Mehnat huquqi asoslari

Mehnat huquqi asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Mehnat huquqi asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA o'rta MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI Toshkent PYeDIATRIYa TIBBIYoT INSTITUTI huquqShUNOSLIK fanidan 4-Mavzu. mehnat huquqi asoslari. Anatatsiya. mehnat huquqi normalarini o'rganish va huquqiy majburiyatlarini o'rgatishdan iborat: 1. mehnat huquqi normalari to'g'risida tushuncha berish. 2. Mehnat shartnomalari tushunchasi. 3. Mehnat huquqi normalariga ko'nikma hosil qilish. Insonlarni shaxsiy, siyosiy va ijtimoiy iqtisodiy huquqlari va burchlarini anglab olishjarayonida, ularni huquqiy madaniyatini oshirish, mehnat sharoitlari va huquqlari to'ђrisida ma'lumotga ega bo'lish. 4-Mavzu. mehnat huquqi asoslari. R Ye J A 4.1.mehnat huquqi tushunchasi, vazifasi va subyektlari, ularning huquqlari. 4.2.mehnat shartnomasi, uning bekor kilinish tartibi. 4.3.Ish vaqti, dam olish vaqti va ish xaki. 4.4.mehnat intizomi va mehnat muhofazasi. 4.5.mehnat nizolari, ularni ko'rish tartibi. 4.1.mehnat huquqi tushunchasi vazifasi va subyektlari, ularning huquqlari. O'zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvi va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida «xar bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deb tasdiklangan. O'zbekiston Respublikasining Konstitiutsiyasidan kelib chikkan holda O'zbekiston Respublikasining mehnat Kodeksi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan kabul qilingan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar, O'zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan kabul qilingan farmonlar, farmoyishlar va Vazirlar Maxkamasining karorlari mehnat huquqi manbalaridan hisoblanib, mehnat huquqining eng muhimlari ana shu hujjatlar bilan tartibga solinadi. Vazirliklar va idoralar tomonidan chikariladigan me'yoriy xarakterga ega bo'lgan, fuqarolar va yuridik shaxlar uchun huquq va majburiyatlar yuzaga keltiruvchi me'yoriy hujjatlar belgilangan tartibda Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o'tkazilib, davlat ruyxatidan o'tkazilganidan keyingi yuridik kuchga kiradi. «mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonunga muvofik tuman, shahar, viloyat hokimliklari tomonidan o'z vakolatlari doirasida kabul qilingan karorlar shu hududdagi barcha shaxslar uchun majburiy kuchga ega va mahalliy hokimyat organlari tomonidan mehnatni tashkil etish, muayyan sharoitlar belgilash va mehnat huquqining manbai sanaluvchi me'yoriy hujjatlar chiqarishlari mumkin. (masalan, tashkilotlarning ish vaqtlarini belgilash). mehnat huquqining vazifalari O'zbekiston Respublikasi mehnat kodekisida nazarda tutilgan bo'lib, unga ko'ra: mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini etiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali amal qilishini xakkoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini , xodimlarning mehnat huquqlari va sogligi himoya qilinishini ta'minlaydi, mehnat unimdorligining o'sishiga, ish sifati yaxshilanishga, shu asosida barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasini yuksalishiga kumaklashadi deb aniq kursatib berilgan. mehnat jarayonidagi ishtimoiy munosabatlarida asosan: ikki tomon xodim va ish beruvchi ishtirok etadi. Xodim sifatida mehnat huquqi va muomila layokatiga ega bo'lgan, yani muayyan yoshga etgan, uzining jismoniy va aqliy qobiliyatiga ko'ra yollanib ishlashi mumkin bo'lgan fuqaro subyekt bo'lib katnashadi. mehnat munosabatlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.64 KB
Ko'rishlar soni 218 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.64 KB
Ko'rishlar soni 218 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga