Odil sudlov va uning demokratik prinsiplari (asoslari)

Odil sudlov va uning demokratik prinsiplari (asoslari)

O'quvchilarga / Huquq
Odil sudlov va uning demokratik prinsiplari (asoslari) - rasmi

Material tavsifi

Odil sudlov va uning demokratik asoslari (prinsiplari) REJA: Odil sudlovning demokratik asoslari. Sud departamentining asosiy vazifalari. Aybsizlik prezumpsiyasi va barcha sudlarda oshkoralik prinsiplari. Tayanch iboralar: odil sudlov, davlat boshqaruvi, sudlar to'g'risidagi qonun, 3-modda, fuqarolar tengligi, ochiq va yopiq sudlar, sud departamenti, aybsizlik prezumpsiyasi, sud ijrochilari, adliya vazirligi, 2001- yil 29- dekabrdagi 209-sonli buyruq, odil sudlovning demokratik asoslari. 1. Odil sudlovning demokratik asoslari Odil sudlov davlat boshqaruvini tashkil etishning bir shakli bo'lib, davlatda sodir etilgan jinoyatlar va fuqarolik ishlariga oid masalalarni odilona, qonun asosida ko'rib chiqib hal etildi. Odil sudlov jinoyat prossessiual qonun talablari asosida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXII bobida sud hokimiyatining amalga oshirilishi bayon etilgan bo'lib, unda shunday deyiladi. «O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalardan mustaqil holda ish yuritadi»1. O'zbekiston Respublikasi sud tizimi o'ziga xos tarzda ishlab chiqilgan. Sud ishlarini asosan 5 yil muddatga saylanadigan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi xo'jalik sudi, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo'jalik sudlaridan iboratdir. Ushbu sudlarning asosiy faoliyat yo'nalishi qonun asosida odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgandir. Ya'ni, sud jarayonining faqat qonun asosida olib borilishi, sud muhokamasining (qonunda belgilangan holatlardan tashqari) ochiq olib borilishi; tomonlarning ishtirokisiz sud olib borilmasligi; sud ishtirokchilarining barchasiga tegishli huquq va majburiyatlar yuklatish odil sudlovni amalga oshirishga yaratilgan asoslar bo'lib hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining Sudlar to'g'risidagi (yangi tahriri) Qonunning 3-moddasida shunday deyiladi: - O'zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Odil sudlovdan foydalanish huquqi demokratik davlatlarda fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari ta'minlanishidir: a) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga asosan: Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda oshkora ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlanib beriladi. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas - deb bayon etilgan. Shunga ko'ra, jinoyatda ayblanayotgan har bir shaxsning aybi faqat sud tomonidan, prossessual qonun talablari asosida ko'rib chiqilishi lozim. Shu bilan birga, sud jarayonida ayblanuvchiga nisbatan tegishli sharoitlar yaratiladi. b)Mulkiy siyosiy masalalar bo'yicha ham fuqaroga odil sudlov yordamidan foydalanish kafolatlangan. Ya'ni, fuqarolik huquqlarini tiklash, siyosiy tomondan o'z huquqlarini himoya etilishini sud tomonidan ko'rib chiqishini talab etish fuqaroning odil sudlovdan foydalanish huquqining bir sharti bo'lib hisoblanadi. Odil sudlovda fuqarolar huquqining ta'minlanishi sud idoralari orqali amalga oshiriladi. 2. Sud departamentining asosiy vazifalari Sud tizimini yanada isloh ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.76 KB
Ko'rishlar soni 417 marta
Ko'chirishlar soni 74 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.76 KB
Ko'rishlar soni 417 marta
Ko'chirishlar soni 74 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga