umuminsoniy, huquqiy qadriyatlarni va umumdemokratik asoslarni mustahkamlashda ifodalanadi. Ular har bir inson teng huquqli fuqaro bo'lib faoliyat yurita oladigan davlatda yashashini targ'ib qiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan konstitutsiya o'z mohiyatiga ko'ra, demokratik huquqiy davlat qurish konstitutsiyasi sifatida O'zbekiston xalqi irodasining ifodasidir va bu iroda umumdemokratik prinsiplarni o'zida mujassam etuvchi, insonni, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb e'tirof etuvchi davlat va jamiyat hayoti asoslarini mustahkamlashga yo'naltirilgandir[3] Dunyo konstitutsionalizmi o'zining rivojlanishi mobaynida tarixdagi ko'plab ijtimoiy -siyosiy voqeliklar ta'siri ostida bo'lib keldi. Shuning uchun turli davrlarda ko'plab mamlakatlar tomonidan qabul qilingan Konstitutsiyalar, ularda mustahkamlangan normalar va tartibga solingan ijtimoiy munosabatlar ko'lamiga qarab, shuningdek Konstitutsiyalar qabul qilingan davr talablaridan kelib chiqib, ularni mazmunan har xil rivojlanish bosqichlariga bo'lish mumkin. Albatta bunda Konstitutsiyalar yillar sayin mazmunan boyib, ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.4 KB
Ko'rishlar soni
273 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.4 KB
Ko'rishlar soni
273 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: doc