ODAM SAVDOSI - QULLIK BALOSI. Odam savdosi - insonni hayoti, erkinligi va huquqlaridan mahrum qilib, birovlarning qo'lida qul bo'lishga maxkum etish, insonlar umriga zomin bo'lish, ularning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishdek eng og'ir va jirkanch jinoyatlardan sanaladi. Insonni begona yurtlarda birovga sotib yuborish, xorijiy davlatlarga qul sifatida jo'natish, yosh bolalarni o'g'irlab boshqa nopok shaxslarga pullash kabi mudxish voqealar jamyatimizda tez-tez uchrab turibdi. Bunday ayanchli holatlar, odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlar hozirgi kunda ko'plab mamlakatlarda keng tarqalib borib dunyo xamjamyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Odam savdosi bozori hozirgi kunda yer yuzida narkotik va psihotrop moddalar hamda qurol-yarog' savdosidan keyin uchinchi o'rinda turadi. Ming afsuski, inson hayotini tasarruf qilish, insonni oldi-sotdi narsaga aylantirish ayrim vahshiy, badnafs va harom shaxslarning doimiy faolyatiga hamda mo'maygina daromad manbaiga aylanib qolmoqda. Achinarlisi shundaki, odam savdosiga uchrayotgan kishilar o'zlarining soddaliklari, o'z hayotlariga, yaqinlariga, ularning taqdiri va kelajagiga befarq bo'lishlari, oliy ne'mat deb e'tirof etiladigan hayot tushunchasiga yengil tabiatlik va beparvolik bilan qarashlari oqibatida bunday yovuz kimsalarning o'ljasiga, ularning oson daromad manbaiga, o'z hayotlarining qurboniga aylanib qolmoqdalar. Eng fojialisi bu turdagi jinoyatlarning keng quloch yozishida ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz qolgan fuqarolar, turmush choraxalarida qiyinchilikka uchragan ayollardan g'arazli maqsadlarda foydalangan holda ularga ish topishda muammolarini go'yoki chet ellarga ishga yuborish bilan xal qilish orqali ayrim nopok kimsalar o'z qabix nyatlarini amalga oshirmoqdalar. hayotning achchiq saboqlari. Tashqi mehnat migratsyasi masalalari agentligining Ishonch telefoniga 2008 yil sentyabr oyida Farg'ona vodiysi viloyatlaridan birida yashovchi fuqaroning ota-onasi murojaat qilib, ularning o'g'illari 2007 yil bahorida 4-5 nafar xamqishloqlari bilan birgalikda Rossyaning Tomsk viloyatiga ishlash uchun ketganlari, biroq o'g'illaridan bir yildan ortiq vaqt o'tgan bo'lsada, xech qanday darak yo'qligi, telefon orqali xam qo'ng'iroq qilmayotganligi hattoki Tomsk viloyatining qaeriga ishlashga ketganligi noma'lum ekanligi to'g'risida habar olindi. Ma'lum bo'lishicha, 2007 yil bahorda bu qishloqqa Rossyalik ishbilarmon kimsa kelib, Tomsk viloyatida ish borligini va u yerda ish beruvchi yahshi xaq to'lashini sodda qishloq axliga og'iz ko'pirtirib maqtagan va aldov yo'li bilan bu qishloqdagi fuqarolarni Rossyaga ishga yollagan. Tomsk viloyatiga ketgan fuqarolarning bir-ikki nafari kasal bo'lib, biror so'm pul ishlay olmasdan og'ir ahvolda uylariga qaytib kelganlar, qolganlari esa xanuzgacha Rossyada dom-daraksiz qolib ketganlar. Yana bir misolni Halq so'zi gazetasining 2008 yil 15 avgustdagi 162-sonida chop etilgan Xar joyni qilma orzu maqolasidagi holatdan keltiramiz. Fuqaro Abdunosir Majidov Andijon viloyatining Shaxrihon tumanida Suzoq mahallasida biror yerda ishlamasdan, tarallabedod hayot kechirgan. Bu kimsa o'z mahalladoshlaridan 3 nafari bilan jinoiy til biriktirgan holda Pahtaobod tumanidagi Uyg'ur qishlog'ida yashovchi 30 nafardan ortiq fuqarolarni ...

Joylangan
11 Jan 2023 | 14:06:18
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.49 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Jan 2023 [ 14:06 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.49 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: doc