Odam savdosiga qarshi kurashish

Odam savdosiga qarshi kurashish

O'quvchilarga / Huquq
Odam savdosiga qarshi kurashish - rasmi

Material tavsifi

Odam savdosiga qarshi kurashish Mamlakatimizda odam savdosi bilan bog'liq jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi keskin va izchil kurashishga qaratilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yil 8 iyulda qabul qilingan Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori ushbu jinoyatni keltirib chiqaruvchi omil va sabablarni aniqlash hamda uning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini yanada jadallashtirishda muhim dasturilamal bo'lmoqda. Qashqadaryo viloyatida joriy yilning o'tgan davrida odam savdosi bilan bog'liq 23 jinoiy holat aniqlangan. Bu ko'rsatkichning 2011-yil shu davriga nisbatan sezilarli darajada kamaygani odamfurushlikka qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar o'z samarasini berayotganidan dalolatdir. - Odam savdosi bilan shug'ullanuvchilar ko'pincha sodda, ishonuvchan kishilarni, ayniqsa, ayollar va hayot tajribasi kam bo'lgan yoshlarni o'z tuzog'iga ilintirishga harakat qiladi, - deydi psixolog Rushana Zubairova. - Ular tasodifan suhbatlashib qolganday bo'lib, gapni moddiy masalaga buradi. Yaqinlaridan biri xorijda oson va ko'p miqdorda pul ishlayotganini suhbatdoshining ongiga singdirishga, unda qiziqish uyg'otishga urinadi. Ustomonlik bilan bu qabih niyatiga erishadi ham. Viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan bunday kimsalar faoliyatiga chek qo'yish, aholining ogohligi va hushyorligini oshirish, huquqiy bilim va madaniyatni yuksaltirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotir. Joylarda, xususan, mahallalarda davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Joriy yilning o'tgan davrida ikki yuzdan ortiq shunday tadbir o'tkazilib, ko'chalarga, jamoat joylariga ko'plab banner va plakatlar o'rnatildi. Viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasidan ma'lum qilishlaricha, 2011-yili odam savdosidan jabr ko'rgan fuqarolar va ishga talabgor shaxslarning bandligini ta'minlash maqsadida o'tkazilgan mehnat yarmarkalari o'z samarasini bermoqda. Ayni kungacha ana shunday tadbirlar orqali 9,5 mingdan ziyod fuqaro ishga joylashtirildi. Tegishli idoralar hamkorligida aholini ishga joylashtirish, odam savdosining oldini olishga bag'ishlangan bunday tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Tan olish kerak, dunyo miqyosida tobora dolzarblik kasb etib borayotgan odam savdosi muammosidan mamlakatimiz ham chetda emas. Mazkur muammoning oldini olish, unga qarshi kurashish, odam savdosi jabrlanuvchilarini har tomonlama himoya qilish borasida mukammal qonunchilik va bir qator huquqiy-me'yoriy hujjatlar bazasi takomillashtirildi. Ularning ijrosini o'z vaqtida ta'minlash esa kun tartibidagi muhim vazifalar sirasiga kiradi. Yaqinda O'zbekiston Xotin-qizlar Qo'mitasi tashabbusi bilan Odam savdosiga qarshi kurashish Respublika Idoralararo komissiyasi, ISTIQBOLLI AVLOD yoshlar axborot-ma'rifat markazi hamkorligida poytaxtimizdagi O'zbekiston mehmonxonasida tashkil etilgan Odam savdosidan ogohlantirish, Idoralararo komissiyaning odam savdosiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan tajriba almashish va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik mavzusidagi seminarni ayni shu vazifalarning amaliy ijrosi deyish mumkin. Tadbirda O'zbekiston Xotin-qizlar Qo'mitasi va uning Toshkent regionidagi vakillari, Davlat bojxona qo'mitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Adliya, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirliklari, Ombudsman, Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz, Mahalla jamg'armasi, Kamolot ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.82 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.82 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga