Ma'muriy huquq asoslari

Ma'muriy huquq asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Ma'muriy huquq asoslari - rasmi

Material tavsifi

Ma'muriy huquq asoslari Reja: 1. Ma'muriy huquq tushunchasi. 2. Ma'muriy huquq tizimi va manbalari. 3. Ma'muriy huquqiy munosabatlar. 4. Ma'muriy huquqbuzarlik va ma'muriy jazo. Tayanch iboralar; Ma'muriy huquq, ma'muriy javobgarlik, ma'muriy huquq munosabatlari, ma'muriy huquq me'yorlari, ma'muriy huquqbuzarlik, ma'muriy jazo, davlat boshqaruv organlari. Ma'muriy huquq tushunchasi. Ma'muriy huquq - bu davlat organlarining ijro etuvshi va farmoyish beruvchi faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishda paydo bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuidir. Har qanday boshqaruv jamiyatda yuzaga keladigan turli munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Jamiyatda mavjud bo'lgan boshqaruv ijtimoiy boshqaruv hisoblanib, davlat boshqaruvi uning asosiy turlaridan biri sanaladi. Jamiyatda davlat boshqaruvidan tashqari ham boshqaruv mavjud bo'lsada, ma'muriy huquq faqat davlat boshqaruvi bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi. Davlat boshqaruvi jamiyat a'zolarining birgalikdagi harakatlarning bir-biriga mosligini va intizomini ham ta'minlaydi. Davlat boshqaruvini davlat boshqaruv organlarining amaliy faoliyati kabi belgilash mumkin, u davlat faoliyati ko'rinishida namoyon bo'ladi, uning o'ziga xosligi davlat funksiyalarini amalga oshirishga oid kundalik amaliy ishlarni tashkil etishdan iboratdir. Davlat boshqaruvi - bu tashkil etuvchi faoliyatdir. Turli darajadagi ijro etuvchi va boshqaruvchi faoliyat davomida xo'jalik yuritish, ijtimoiy-madaniy va ma'muriy-siyosiy qurilish sohasidagi vazifalarni bajaruvchi kishilarning birgalikdagi faoliyati tashkil etiladi. Bu maqsadda davlat boshqaruv organlari boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni amalga oshiradilar, boshqariladigan tizimlarning faoliyat ko'rsatish bilan bog'liq umumiy masalalarni hal qiladilar, boshqarish munosabatlari qatnashchilarining faoliyatlarini birlashtiradilar va muvofiqlashtiradilar. Davlat boshqaruvi jamiyat turmushining qandaydir alohida elementini emas, balki uning barcha sohasini qamrab oladi. Davlat boshqaruvi organlarining funksiyalari quyidagilar: - istiqbolni belgilash; - rejalashtirish; - tashkil etish; - tartibga solish; - umumiy rahbarlik; - tezkor (operativ) farmoyish berish; - muvofiqlashtirish; - kuzatuvlar va nazoratni amalga oshirish. Ma'muriy huquq tizimi. U ma'muriy-huquqiy normalar va institutlardan tashkil topgan. Shu kungacha amalda bo'lgan ma'muriy huquq tizimiga muvofiq umumiy va maxsus qismlardan iborat. Umumiy qism-bunda umumiy tushunchalar, ya'ni davlat boshqaruvi tushunchasi va tamoyillari, ma'muriy huquqning predmeti, tizimi, manbalari, uning huquq sohasida tutgan o'rni, ma'muriy huquq subyektlari va ularning huquqiy maqomi o'rganiladi. Maxsus qism-bunda har bir sohada tatbiq qilinadigan huquq normalari o'rganiladi. Ma'muriy huquqning maxsus 4 yo'nalishi bo'yicha o'rganiladi: 1) iqtisodiy soha; 2) ijtimoiy-madaniy soha; 3) ma'muriy-siyosiy faoliyat; 4) tarmoqlararo boshqaruvlar. Ma'muriy huquq predmeti. Uni davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Ma'muriy huquq manbalari. O'zlarida ma'muriy huquq normalari bo'lgan davlat hokimiyat organlari va davlat boshqaruv organlarining huquqiy aktlari ma'muriy huquq manbalari hisoblanadi. 1. Davlat boshqaruv organlarining huquqiy maqomlarini va ularning faoliyatini tashkil etish asoslarini, fuqarolarning asosiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi O'zbekiston Respublikasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.56 KB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:32 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.56 KB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga